O’zbekistonda yoshlar ishsizligini kamaytirish yo'llari. Reja Kirish


yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz parametrlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan quyidagilarga



Download 168,29 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi168,29 Kb.
#216207
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O'ZBEKISTONDA YOSHLAR ISHSIZLIGINI KAMAYTIRISH YO'LLARI YUSUPOV

2020 yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz parametrlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan quyidagilarga:

O’zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, xo’jalik boshqaruvi organlari yirik loyihalarni amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – budjet mablag’laridan tegishliligi bo’yicha ijtimoiy soha obektlarini ishga tushirish;

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga – yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni, shu jumladan hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga ish o’rinlari tashkil etish shuningdek, norasmiy sektordagi yashirin ish o’rinlarini legallashtirish;

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi – mas'ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2020 yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha davlat buyurtmasining o’z vaqtida va samarali bajarilishini muvofiqlashtirish yuzasidan javobgarlik yuklanadi.

2020 yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash prognoz parametrlari yuzasidan ko’rsatilgan mas'ul vazirliklar, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har oy yakuniga ko’ra keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar tegishli ma'lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga umumlashtirish hamda natijasi haqida Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim etib borilishini ta'minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon banki hamkorligida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta'lim vaziri, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:

a) 2020 yil noyabr oyiga qadar 2030 yilgacha O’zbekiston Respublikasida Aholi bandligini ta'minlash bo’yicha uzoq muddatli Milliy strategiyasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. Milliy strategiyada:

mehnat bozori holatini chuqur o’rganish, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash orqali mehnat bozorida band aholi ulushini oshirishning ilg’or mexanizmlarini joriy qilish;

bandlikni rivojlantirishga yordam beradigan va har bir hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ishsizlik darajasini kamaytirishning ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqish;

bandlikni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish va samarali siyosat olib borish orqali aholini doimiy ish o’rinlari bilan ta'minlash asosida ularning real daromadlarini oshirish;

bandlikni qo’llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan siyosatni va monitoring qilish, ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarishning asosiy ko’rsatkichlarni samarali baholash nazarda tutiladi.

b) Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti Mehnat iqtisodiyoti Ilmiy maktabi bilan birgalikda 2020 yil dekabr oyiga qadar mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchini raqobatbardoshligini oshirish Konsepsiyasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Konsepsiyada:

mamlakat korxonalarida ilg’or xorijiy tajriba asosida mehnat unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

mamlakat ish kuchining inson kapitali darajasi oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, uni aniqlash va baholash indekslari metodikasini tarmoqlar va hududlar kesimida yaratish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha korxonalarida mehnatni me'yorlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish reja-jadvallarini tasdiqlash nazarda tutiladi.



c) O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yilda eksperiment tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, ayniqsa nogironligi bor shaxslarni ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida:

nogironligi bor shaxslar uchun ish o’rinlarini yaratayotgan kichik korxonalar va tadbirkorlik sub'yektlariga Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan har bir yaratilayotgan ish o’rni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha, lekin jami har bir korxona uchun 500 bazaviy hisoblash miqdoridan oshmagan holda mikrokreditlar ajratishni joriy etish;

ishga layoqatli nogironligi bor shaxslarni elektron reyestrini shakllantirish va reyestrga kiritilgan shaxslarni bo’sh ish o’rinlariga joylashtirishga ko’maklashish;

tadbirkorlik sub'yektlari va korxonalarga ish o’rinlari va sharoitlarini nogironligi bor shaxslarga moslashtirish uchun Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan har bir moslashtirayotgan ish joyi uchun 40 bazaviy hisoblash miqdorigacha yordam puli ajratish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi kasb-hunarga o’qitish markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayniqsa kam ta'minlangan va mehnat migrantlari oilalarining a'zolari, nogironligi bor shaxslarni bepul o’qitish kurslarini tashkil etish;

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun zaxiralangan ish o’rinlarini yaratishga doir qarorlarni bajarmaslik, bo’sh lavozimlar mavjud bo’lgan holda ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish beruvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko’rishni ta'minlaydi.



3. Ishsiz yoshlar uchun yangi subsidiya va imtiyozlar.

1 maydan “yoshlar daftari"ga kiritilganlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun subsidiyalar beriladi. 25 yoshgacha bo’lgan ish beruvchilarga 2023 yilgacha ijtimoiy soliq qaytarib beriladi. Toshkentda ijarada yashayotgan talabalarga ijara tolovining BHMning 1, viloyatdagilarga esa 0,5 baravar miqdoridagi qismi qoplab beriladi.


O’zbekiston prezidenti 20-aprel kuni “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va bandligiga ko’maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi farmonni imzoladi.

Hujjatda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularni doimiy ish bilan ta’minlashning yangi tartiblari joriy etilmoqda.

Unga ko’ra, 1-maydan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg’armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to’langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to’liq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.

Bundan tashqari, 1-maydan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o’zini o’zi band qilishga zarur bo’lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg’armalari hisobidan subsidiya ajratiladi.

Va yana shular qatorida 1-maydan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara to’lovlaridan imtiyozlar taqdim etiladi.

1-iyundan boshlab “Yoshlar daftari"ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo’lgan miqdori “Yoshlar daftari” jamg’armalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko’rsatish korxonalarida amaliyot o’tagan vaqtida, biroq olti oydan ko’p bo’lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi.

Bundan tashqari, 1 iyundan boshlab AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O’zbekistonda ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratiladi. Bunda, iste’mol kreditlari bo’yicha foiz to’lovlari Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan kompensatsiya qilinadi.

“Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo’yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o’qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda BHMning 5 baravarigacha bo’lgan miqdori hamda ular bo’yicha milliy sertifikatlar olish uchun o’tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar hisobidan kompensatsiya qilinadi.

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o’qish xarajatlari BHMning 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan qoplanadi.

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o’qitish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning BHMning 4 baravarigacha bo’lgan qismi mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan kompensatsiya qilinadi.

1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o’ziga, shu jumladan, ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo’lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to’lanadigan oylik ijara to’lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda ijara to’lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim. Ижара to’lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o’rnak ko’rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to’lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

“Xalq banki” hududlarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularni biznesga tayyorlash, maslahat berish va bandligini ta’minlash maqsadida “Yuz ming tadbirkor xotin-qizlar” loyihasini amalga oshiradi.

Loyiha doirasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, ixtisoslashuvi va boshqa xususiyatlarini inobatga olib, qiymati 33 million so’mgacha bo’lgan tayyor biznes-rejalar banki yaratiladi. O’ttiz yoshgacha bo’lgan xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, mos yo’nalishlar bo’yicha (oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik va boshqalar) malakali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va o’quv treninglar tashkil etiladi.

Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil etiladi. Unga Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo’linmalari huzuridagi korxona, muassasa va tashkilotlar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi ajratiladi.

2021-yilda mazkur farmonda yoshlar bandligiga ko’maklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo’yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligiga Davlat byudjetidan qo’shimcha ravishda 100 milliard so’m ajratiladi.



1-maydan boshlab dehqon xo’jaligi faoliyati bilan shug’ullanayotgan yoshlarni sektor, klaster va fermer xo’jaliklari rahbarlari tomonidan patronajga olish tizimi joriy qilinadi. Bunda, sektor, klaster va fermer xo’jaliklari rahbarlari tomonidan “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga ajratilgan yer uchastkalarini o’zlashtirish, agrotexnik tadbirlarni o’tkazish, yerlar hosildorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya qilish va boshqa masalalarda yordam ko’rsatiladi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari"ga kiritilgan dehqon xo’jaligi faoliyati bilan shug’ullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamg’armalari hisobidan urug’liklar va ko’chatlarni xarid qilish uchun BHMning 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratiladi.

1-iyundan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga 10 tagacha mahalla fuqarolar yig’inlari biriktiriladi va davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan biriktirilgan mahalla fuqarolar yig’inlarida yashaydigan uyushmagan yoshlarning ma’naviy dunyo qarashini shakllantirish, shu jumladan, ularni xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik to’garaklariga jalb qilish choralari ko’riladi.

Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq filiallari tashkil etilib, markazlarda zamonaviy to’garaklarni ochish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash, malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy o’rta ta’lim muassasalarining sport zallari va maydonlarida to’garaklar ochish hamda yozgi ta’til davrida yoshlar o’rtasida mahallalar, sektorlar va tumanlar miqyosida sport hamda harbiy vatanparvarlik musobaqalarini tashkil etish choralari ko’riladi.



2021 yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida eksperiment tariqasida madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda musiqa fani o’qituvchilariga quyidagilarni nazarda tutgan holda uy sharoitida yoshlar uchun musiqa to’garaklarini tashkil etishga ruxsat berildi. Ushbu to’garaklarni tashkil etgan shaxslar madaniyat markazlari tomonidan nota, musiqaga oid adabiyotlar bilan ta’minlanadi hamda ularga tashkiliy va uslubiy jihatdan yordam ko’rsatiladi. To’garaklarda ta’lim olganlik uchun to’lov mahalliy byudjet mablag’lari va o’quvchilar tomonidan to’lanadi. Bunda, to’garaklar tashkil etgan shaxslarning ish haqi to’lovlari madaniyat markazlari uchun belgilangan miqdorlardagi badal to’lovlari va yetmagan qismida mahalliy byudjetning qo’shimcha manbalari hisobidan to’lab beriladi.


Download 168,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish