2005-2013 yillardagi
o‘sish (marta)
2005-y
|
2008-y
|
2009-y
|
2012-y
|
2013-y
|
|
MDH mamlakatlari
|
|
Qozog‘iston
|
85466
|
530203
|
864438
|
2461566
|
3107910
|
36,4
|
|
Qirg‘iziston
|
21104
|
161422
|
234407
|
402682
|
407696
|
19,3
|
|
Rossiya
|
30534
|
820366
|
1065471
|
1456311
|
1615579
|
52,9
|
|
Tojikiston
|
93005
|
162002
|
189209
|
442042
|
507854
|
5,5
|
|
Turkmaniston
|
60507
|
166894
|
231375
|
321317
|
222974
|
3,7
|
Uzoq chet el mamlakatlari
|
|
Afg‘oniston
|
4396
|
50823
|
50789
|
51108
|
49559
|
11,3
|
|
Buyuk Britaniya
|
903
|
4475
|
6895
|
5243
|
6578
|
7,3
|
|
Germaniya
|
2549
|
14858
|
22150
|
17358
|
18266
|
7,2
|
|
Isroil
|
699
|
7209
|
7533
|
9519
|
9610
|
13,7
|
|
Hindiston
|
368
|
5397
|
10728
|
36217
|
35031
|
95,2
|
|
Eron
|
3681
|
7163
|
7859
|
8446
|
8518
|
2,3
|
|
Italiya
|
839
|
9398
|
8831
|
7620
|
8919
|
10,6
|
|
Malayziya
|
133
|
6441
|
5966
|
14790
|
13851
|
104,1
|
|
Janubiy Koreya
|
422
|
37957
|
34713
|
65534
|
69198
|
164,0
|
|
AQSH
|
3602
|
5618
|
6461
|
9175
|
10326
|
2,9
|
|
Turkiya
|
7053
|
58461
|
75518
|
114718
|
138874
|
19,7
|
|
Fransiya
|
1635
|
11920
|
12959
|
10790
|
10492
|
6,4
|
|
Yaponiya
|
1317
|
5441
|
5127
|
3751
|
3555
|
2,7
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma’lumotlar asosida muallif tamonidan tayyorlangan.
Tashrif buyurgan fuqarolar oqimlarining tarkibiy tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili bo‘yicha O‘zbekiston uchun ustuvor tashqi turizm xizmat bozorlari MDH mamlakatlaridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Turkmaniston davlatlari hisoblanadi, uzoq mamlakatlardan esa Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Afg‘oniston, Germaniya, Fransiya, Italiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarni ko‘rsatish mumkin. Tadqiqot davrida (2005–2013-yillarda) MDH mamlakatlaridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Turkmaniston davlatlari hisoblanadi, uzoq mamlakatlardan esa Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Afg‘oniston, Germaniya, Fransiya, Italiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarni ko‘rsatish mumkin. Tadqiqot davrida (2005–2013-yillarda) MDH mamlakatlaridan O‘zbekistonga fuqarolar tashrifining 2005-yilga nisbatan 2013-yilda miqdoriy o‘sish bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda bo‘lsa (52,9 martaga), Qozog‘iston (36,4 martaga) va Qirg‘iziston (19,3 martaga) keyingi o‘rinlarni egallaydi. Turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‘lib, chet el valyutasi va sarmoyalar oqimini ta’minlaydi, unga yaqin sohalarning tez o‘sishiga ko‘mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishda yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘sini oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf – harajat bilan turizm sohasida katta valyutTurizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlarimizning mantiqiy yakuni qo‘yidagi masalalarga qaratilgan: turizmni boshqarish tizimining doimiy ravishda takomillashtirib borilishiga; hukumatimiz tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘lar hajmining ortib borishi sharoitida O‘zbekistonning turistlik salohiyatidan samarali foydalanishga; mamlakat byudjetiga tushadigan mablag‘larni oshirishga; xususiy korxonalar va mahalliy aholining moddiy-ma’naviy farovonligini ta’minlashga.
Mustaqillik yillaridan so‘ng, O‘zbekiston dunyo turizm xizmat bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o‘z o‘rnini barqaror egallab bormoqda. TDIU olimlarining tadqiqotlari bo‘yicha, mustaqillik-ning dastlabki yillarida O‘zbekistonda jahon bo‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning faqatgina 0,002 % gina olingan. (1993 yilda O‘zbekistonda xorijiy turistlardan 5 mln. AQSH doll. miqdorida daromad olingan) hamda dunyo bo‘yicha xalqaro sayohatga chiqqan turistlarning 0,01 % gina qabul qilingan (1994 yilda O‘zbekistonga 60,9 mingta xorijiy turist tashrif buyurgan). Hozirda O‘zbekistonga dunyo bo‘yicha xalqaro turizmga chiqqan insonlarning 0,03 % idan ortig‘i keladi (2006 yilda dunyo bo‘yicha 842 mln. kishi xalqaro turizmga chiqqan) hamda dunyo bo‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning 0,004 % ni tashkil qilgan. (2005 yilda dunyo bo‘yicha xalqaro turizmdan 680 mlrd. AQSH doll. miqdorida daromad olingan). Ko‘rinib turibdiki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning xalqaro turizmdan daromad olishdagi hissasi 2 barobarga, xalqaro turistlarni jalb qilishdagi ulushi 3 barobarga ortgan. Bu vaqt mobaynida jahonda xalqaro turizm ham yuksak sur’atlarda rivojlanayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak (dunyo bo‘yicha xalqaro turizm o‘rtacha yiliga 10 %dan o‘sgani holida O‘zbekistonda xalqaro turizm yiliga o‘rtacha 17 % dan o‘sayapti), erishilgan ko‘rsatkichlarning ahamiyatini yanada chuqurroq his qilish mumkin. O‘zbekistonda turizmning rivojlanishida erishilgan ko‘rsatkichlar bilan qo‘yiroqda keltirilgan jadvallar orqali yanada aniqroq tanishish imkoni mavjud.
Hozirda Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinmoqda. Ushbu turlar davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko‘rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi ob’ektlarga tashrif buyuriladi. Respublikamizda hammasi bo‘lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko‘ngilochar, dam olish - davolanish, tog‘-chang‘i, golf sportlari bilan shug‘ullanish turlari ham mavjud.a miqdori kelib tushishini ta’minlashi mumkin.
Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotida yuqori daromadli va jadal rivojlanib boruvchi sohalardan hisoblanib, xalqaro ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin egallamoqda. Oxirgi yillar ichida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bo‘lishiga qaramay, turizm xizmatlari yuqori iste’mol talabi va yetarlicha barqarorligini saqlab qolmoqda. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, turizm tarmog‘ining rivojlanishi, yuqori samaradorlikning rag‘batlantirilishi iqtisodiyotning muhim sektorlarini, ya’ni transport, aloqa, qurilish, savdo, qishloq xo‘jaligi, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, mashinasozlik va boshqalarning o‘sishiga olib keladi. Dunyo tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, rivojlangan bozor iqtisodiyoti nafaqat bozorning ishlab chiqarish va tovar almashtirish omillarini, balki turli xil xizmatlar bozorini ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining yirik yuqori daromad keltiruvchi va barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) va Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga qaraganda, turizm industriyasi 2000-yildan boshlab jahonda eksport qilinadigan xizmatlar, tovarlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha avtomobilsozlik, kimyo va oziq-ovqat sohalarini ortda qoldirib, yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Tarmoqning yillik pul aylanmasi 900 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu tarmoq dunyo bo‘yicha 195 million kishini ish bilan ta’minlaydi, bu esa, jahon bo‘yicha 8% aholi turizm sohasida ish bilan band bo‘lganini ko‘rsatadi. Har yili 935 milliondan ortiq turistlar dunyo bo‘ylab sayohat qilishadi. Jahon turizm tashkiloti mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon bo‘yicha turistlar oqimi yiliga 4-5 % o‘sishi kuzatilmoqda. Turizm sohasining tavsifi bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, shuni qayd qilish kerakki, ispan mutaxassisi X.Montaner Montexano tadqiqotlariga muvofiq fransuzlar mamlakati madaniyatiga yaqin bo‘lgan davlatlarga oilaviy sayohatni yoqtiradi, quyosh nurida dam olishni xush ko‘radi, shu bilan birga ular uzoq sayohatlardan qochishga harakat qiladilar.
Italiya turistlari faol, tashabbuskor turizmni afzal ko‘radilar, tabiat qo‘ynida dam olishni, notanish insonlar bilan tanishishga harakat qiladilar.
Inglizlar uchun sayohatlarni tanlashda asosiy me’zon bo‘lib, iqlim, oshxona, rekreatsiya imkoniyatlari hisoblanadi. Bunda ham tashkil etilgan, faol tashabbuskor sayohat turlardan foydalanishi mumkin.
Germaniya turistlari kempinglarda, oilaviy pansionatlarda tashkillashtirilgan dam olishni maqul ko‘rishidi. Ular uchun sayohat qilingan joydagi ekologik vaziyat muhim ahamiyatga ega. Rossiyaliklarga kelsak, jamoat fikrini o‘rganish bo‘yicha butun Rossiya so‘rov natijalariga ko‘ra 72 % aholi 2004 yil yoz mavsumida ta’tilni uyda o‘tkazishni rejalashtirgan.
Turizm sohasi dunyoning boshqa mamlakatlari singari O‘zbekistan iqtisodiyoti uchun ham muhim soha hisoblanadi. Ushbu soha mamlakat byudjetiga xorijiy valyuta oqimini ta’minlaydi, faqat 2013-yilda sayyohlik xizmatlari eksporti hajmi 615 millon dollardan ziyodni tashkil etdi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |