Ahmadiya harakati - harakati IX asrning oxirida Panjob (Pokiston)da xristian-protestant diniy oqimining Islomga qarshi faoliyatining faollashuvi hamda ahli hadis maktabi bilan hanafiya vakillarining Qur'on va sunnatning asosiy masalalari haqidagi munoqashalari natijasida vujudga keldi. Ahmadiya harakatining paydo bo'lishi barcha Islomga oid oqimlarning shggilishlarini birlashtirish va ularning asosiy platformasini tashkil qilish bilan bog'liqdir. Shuningdek, boshqa din vakillarining tinch-totuv yashashlari ham bu harakatning paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. Ahmadiya harakatining fikricha, jamoaning asoschisi xudo tomonidan insoniyatga yuborilgan so'nggi ilohiyotlarni ochuvchi oxirgi payg'ambar bo'lib, unda musulmonlarning maxdiysi, xristianlarning ta'limoti va induslarning Krishnasi mujassamlashgan bo'ladi.
"Hizbut-tahrir al-islomiy" diniy tashkiloti - "Hizbut-tahrir al-islomiy" norasmiy siyosiylashgan diniy partiya 1953 yilda Isroilda paydo bo'ldi. Partiya piramida shaklida, tarkibiy tuzilma ko'rinishida tashkil toptan.
"Hizbut-tahrir al-islomiy" diniy tashkilotining kurash bosqichlari:
1.Tasqif - tushuntirish ishlari. Ongi to'liq shakllanmagan yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirish. Fikri zaif, ta'sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi mas'ul shaxslarni o'z tarafiga og'dirish;
2.Tafoul - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali "Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi va kelajak masalalarini idrok qilishga erishishi" yo'lida fikriy inqilobga yetishish;
3.Inqilob - to'ntarish, hukumatni yaratilgan ummat orqali qo'lga kiritish.
"Tablig'chi"lar jamoasi - "Tablig" arabcha yetkazish ma'nosida, tom ma'noda Allohning kalomini odamlarga yetkazishni anglatadi. Bu oqimga XX asrning 20-yillarida Hindistonda Muhammad Ilyos tomonidan asos solingan. Oqimning maqsadi kishilarni ommaviy Islomga chorlash, musulmonlarga Islom arkonlariga to'liq amal qilishlari lozim ekanligini yetkazish va ularning Alloh oldidagi mas'uliyatini oshirish. Har o'n "tablig"chi uchun bir amir saylanadi, amirga bo'ysunishlik vojib hisoblanadi.
Akromiylar - Taxminan 1997-1999 yilda Fargona vodiysida vujudga kelgan ushbu diniy-siyosiy harakat vakillari yolgiz Allohga e'tiqod qilib, Payg'ambarga imon keltirmaydilar. "Akromiylar" bugungi mavjud barcha tuzumlarni tan olmaydi, davlatga, qonun-qoidalarga ham, ota-onaga ham emas, faqat oqim sardorlariga bo'ysunish lozim, deb hisoblaydilar. Uning asoschisi 1960 yilda Andijon shahrida tug'ilgan Yo'ldoshev Akrom Sotvoldiyevich hanbaliy mazhabi vahhobiylik oqimi ta'limotiga tayanib, 1992 yilda 12 darsdan iborat "Imonga yo'l", deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan. Ushbu dasturda oqimning pirovard maqsadi Islom davlatini barpo etishdan iborat ekani ta'kidlangan. O'z harakatlariga nomzodlarni tanlab olish va ularni tayyorlashni besh bosqichdagi maqsadli dastur orqali amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |