O’zbekistonda tashqi savdo siyosati holati va tahlili
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
BOB. TASHQI SAVDO SIYOSATINING NAZARIY ASOSLARI
Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari................................................5
1.2. Importga ta’riflar. Importga ta’riflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari……...7
1.3. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash..… .…16
BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO SIYOSATI HOLATI VA TAHLILI
2.1. O'zbekiston Respublikasining bojxona shakllari va uning shakllanish omillari....................................................................................................................19
2.2. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining holati va uni takomillashtirish yo’nalishlari.................................................................................28
XULOSA……………...………………………………………………………….43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….44
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Biror mamlakatning tashki iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orqali ichki bandlilikni ta`minlash, iqtisodiy o`sishga erishish, makroiktisodiy barqarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orqali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo`nalishidir.
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun xam ko`pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va axolisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko`proq imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jaxon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo`lishi mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo xamma vaqt xam foydali bo`lavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g’aznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag’batlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi.
Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota`rif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar taqchilligining oldini olish maksadida belgilanadi.
Boj olinadigan maxsulotlar, boj olinmaydigan maxsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan maxsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya`ni, ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona ta’riflari deb ataladi.
Bojxona ta’riflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (xayvonot va o`simlik dunyosi), qayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar, tayyor buyumlar) ko`ra, taksimlangan maxsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan maxsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida qurilgan.
COVID-19 pandemiyasi oqibatida va koronavirusga qarshi kurashda joriy qilingan karantin choralari Yevropa va Markaziy Osiyoda mamlakatlari iqtisodiyotida tovar va xizmatlarga bo‘lgan ichki talabning sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi.
Jahon banki prognozlariga ko‘ra, joriy yilda Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiy faollik o‘rtacha 4,7 foizga qisqaradi. Ushbu mintaqalarda kuzatilayotgan iqtisodiy retsessiyaning ko‘lami va “chuqurligi” jahon moliyaviy inqirozi davridagi bilan deyarli bir xil. COVID-19 pandemiyasi oqibatida va koronavirusga qarshi kurashda joriy qilingan karantin choralari ushbu mintaqalar mamlakatlari iqtisodiyotida tovar va xizmatlarga bo‘lgan ichki talabning sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi. Bularning ta’siri xom ashyo tovarlari narxining keskin pasayishi, turizm sohasining inqirozi, mehnat muhojirlaridan keladigan pul o‘tkazmalarining kamayishi, eksport hajmining qisqarishi, shuningdek, mahsulot yetkazib berish zanjirida uzilishlar tufayli yanada kuchaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |