JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 06 | 2021
ISSN: 2181-2608
736
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud
-huquq sohasida, xususan tergov faoliyatida inson, uning huquq
va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda uning sha’ni va qadr
-qimmatini hurmat qilish, jinoyat
ishini yuritishning barcha bosqichlarida taraflarning manfaatlarini ta’minlash, sohada xalqaro
standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev, “erkin fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat
barpo etish, inson qadri-
qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli
islohotlarimiz yangi pog‘onaga ko‘tarilishini” Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor
vazifalaridan
biri sifatida ko‘rsatib o‘tdilar
1
.
Sud-
huquq tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan tergov sohasida ham inson qadri
-qimmati va
uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha konseptual qonun hujjatlari qabul qilindi.
Xususan, mamlakatimizda ji
noyat ishlarini tergov qilish faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy
tajribani inobatga olgan holda yaxshilash, qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi
prinsiplarini ro‘yobga chiqarish, jinoyat
-protsessual qonunchiligini yanada takomil
lashtirish bo‘yicha
so‘nggi 5 yil davomida
10 dan
ortiq
qonunlar, Prezident va Hukumat hujjatlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud
-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini
himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Sud
-tergov
faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari va “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra
kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish b
o‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va “Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari
tomonidan jinoyatlarni tergov qilish hamda fosh etish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi
qarorlari shular jumlasidan.
Mamlakatimizda jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani
inobatga olgan holda yaxshilash, qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini
ro‘yobga chiqarish, jinoyat
-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2017
—
2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida, 2020-yil 10-
avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud
-tergov faoliyatida shaxsning huquq va
erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan sud-tergov faoliyatini
yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ustuvor
yo‘nalishlar belgilandi.
shaxsning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, protsessual harakatlarning sifatini
oshirish, jinoyat protsessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash, ularga baho berish tizimini ilg‘or
xorijiy tajribada keng qo‘llaniladigan isbotlash standartlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |