O’zbekistonda yerlarning cho’llanishi va ularni oldini olish
Reja:
Qishloq xo’jaligi yerlarining cho’llanish, sho’rlanish va tuproq eroziyasidan muhofaza qilish muammolari
Qishloq xo’jaligi yerlarini degradasiya
Qishloq xo’jaligining sug’oriladigan yerlarida sho’rlanishi
Qishloq xo’jaligi yerlari eroziyasi
Eroziya yuz berishi omillari
Eroziya salbiy oqibatlari
Tuproq eroziyasi, Tuproq eroziyasi turlari
Shamol eroziyasi
Qishloq xo’jaligi yerlarining cho’llanish, sho’rlanish va tuproq eroziyasidan muhofaza qilish muammolari
Qishloq xo’jaligi yerlari kurrai zaminimiz ekologik tizimining ajratib asosiy tarkibiy Qismi bo’lib, u tabiatning boshQa Qismlari suv, o’rmon, hayvonot va o’simlik dunyosi, foydali Qazilmalar va boshQa yer osti boyliklari bilan o’zaro chambarchas bog’liQ. Yer va tuproQsiz boshQa tabiiy resurslardan foydalanib bo’lmaydi. Shuning uchun yerga xo’jasizlarcha munosabatda bo’lish natijasida hozirda va yaQin kelajakda butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishi mumkin, bu faQatgina yer ustki Qatlamining buzilishiga olib kelmasdan – tuproQlar, ularning eroziyasi, sho’rlanishi, botQoQlanishi, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishi hamda tabiat kompleksining ekologik yomonlashuviga olib keladi. Aynan shuning uchun ham yerlarni muhofaza Qilish jamiyatning barQaror rivojlanishi uchun sharoit yaratish va inson hayoti va faoliyatini ta’minlashda ko’rinadi. Shunga ko’ra QishloQ xo’jaligiga mo’ljallangan yoki QishloQ xo’jaligiga mo’ljallanmaganligidan Qat’i nazar barcha yerlar muhofaza Qilinishi lozim. Bu holatda ustuvor muhofaza QishloQ xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarga tegishlidir1.
Qishloq xo’jaligi yerlarini degradasiya
Qishloq xo’jaligi yerlarini degradasiyadan muhofaza Qilish ham ular hosildorligini oshirishning zaruriy shartidir. Avvalambor, yer degradasiyasi deganda xo’jalik yoki tabiiy omillar ta’sirida tuproQ tarkibida keskin salbiy o’zgarishlar ro’y berishi tushuniladi. Yer degradasiyasi keng ma’noli tushuncha bo’lib, o’z ichiga yerlarning cho’llanishi, sho’rlanishi, botQoQlashuvi, eroziyaga uchrashini Qamrab oladi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida sho’r bosgan yerlar sug’oriladigan yerlarning 50,7%ini (2170,7 ming gektar), shu jumladan kam sho’rlangan yerlar 31,4%, o’rtacha sho’rlangan yerlar 15,5%, kuchli sho’rlangan yerlar 3,8%ni tashkil etadi. Yaylovlar maydoni – 20,8 mln. gektar bo’lib, ulardan 18,7 mln.gektariga suv chiQarilgan, 1,6 mln. gektari degradasiyaga uchragan, 15,1 mln. gektardan ziyodroQ yer maydoni xo’jalik maQsadlarida ishlatilmayapti (tog’ yonbag’irlari, to’kilma, poligon, Qum va sh.k.)2.
Hozirda O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarning 20-40%i deflyasiya (shamol eroziyasi)dan zarar ko’rgan, 2,8 mln. gektar yaylovlar suv chiQarilishga muhtoj, 160 ming gektardan ziyod hudud texnogen ta’sir tufayli buzilgan.
Yer degradasiyasining asosiy shakllari bu yerning cho’llanishi va degradasiyasiga sabab bo’lgan tabiiy-iQlimiy omillar hamda inson faoliyati bo’lib, ularga Quyidagilar kiradi:
cho’llanish, o’rmonlarning nobud bo’lishi va boshQa hodisalar;
ikkilamchi sho’rlanish, botQoQlanish hamda sug’oriladigan dehQonchilik sharoitida yerlarning haddan ziyod yumshashi;
tog’ va tog’ bag’ri hududlarda tuproQning suv va irrigasiyaviy eroziyasi;
muntazam chorvachilik bilan shug’ullaniladigan hududlarda shamol eroziyasi (deflyasiya) va yaylov yerlari degradasiyasi;
yerlarni QishloQ xo’jaligi va sanoat maQsadlarida o’zlashtirish jarayonida texnogen cho’llanish;
agroximikatlar, sanoat va maishiy chiQindilarni chiQarish jarayonida tuproQning ifloslanishi va unumdorligini yo’Qotishi;
Orol dengizi Qurishi omillar tufayli kelib chiQQan tuproQning sho’rlanishi va b.Q.3
Do'stlaringiz bilan baham: |