Tuproq eroziyasi turlari
Tuproq eroziyasining asosiy ikki turi mavjud: suv va shamol eroziyasi.
1) Suv eroziyasi – tuproQ Qatlamining Qor, muz, yomg’ir va oQava suvlar ta’sirida yemirilishi. Suv eroziyasi asosan yomg’ir va muz-Qorlar kuchli ta’sir etadigan Qiyalik va nishab joylarda uchraydi. Markaziy Osiyoda bo’ladigan sel oQimlarining 75%i aynan O’zbekiston hissasiga to’g’ri kelishi ham ushbu muammoning davlatimiz uchun naQadar dolzarb ekanligini anglatadi. Suv eroziyasining Quyidagi turlarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
a) Qor erishi jarayonidagi eroziya. Suv eroziyasining ushbu turi yomg’ir eroziyasiga Qaraganda uzoQ davom etishi bilan tavsiflanadi. Masalan, Qor yog’ishi ko’p kuzatiladigan Moskva misolida olib Qaraydigan bo’lsak, ushbu shaharda Qor yog’igi o’rtacha taxminan bir oyni tashkil etadi, tuproQning Qor-yomg’ir suvlari bilan yuvilishi esa, taxminan bir haftani tashkil etadi. Eroziya tufayli tuproQning yo’Qotilishi gektardan bir necha tonnani tashkil etadi. Garchand, yomg’ir tufayli tuproQ eroziyasi jarayoni davomiyligi Qorga nisbatan ancha QisQa bo’lib, daQiQa va soatlar bilan o’lchansada, u tufayli tuproQning yuvilishi salmoQliroQdir. U gektariga bir necha o’n tonna tuproQni yuvishga Qodir. Ushbu holatda tuproQning yuvilish hajmi nafaQat suv oQimiga, balki yomg’ir tomchilari o’lchamlariga ham bog’liQ bo’ladi. Yomg’ir tomchisining tezligi va vazni Qay darajada yuQori bo’lsa, u shuncha ko’proQ kuch bilan tushadi va natijada tuproQQa shuncha ko’proQ ziyon yetkazadi.
b) Irrigasiyaviy eroziya – ya’ni, yerlarni sug’orish tufayli yuz beradigan eroziya bo’lib, uning natijasida tuproQning unumdor Qismi suv oQimi ta’sirida yuvilib ketadi va yemiriladi. Sug’orish usuliga ko’ra, irrigasiyaviy eroziya Quyidagilarga bo’linadi: jo’yaklar, yo’laklar, paykallar bo’yicha sug’orish yoki yomg’ir bilan sug’orish tufayli kelib chiQadigan eroziya.
Jo’yaklab sug’orish asosan g’o’za, makkajo’xori, pomidor, shakarQamishni sug’orishda Qo’llaniladi. Odatda, ushbu o’simliklar jo’yaklari oralig’i kengligi 0,6-0,9 metrni, suv oQimi kengligi esa, 0,2 metrni tashkil etadi. Bunda bir marta suv Quyilganda 100 t/ga.cha tuproQ yo’Qotilishi mumkin. Bu yomg’ir yoki Qor eroziyasidan ko’ra ko’proQ.
Yo’laklar bo’ylab sug’orish o’t va g’alla ekinlarini sug’orishda Qo’llaniladi. Yo’laklar oralig’i metrlar bilan o’lchanadi. Bunda suv oQimi kengligi yo’laklar bilan teng bo’ladi. Shu bois bunday oQimlarning tezligi yuQori bo’lmaydi va tabiiyki, eroziya ham kuchsizroQ bo’ladi.
Paykallab sug’orish yana ham kamroQ zarar yetkazadi. Bu shu bilan izohlanadiki, paykallarning nishabligi juda kichik, suv oQimi tezligi hamda tuproQning yuvilish darajasi ham o’ta Quyi ko’rsatkichlarda bo’ladi.
Irrigasiyaviy eroziya asosan och va oddiy kulrang tuproQlarga kuchli ta’sir etadi. Bunday maydonlarning taxminan yarmi odatda parchalangan va bo’lingan tusda bo’lgani bois ularda boshQa hududlarga nisbatan irrigasiyaviy eroziyaning rivojlanishi xavfi yuQori bo’ladi. TuproQning yuvib ketilishi nishablik balandiligi 1-2oga yetganda boshlanadi hamda balandlik oshishi bilan eroziya jarayoni ham kuchayib boraveradi.
Eng achinarlisi, irrigasiyaviy eroziya natijasida tuproQning gumus Qatlami, ozuQa moddalari ajralib ketadiki, pirovardida QishloQ xo’jaligi yerlarining eng Qimmatlisi bo’lmish sug’oriladigan yerlar muomaladan chiQadi. Boz ustiga, tuproQdan unga sepilgan agroximikat va o’g’itlarning uchdan biri yuvilib suv havzalarida to’planadi hamda atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Respublikada 643,2 ming gektardan ziyod sug’oriladigan yerlar irrigasiyaviy eroziyaga uchragan. QashQadaryo (159,7 ming ga), Toshkent (138,6 ming ga), SamarQand (121,9 ming ga) viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlar irrigasiyaviy eroziyadan ko’proQ ziyon ko’rmoQda. QashQadaryo, Toshkent, SamarQand, Surxondaryo va Farg’ona viloyatlarining 746,4 ming gektar hududi suv eroziyasi ta’siriga uchragan. Shu bois, ushbu hududlarda eroziyaga Qarshi maQsadli tadbirlar amalga oshirilishi lozim7.
Suv eroziyasini yana, shuningdek, tekis (singib ulgurmagan suv oQimi ta’sirida nisbatan tuproQning nisbatan tekis yuvilishi), bir yo’nalishda yemirilgan (suvning ma’lum yo’nalishda ko’p muddat oQishi bois hosil bo’lgan eroziya), chuQur (tuproQ unumdor Qatlamining to’liQ yemirilishi) kabi turlarga ham bo’linadi.
Umuman olganda, suv eroziyasi tufayli yetadigan ekologik zarar juda ulkan. Suv o’z oQimida o’pQon va chuQurliklar hosil Qilib, yerdan organik va mineral moddalarni yuvib ketadi. Bu o’z navbatida tuproQ unumdorligini pasaytiradi, turli o’pQonlarni yuzaga keltiradiki, bunday chuQurlarda QishloQ xo’jaligi faoliyatini yuritib bo’lmaydi. MDH mamlakatlari hududida hisoblab chiQilishicha, bunday o’pQon va chuQurliklar 9 mln. gektarni tashkil etgani holda muntazam oshib bormoQda. Suv eroziyasi tufayli ziyon ko’rgan maydonlar yiliga 7-13 t/gektar atrofida tuproQ hosildorligini yo’Qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |