MAVZU: 11. QISHLOQ JOYLARNI GEOGRAFIK TATQIQ QILISH MASALALARI
R e j a:
1.Qishloq joylar geografiyasining vujudga kelishi
2.Qishloq joylar geografik tatqiqotlarning ob’ekti sifatida
3.Qishloq joylarning geografik xususiyatlari
Keyingi o’n yilliklar mobaynida qishloq joylar bir qator fanlarning muhim tatqiqot ob’ektiga aylandi. Ularni geografik jihatdan o’rganishda rus olimlari A.I.Alekseyev,S.A.Kovalev, V.A.Maksimovlarning xizmatlari katta. Qishloq joylarni tatqiq etishda A.I.Alekseyev qishloq aholisi, ularning yashash joylari, turmush tarzi, joylardagi ijtimoiy sohalarning rivojlanishi masalalariga e’tiborni qaratgan bo’lsa, V.A.Maksimovning ishlarida qishloq joylarning ishlab chiqarish masalalari ko’proq yoritilgan.
Qishloq joylar geograflar uchun kompleks tatqiqot ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Ular iqtisodchilar, sotsiologlar, ekologlar va boshqa bir qator fanlar uchun ham o’rganish ob’ektidir. Geograflar eng avvalo qishloq joylarni, ularning komponentlarini (tabiat, aholi, xo’jalik) alohida olingan holda, hamda bir butunlikda, ya’ni majmuali tarzda rivojlanishining hududiy qonuniyatlarini o’rganishga asosiy e’tiborni qaratadi.
Qishloq joylar ilmiy-tatqiqotlarning kompleks va o’ziga xos ob’ekti bo’lib, ular katta-katta maydonlarni, muayyan tabiiy sharoit va mineral xom ashyo salohiyatini, aholi, uning joylashuv tizimi va ijtimoiy tuzilmalarini, xos ijtimoiy hamda ishlab chiqarish salohiyatini o’zida mujassamlashtirgan hududlar yig’indisidan iborat. Hozirgi davrda qishloq joylar bir butun, kompleks tarzda o’rganilgan tatqiqotlarni yetarli deb bo’lmaydi. Rus olimi S.A.Kovalevning ta’rificha qishloq joylar –bu shahardan tashqaridagi aholi yashaydigan barcha joylardir. Qishloq joylarga berilgan bunday qisqa va lo’nda ta’rifni V.A. Maksimov uni tabiiy sharoit va resurslar, qishloq aholisi va uning o’ziga xos turmush tarzi, odamlar mehnati natijasi bo’lgan asosiy fondlar, qishloq aholisining ishlab chiqarish faoliyati kabilar bilan to’ldirgan.
Qishloq joylar mavjud barcha belgilari va rivojlanish xususiyatlariga ko’ra mintaqaviy tafovutlarga ham ega. Qishloq joylarning birlamchi ijtimoiy vazifalaridan biri qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishdan va qisman uni qayta ishlashdan iborat. Ushbu vazifa boshqa joylarga ko’ra ko’proq qishloq joylarga xosligi bilan ajralib turadi. Qishloq joylarning ikkinchi ijtimoiy vazifasi ma’lum ma’noda rekreatsiya funksiyasi hisoblanadi va ko’proq shahar aholisi uchun xizmat qiladi. Qishloq joylar shaharliklar uchun dam olish maskanlari hisoblanadi. Hozirda xizmat ko’rsatish sohasini muhim tarmog’iga aylanayotgan rekreatsiya xizmatining ko’plab muassisalari (dam olish zonalari, bolalar oromgohlari, turbazalar, sanatoriya, pansionat va boshqalar) qishloq joylarda barpo etilmoqda. Qishloq joylarning uchinchi vazifasi kommunikatsiya tarmoqlariga koridor sifatida xizmat qilishidir. Bir qator transport turlari (avtomobil, temir yo’l, quvur, suv transporti, elektr uzatish liniyalari va boshqalar) qishloq joylardan o’tadi. Qishloq joylar shaharlarni mehnat resurslari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. SHaharlardagi mavjud bo’sh ish o’rinlarini qishloq joylardan borgan mehnat resurslari bilan to’ldiriladi. Bu qishloq joylarning to’rtinchi vazifasidir. Qishloq joylarda shahar korxonalarining ayrim yordamchi xo’jaliklari joylashgan. Masalan, qishloq joylarning beshinchi vazifasi sifatida qurilish materiallari qazib oluvchi karerlar, konlar va qayta ishlovchi sanoatning ayrim kichik korxonalarini ko’rsatish mumkin. Bundan tashqari qishloq joylarning yana bir qancha o’ziga xos vazifalari mavjud. CHunonchi, o’rmon xo’jaligi va yog’och tayyorlash, tabiatni muhofaza qilish, ovchililik va baliqchilik xo’jaliklarini rivojlantirish, tarixiy-madaniy va boshqa bir qator vazifalarini ta’kidlash mumkin.
Qishloq joylar hududi va unda mujassam bo’lgan barcha voqea-hodisalar muayyan bir sharoitlarda vujudga kelgan, shakllangan va o’zining rivojlanish qonuniyatlariga ega. Ularning qududiy qirralarini ochib berish, qonuniyatlarini aniqlash va xulosa chiqarish eng avvalo geograflarning vazifasidir. Qishloq joylarni geografik jihatdan tatqiq qilish asosan uchta yo’nalishda olib borilmoqda: - iqtisodiy yo’nalish, moddiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga katta e’tibor qaratiladi. Mavjud tabiiy sharoit va resurslarning moddiy ishlab chiqarishga ta’siri iqtisodiy jihatdan baholanadi. Oxirgi yillarda qishloq joylarni tatqiq etishda ikkinchi yo’nalish hisoblangan ijtimoiy-geografik jihatlarga ko’proq e’tibor berilmoqda. Ularning asosiy mazmuni qishloq joylarning barcha qirralarini aholi va uning turmush sharoitlari, faoliyatini baholashga qaratilgan. Bugungi kunga kelib, qishloq joylarni tatqiq etishning yangi ekologik-geografik yo’nalishi shakllanmoqda. Bunday tatqiqotlarning markazida xo’jalik va aholining tabiiy muhit bilan o’zaro aloqadorligi va uning o’zgarishlari, landshaftlarning inson ta’siriga chidamligi va boshqa masalalar yotadi.
Qishloq joylar va ayniqsa qishloq aholisining turmush sharoitlari va hayot tarzi, qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari geografik jihatdan yaxshi o’rganilmagan. Turdosh fan sohalari vakillari bilan hamjihatlikda qishloq joylarni murakkab tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy tizim sifatida geografik jihatdan o’rganishning metodologik masalalariga qo’yidagilar kiradi: qishloq joylarning tarkibi va chegaralarini aniqlash; qishloq va shaharning o’zaro aloqadorligi, funksiyalarini hozir va kelajakda o’zaro bir-birini to’ldirishi; qishloq joylarni turlarga ajratish; turli tipga mansub qishloq joylarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tahlil qilish va kelajagini aniqlash. Ko’rsatilgan muammolar qishloq joylarni kompleks ilmiy jihatdan tatqiq etishning muhim jabhalarini qamrab oladi.
O’zbekistonda yevropa turidagi kutubxonalar 19–asrning oxirida tashkil etildi. 20-asrda kutubxonalar tarmog’i kengaydi va rivojlandi. 1917 yili 14 ta ommaviy shahar kutubxonasi ishlagan bo’lsa, 1934 yilda ikki mingdan ortiq turli yo’nalishdagi kutubxonalar faoliyat ko’rsatgan. 2006 yil yanvarigacha bo’lgan ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonda 17 mingga yaqin ommaviy va maxsus kutubxonalar mavjud. Ularning umumiy fondi 140 million nusxadan ortiq. O’zbekistondagi yirik kutubxonalar: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi (1870), O’zbekiston Milliy universitetining kutubxonasi (1921), O’zbekiston Faning asosiy kutubxonasi (1933) va boshqalar. Viloyat markazlarida ham yirik kutubxonalar mavjud. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi – respublikadagi eng yirik kutubxona, kutubxonashunoslik va bibliografiya bo’yicha O’zbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy markazi. Fondida 6,5 mln.ga yaqin kitob bor (2005).
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlash to’g’risida»gi qaroriga ko’ra aholiga kutubxona xizmati ko’rsatishni sifat jihatdan yangi darajaga ko’taradigan zamonaviy axborot-resurs markazlari va axborot–kutubxona markazlari tashkil etish, yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, milliy-ma’naviy, ma’rifiy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga, jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridanfoydalanish, milliy va xorijiy nashrlar fondlarini shakllantirish yuzaga keladi.
O’rta Osiyo xalqlari qadimdan bog’ tuzish san’ti an’analariga ega. Xalq dostonlarida, miniatura rasmlarida jannatmakon bog’lar, ular takibidagi ko’shk, hovuz, favvora, turli xil mevali daraxtlar, chamanzorlar ta’riflangan. Boshqa yurtlardan kelgan sayyohlar O’rta Osiyo shaharlari bog’larga burkanganligini ko’rib hayratga qolganlar. Olamga dong taratgan Amir Temur bog’lari Samarqand atrofida bunyod etilgan. Amir Temurning sayrgoh bog’lari asosan ikki xil usulda – chorbog’ va qo’riqxona tarzida tashkil etilgan. Temuriylardan SHohrux Mirzo, Ulug’bek, Bobur va boshqalar bog’lar tuzish an’anasini davom ettirishgan.
Bog’ maydoni bir nechta daraxtzor, tokzor va gulzorlarga bo’lingan. Ekilgan gullar shunday tanlab olinganki, ular erta bahordan kuzgacha navbat bilan almashinib turli vaqtda gullagan. Sobiq Ittifoq davrida tashkil etilgan madaniyat istirohat bog’lari uzoq yashaydigan manzarali daraxtzorlardan iborat bo’lib, ularga yozgi sahna va kinoteatr, turli attraksion, qahvaxona, bolalar maydonchalari joylashgan. SHu yerda ommaviy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish ishlari olib borilgan.
Mustaqillik davrida madaniyat va istirohat bog’lari maxsus loyihalar asosida qayta ta’mirlandi. Bularda iqlimi, manzarasi, shaharsozlik va iqtisodiy sharoiti hisobga olinib, qadimiy milliy an’analarni rivojlantirgan holda manzarali va mevali daraxtzorlar, gulzorlar, sun’iy havzalar, kanal va favvoralar, sersoya so’lim xiyobonlar barpo etildi. Madaniyat va istirohat bog’larida aholining tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lishi shaklida, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ko’ngilli hordiq chiqarishga imkoniyatlar yaratilgan, madaniy-ommaviy tadbirlar, professional, milliy va umumxalq bayramlar o’tkaziladi.
O’zbekistonda tarixiy, moddiy, ma’naviy va madaniy yodgorliklarni to’plash, saqlash, o’rganish va tashviq qilish bilan shug’ullanuvchi ilmiy-ma’rifiy muassasalar - muzeylar paydo bo’lishi 19-asrning oxiriga borib taqaladi. Dastlabki muzeylarni tashkil etish va boyitishda taniqli rus olimlari V.Oshanin, V.Vyatkin, N.Seversov va Mirza Abdulla Buxoriy, Abu Said Maxzum kabi mahalliy ixlosmandlarning xizmati katta. Ular o’lkaning mineralogiya, numizmatika, etnografiyasi, flora va fauna dunyosiga oid ajoyib boy kolleksiyalar to’plagan.
1876 yili Toshkent, 1896 yili Samarqand, 1899 yili Farg’onada o’lkashunoslik muzeylari ochilgan. Keyinchalik muzeylarning davlat boshqaruvi tizimi shakllandi, tarixiy yodgorliklar va san’at obidalarini muhofaza etish komissiyalari tashkil etildi. Bular mamlakat bo’ylab ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirib, muzeylar uchun materiallar to’pladilar. 1940-1970 yillarda O’zbekistonda muzeylarning keng tarmog’i yaratilgan. Mustaqillik davrida asrlar davomida yaratilgan bebaho ulkan ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosatining eng muhim vazifasi qilib qo’yildi.
O’zbekiston hukumati tamonidan bu sohaga oid maxsus qarorlar qabul qilindi. Bu davrda bir nechta yangi muzeylar (Temuriylar tarixi davlat muzeyi, 1996 y; Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, 1996 y; Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi, 2002 y; va boshqalar) barpo etildi. Barcha oldin faoliyat ko’rsatgan muzeylarda ekspozitsiyalar (ko’rgazmalar) qayta tashkil etildi. Mustaqillik tufayli muzeylar SHarq san’ati va madaniyatining nodir namunalarini jahonga ko’z-ko’z qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |