O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflari ma'qullanishi mumkin:
a) vazirlik tarkibidagi “Mehnat.uz” Axborot-kompyuter markazi mas'uliyati cheklangan jamiyati “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” markazi etib qayta tashkil etiladi, uning asosiy vazifalari sifatida:
ishsizlikni kamaytirish, mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarga sifatli xizmatlar ko’rsatish, norasmiy band bo’lganlarni rasmiy mehnat munosabatlariga jalb etish, ishsizlarni, ayniqsa yoshlar va ayollarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni tashabbus qilish;
mehnat sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, loyihalarni amalga oshirish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari va boshqa idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ekspert guruhlari tuzish;
loyihalarning pasportlarini ishlab chiqish va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay'atiga kelishish uchun kiritish, loyihalarning rejalashtirilgan natijalariga erishish yuzasidan monitoring yuritish;
mehnat va aholini ish bilan ta'minlash masalalari bo’yicha axborot-ma'lumotnoma tizimlari va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, Bandlik va mehnat munosabatlari sohasida yagona axborot texnologiyalari siyosatini olib borish belgilanadi;
b) Davlat mehnat inspeksiyasi huzurida Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari vazirligi hamkorligida “Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni ko’rib chiqish va hal qilish markazi” (“Mehnat – M” markazi) tashkil etiladi. “Mehnat – M” markazining asosiy vazifalari sifatida:
Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari vazirligi huzuridagi “TWA-FOOK” markazlari tajribasi asosida mehnat munosabatlari sohasidagi ishchilar va ish beruvchilarning murojaat va shikoyatlarni “bir darcha” tamoyili asosida tezkor ko’rib chiqish va davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlari doirasida hal qilish tizimini yaratish;
Mehnat munosabatlari sohasidagi har bir murojaat va shikoyatni ko’pi bilan 5 ish kuni ichida ko’rib chiqish, shundan 2 kun - mehnat nizolarining ish beruvchi va ishlovchi o’rtasida o’zaro hal qilinishini rag’batlantirish (mediatsiya qilish), nizolar hal qilinmagan taqdirda keyingi 2 kunda davlat mehnat inspektori vakolati doirasida huquqiy maslahat berish, masala yechilmagan taqdirda 5-chi kuni mehnat qonunchiligi doirasida tegishli chora ko’rish yoki materiallarni sud organlariga kiritish;
Lozim bo’lgan hollarda mehnat munosabatlari sohasidagi murojaat va shikoyatlarni hal qilish jarayoniga kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning uyushma tashkilotlari vakillarini jalb etish.
c) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” va “Mehnat M” markazlarining faoliyatini ta'minlash uchun tashkiliy masalalarni hal qilish, shu jumladan ular faoliyati to’g’risidagi nizom, shuningdek, joylashuvi va tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” va “Mehnat M” markazlarining ta'mirlash va saqlash xarajatlari Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |