JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 06 | 2021 ISSN: 2181-2608 603
tanasiga tegib turgan parta ta’lim oluvchiga noqulaylik tug’dirgan. Bundan tashqari maktab
interyerlarida baland devorlar va unga mos baland eshiklar, katta derazalardan doimiy foydalanilgan.
Binoga tabiiy yo’rug’lik kirishi uchun oy
nalarning deyarli barchasi katta hajmda loyihalashtirilgan.
Interyerlarda rang doirasida devorlarga oq rangda ohaktosh eritmasi yordamida pardoz berilgan. Poldan
1.5 metr masofa balandligida devorlar to’qroq rangga bo’yalgan. Eshik va romlar esa to’q ra
ngda
bo’lgan. Eshik tepa qismida albatta deraza mavjud bo’lgan, ushbu deraza eshikning balandligini qisman
berkitish vazifasida qo’llanilgan. Nafaqat maktab interyerlarida balki, boshqa jamoat binolarida ham
bunday ko’rinish dizayn tarixiga Sovet minimmalizm va kunstruktivizim uslubi sifatida kirgan bo’lib,
bu usha davrning qarashlariga asosan ish vaqtida inson ongini chalg’itmaslik uchun hizmat qilishi
lozim bo’lgan. Dizaynning rivojlanishi natijasida keyinchalik maktab interyerlarida kitob javoni ham
pay
do bo’ldi, hamda interyer devorlarida fanga oid kompozitsion yechimga ega bo’lgan kartina va
materiallardan foydalanila boshlangan.
Yillar o’tgani sayin interyerlarda rivojlanish, zamonaviy materiallardan foydalanish odat tusiga aylana
borgan. Partalar ha
m yanada qulay bo’la boshladi. Konstruksiya jihatdan yengillashdi. Interyerda
xonalar kompozitsion yechimlari rivojlana boshladi va ularda zamonaviy materiallardan foydalanildi.
Sun’iy yoritish vositalari kuchaydi. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida kerakli na’munaviy materiallar,
dekorativ buyumlar (albatta fanga doir) paydo bo’ldi bu esa o’sha davrda innovatsion dars jarayonini
tashkil qilishdagi birinchi qadam bo’lgan. Ta’limda yorug’lik muhim ahamiyatga ega deb hisoblangan.
Bolalar bir auditoriyada 30
dan 50 tagacha bir vaqtni o’zida ta’lim olganlar. O’sha davrda bazi
maktablar xonasida 60 ga yaqin ta’lim oluvchilar bir vaqtda ta’lim olishgan. Bu esa bazi maktablarning
ta’lim sifatini tushishiga sabab bo’lgan.
Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida maxsus qaror bilan bepul ta'lim joriy etildi, savodsizlikka
qarshi kurash e'lon qilindi (1923 yilda "Savodsizlik bilan pastga" jamiyati yaratildi). Umumiy
boshlang'ich ta'lim majburiy bo'lib qoldi. Ushbu harakatlar natijasida 1939 yilga kelib, 9 yoshdan 49
yoshgacha bo'lgan savodli kishilarning ulushi 90 foizni tashkil etdi.
3-rasm. Sovet davri maktab interyerlari 1920-yillar davri arxitekturasi va dizayni konstruktivistik ratsionalistik tushunchalaridan chiqib keta
boshladi. 1930-yillarga kelib me'moriy va badiiy jarayonlarda tub o'zgarishlar yuz berdi. Badiiy san'at
va sovet me'morchiligida mumtoz merosga asoslangan shakllanishning obrazli printsipi va
tamoyillarini izlash urfga aylandi. Ushbu jarayonlar dizaynga o’z ta'sirini o’tkazdi. Dizayn sohasini