O’zbekistonda ta’lim tizimi r e j a: Ta’lim tizimidagi islohatlar bosqichlari


MAVZU: 13. ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH



Download 29,92 Kb.
bet6/6
Sana25.02.2022
Hajmi29,92 Kb.
#462294
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI

MAVZU: 13. ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH

R e j a:

1.Aloqa va axborotlashtirish tizimini shakllanishi

2.Pochta, telegraf va telefon aloqasi

3. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari

Aloqa O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligi va ijtimoiy infratuzilmasining tarkibiy qismi bo’lib, aholi, xo’jalik sub’ektlari, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o’zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog’i orqali jo’natilayotgan ashyolarning yetkazib berilishi ta’minlaydi.

O’zbekistonda aloqa pochta aloqasi, telefon aloqasi, telegraf aloqasi, ma’lumotlar uzatish, axborotlashtirish, radioeshittirish, televideniye, matbuot tarqatish kabi sohalarga bo’linadi. Aloqa majmuasi – matbuot tarqatish, feldegerlik aloqasi, maxsus aloqa, uyali aloqa, elektr aloqa, kosmik yo’ldoshlar orqali aloqa respublika hayotida katta rol o’ynaydi. Tarmoqda 768 xizmat ko’rsatish turi mavjud.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida milliy telekommunikatsiya tarmog’ining barqaror ishlashini ta’minlash va uni rivojlantirish muhim vazifaga aylandi. Tarmoqni yanada rivojlantirish uchun qonunchilik va normativ bazani yaratish, katta hajmda investitsiyalar jalb qilgan holda raqamli texnologiyalar asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilishni boshlash, shunindek, pochta aloqasi sohasida islohatlar o’tkazishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi. 1992 yil 13 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Aloqa to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi.

Keyingi yillarda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda axborotlashtirish va axborot hamjamiyatiga muvafaqiyatli kirib borishning muhim omillaridan biri telekommunikatsiyalarning rivojlanishi, axborotlashtirish va axborot texnologiyalari jarayonlarining o’zaro hamkorligidir. Bu jarayonlarning global xususiyati mamlakatimizni jahon axborot hamjamiyatiga kirishini taqozo etadi.

Aloqa tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha AQSH, Germaniya, YAponiya, Italiya, Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan olib borilayotgan xalqaro hamkorlik samarali bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati bilan ajratilgan kreditlar hisobiga Koreyaning “DEU”, Indoneziyaning “Bank Kommunikeyshn Korporeyshn”, SHvetsiyaning “Erikson”, Italiyaning “Italtel”, Germaniyaning “Simens”, “Alkatel”, YAponiyaning “Mitsui”, “NEK” kabi ilg’or kompaniyalari ishtirokida katta quvvatli, raqamli mahalliy va xalqaro kommutatsiya stansiyalari, minglab kilometr optik-tolali aloqa liniyalari, mobil aloqa stansiyalari foydalanishga topshirildi.

Pochta aloqasi respublika aholisiga xat, gazeta va jurnallar, jo’natma, pul o’tkazmalari, nafaqa to’lovlarini yetkazib beradi. Pochta aloqasida pochta xizmatlarining to’lov belgisi bo’lgan pochta markalarini chiqarish dunyoda davlat mustaqilligining atributlaridan biri sifatida tan olindi. O’zbekistonning birinchi pochta markalari 1992 yilning may-noyabr oylarida chiqarildi. Pochta muassisalarida internet xizmatlarini ko’rsatish, kitoblar, davriy va bosma nashrlarga buyurtmalar tashkil qilish; elektron pul o’tkazmalari uchun zamonaviy AKT joriy etildi.

O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritishiga qadar respublikaning jahon mamlakatlari bilan cheklangan darajadagi telefon aloqasi Moskva orqali amalga oshirilgan. Mustaqillikni dastlabki davridayoq xalqaro telefon aloqasini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil Toshkentda YAponiyaning “NEK” firmasi yetkazib bergan asbob-uskunalardan abonentlarning jahon telefon tarmog’iga chiqishini hamda ikki tomonlama xalqaro teleko’rsatuvlarni ta’minlaydigan 150 kanalli raqamli xalqaro kosmik (fazoviy) telefon stansiyasi qurildi va foydalanishga topshirildi.

O’zbekistonda uyali(mobil) aloqa 1992 yildan rivojlana boshladi. So’ngi yillar davomida uyali aloqa tarmoqlarining rivojlanishi jadal xususiyat kasb etdi. Uyali aloqa xizmatlari bozorida sakkizta operator ishlamoqda.“O’zdonrobita” qo’shma korxonasi 1992 yilda eng birinchilardan bo’lib, respublika hududida umumiy foidalanishdagi uyali ko’chma radioaloqa xizmatlarini taqdim etishni boshlagan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va xizmatlar konvergensiyasining darajasi, axborotlashtirishni rivojlantirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot hamjamiyatiga qo’shilishning tayanch omilidir. Axborotlashtirishning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishdagi muhim ahamiyatini hisobga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tamonidan AKT ni jadal rivojlantirish strategik ustuvor vazifa sifatida belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi farmoniga muvofiq, AKT ni rivojlantirish va joriy etishning muhim vazifalari belgilandi hamda 2002-2010 yillarga mo’ljallangan dastur qabul qilindi. Respublikada AKT ni rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi oliy organ-kompyuterlashtirish va AKT ni rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.



Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, xususan, davlat boshqaruvi, bank ishi va ayniqsa, ta’lim sohalarida kompyuterlashtirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foidalanish jarayoni jadal olib borilmoqda. Oliy o’quv yurtlarning hammasi, akademik litseylarning 76 foizi, kasb-hunar kollejlarining 19 foizi va o’rta umumta’lim maktablarining 5 foizi internet tarmog’idan foydalanish imkoniyatiga ega. (2006 y.)
Download 29,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish