O’ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI
R e j a:
1. Ta’lim tizimidagi islohatlar bosqichlari
2. Kadrlar tayyorlash tizimining tamoyillari
3. O’zbekistonda ta’lim turlari
1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi yangi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, mamlakatimizdagi ta’lim-tarbiya islohati va ularni hayotga tatbiq etishini bosqichma-bosqich amalga oshirilishini belgilab berdi.
Birinchi bosqich – o’tish davri bo’lib, u 1997 –2001 yillarni, ya’ni to’rt yilni o’z ichiga qamrab oldi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moddiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratildi. Bu bosqichda asosan qo’yidagi vazifalarni bajarish kerak edi: - yangi talablarga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash; - o’quv standartlarni yaratish va yangi o’quv dasturlari ustida ishlash; - umumta’lim maktablarni tuzilishi jihatidan qayta qurish; - uch yillik ta’lim – o’rta maxsus va kasb – hunar (akademik litsey va kollejlar) tizimiga o’tish uchun zamin tayyorlash; - uzliksiz ta’lim-tarbiya tizimiga asos bo’ladigan tadbirlarni amalga oshirish; - ijtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalarni yechish.
Ikkinchi bosqich – 2001 – 2005 yillarni o’z ichiga olgan. Bunda Milliy dasturni keng miqyosda to’liq amalga oshirishga erishish talabi qo’yilgan. Tabiiyki, tizim faoliyatining samaradorligini, mehnat bozorini inobatga olib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, dastur g’oyalari va qoidalariga kerakli o’zgartirishlar kiritilgan.
Uchinchi bosqich – 2005 va keyingi yillarga mo’jallangan bo’lib, unda to’plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o’zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish talabi qo’yilgan.
Kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillari qo’yidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
barcha bir xil va turdagi ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun uzliksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;
davlat ta’lim standartlarini joriy etish va ularning samarali faoliyat ko’rsatish mexanizmini ishlab chiqish;
ixtisosliklar va malaka darajasiga ko’ra mutaxassislarga bo’lgan umumdavlat mintaqaviy talablarning istiqbolini aniqlash;
ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatdan isloh qilish uchun o’qituvchilar va murabbiylarni qayta tayyorlash;
davlat va ijtimoiy muassisalarning kasbga yo’naltirish bo’yicha faoliyatini takomillashtirish. Bunda kasb tanlashni bozor ehtiyojlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini o’ziga mos kasbni tanlashda ko’maklashish;
o’quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash;
ta’lim muassisalarini, birinchi navbatda umumta’lim maktablarini davlat tamonidan moddiy-texnika bazasini to’liq yangilash, moliyaviy qo’llab-quvvatlash me’yorlarini yanada takomillashtirish;
kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ishlab chiqarish korxonalari hisobidan imkon qadar, ta’lim muassisalarini modiy-texnika bazasni yangilash va moliyaviy ko’mak berishda foidalanish;
kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasiga chet el sarmoyalari, xalqaro donorlik tashkilotlari va jamg’armalarining mablag’ va grantlarini jalb etish;
ta’lim muassisalariga qonun doirasida o’quv rejalari, dasturlar va yo’riqnomalar ishlab chiqishda, ta’limiy xizmatlarni belgilashda erkinlik berish va o’zini-o’zi boshqarish usullarini joriy etish;
Tabiiyki, bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamiyatning mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo’lishi zarur. Ular yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassisalarining faoliyatini uyg’unlashtirishi lozim.
O’zbekiston xalq ta’limi tizimi maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |