1.2. Importga ta’riflar. Importga ta’riflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro.
Avvalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz.
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo’lgan. Talab va taklif o’rtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan.
Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida baholar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada o’rnatilgan bo’lar edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani va importga cheklovlar yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil.
Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko’tariladi. Natijada:
Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).
1-chizma. Import tariflari kiritilishi natijalari
Oqibatda ite`molchilar ma`lum bir yo`kotishlarga duch keladilar. Bu yo`kotishlar grafikda a,b,c,d soxalar bilan ko`rsatilgan.
Baxolarning ko`tarilishi ilgari rakobatbardosh bo`lmagan ayrim ichki ishlab chikaruvchilar uchun xam foyda ko`rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu soxada band milliy ishlab chikaruvchilar ishlab chikarish xajmini S1 dan S2 ga kadar oshiradi va S2-S1 xajmdagi maxsulot Pd baxoda sotiladi. SHu xajmdagi maxsulotni iste`molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a soxaga teng yo`kotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`kotish ichki ishlab chikaruvchilarning o`sgan foydasiga aylanadi.
Baxolarning o`sishi okibatida iste`molchilar ko`rilayotgan tovar iste`moli xajmini D1 dan D2 kadar kiskartiradi. Bu yo`kotish grafikda d soxa bilan ko`rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan koplanmaydi.
S2- D2 oralik tarif joriy kilingandan so`ngi import xajmi bo`lib, shu xajmda tovarni iste`molchilar ilgarigidan yukori baxoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yo`kotish ro`y beradi. Bu yo`kotish grafikda s soxa bilan belgilangan bo`lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. Ya`ni, bu soxadagi iste`molchilarning yo`kotishi davlatning foyda ko`rishi bilan koplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste`molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat ichki tovarga yo`naltiriladi. Iste`molchilarning o`sgan to`lovlari yukori chegaraviy xarajatga ega, rakobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab chikarishni kengayishiga olib keladi. Iste`molchilarning bu yo`kotish v soxasi bilan belgilangan bo`lib tarifning «ishlab chiqarish samarasi» deyiladi va xech kimning foydasi bilan koplanmaydi.
Iste`molchilarning yo`kotishlari
|
Ishlab chikaruvchilar foydasi
|
Davlat daromadi
|
Jamiyatning sof
yo`kotishi
|
a + b+ c + d --
|
a --
|
s =
|
b + a
|
Demak, iste`molchilarning a soxadagi yo`kotishlari ishlab chikaruvchilar foydasining o`sishi xisobiga koplanadi. Ayni damda iste`molchilar shu tarmok korxonalari aktsiyadorlari bo`lishsa, ular yo`kotishlarining bir kismi o`sgan dividentlar sifatida kaytadi.
«s» soxada davlat olgan daromadini transfert to`lovlarini oshirish, soliklarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish xakini oshirishi ko`rinishida iste`molchilarga kaytarishi mumkin.
Ammo «b» K «d» soxalarda jamiyat sof yo`kotishga duch keladi. Valyuta kursi o`zgarishi bu yo`kotishlarni bir oz koplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga kimmatlashsa import kilinayotgan tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki baxosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif kiritilishi okibatida jamiyatning sof yo`kotish «b» va «d» soxalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 k 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud bo`lib, bu tadbir mamlakat iktisodiyoti xolati, xususiyati va ko`yilgan maksadlar bilan asoslanadi.
Bojxona tariflarini kirtishni yoklovchi mutaxassislar fikriga ko`ra import tariflari:
mamlakat mudofaa sanoatini ximoya kilish imkonini beradi;
mamlakatda bandlilik darajasi o`sishini ta`minlaydi va yalpi talabni ragbatlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o`sadi va joriy operatsiyalar bo`yicha to`lov balansi xolati yaxshilanadi;
milliy iktisodiyotdagi yangi tarmoklarni ximoya kilish uchun zarur;
davlat byudjeti daromadlarini to`ldirish manbai bo`lib xizmat kiladi;
milliy ishlab chikaruvchilarni demping ko`rinishidagi chet el rakobatidan ximoya kiladi;
iktisodiyot tuzilishini kayta kurishni boshkarish vositasi xisoblanadi va ular yordamida mamlakat iktisodiyotidagi ilgor siljishlar ragbatlantiriladi va x.k.
Milliy iktisodiyotning tiklanishi sharoitida ko`pgina davlatlar o`z ishlab chikaruvchilarini chet el rakobatidan ximoya kilish maksadida protektsionizm siyosatini ko`llaydilar. Aks xolda, maxalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tugdiradi.
Mamlakatlarda ta`rif mexanizmi orkali tashki savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoklari va yangi ishlab chikarish soxalarining ximoyalanganligiga ta`sir kiladi. O`zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istikbolli soxa (tarmok) xisoblanadi va tabiiyki, tarifli ximoyaga muxtoj. Tarmokni tarifli ximoyalanishining xakikiy darajasini kuyidagi misolda ko`rib chikamiz. Masalan, O`zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil kilsin. Ushbu mashinani ishlab chikarish uchun zarur bo`ladigan extiyot kismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz mikdorida o`rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AKSH dollariga teng bo`lsa, ya`ni bitta avtomobil’ uchun zarur bo`lgan extiyot kismlarining narxi 7000 dollar, ko`shilgan kiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin.
Avtomobil’ importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun xar bir avtomobil’ narxi 4000 dollarga o`sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. extiyot kismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga kilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi. Okibatda maxsulot birligiga extiyot kismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Ko`shilgan kiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 k 2250) o`sdi. SHunday kilib, tarif kiritilgandan so`ng maxsulot birligiga to`gri keladigan ko`shilgan kiymat 5250 dollarni (3000 K 2250 k 5250) tashkil etdi.
Endi esa soxa (tarmok)ning samarali ximoyasi formulasidan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |