O‘zbekistonda soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Download 77,5 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi77,5 Kb.
#894848
1   2
Bog'liq
shuxrat maqola

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
O‘zbekiston Respublikasining Кonstitusiyasiga keltirib o‘tilgan soliq tizimi va uning huquqiy asoslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan moddalar orqali tanishib chiqdik.[1] Yahyoev Q. “Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti” kitobida soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr va mulohazalari bilan tanishdik.[3] Jo‘raev T. “Soliq siyosatini takomillashtirish yo‘lida” kitobida soliq kontseptsiya va soliq tizimini rivojlantirishdagi tamoyillarini o‘rgandik.[5] Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy sayti orqali soliq qo‘mitasining vazifa va funksiyalari bilan tanishib chiqdik[6]
Tahlil va natijalar
Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.Soliqning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760-yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan soliqning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi.
Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri Soliqga boʻlinadi. Toʻgʻri Soliq molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqa Egri soliq (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan Soliq Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, Soliq tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) Soliq va yigʻimlardan tashkil topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda qo‘mita deb ataladi) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo’yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysinadi.
Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq to‘lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Quyidagilar qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat byudjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash hisobiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalarining daromad qismini barqaror shakllantirish;
soliq to‘lovchilar va soliq solish ob’ektlarining o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;
Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
а) davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘gri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq nazoratini ta’minlash sohasida:
б) Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash hisobiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromad qismini barqaror shakllantirish sohasida:
в) soliq to‘lovchilar va soliq solish ob’ektlarining o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish sohasida:
g) soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yiqilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida:[6]
Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida» gi (1991 yil 15 fevral), «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmaganlarning daromad solig‘i to‘g‘risida» gi (1991 yil 15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida» gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotishiga olib kelgan bo‘lsa, ayrimlarining huquqiy bazasini kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» gi Qonunga muvofiq, shu kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to‘lash majburiyati ham kiritilgan: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar»[1]. Shuningdek, respublikamiz hududida yagona soliq tizimi amal qilishi va uni belgilash vakolati haqidagi jumlalar keltirilgan: «O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat Oliy Majlis haqlidir».[2]Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi Qonuni, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, Prezident Farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan izohlanadi.
Soliq kontseptsiyasi - bu soliqlarni yo‘nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyalarining yaxlitligidir. Mamlakatimizda soliq kontseptsiyasi 1-Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan chuqur ilmiy asosda ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish kontseptsiyasiga asoslanadi. Agar soliq kontseptsiyasi qanchalik chuqur ilmiy asosga ega bo‘lsa, soliq siyosatining barqarorligi shunchalik mustahkam ta’minlanadi. O‘z navbatida soliq kontseptsiyasi esa, soliqlar sohasidagi chuqur ilmiy tadqiqot ishlari hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarni o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan g‘oyalarning samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Soliq siyosati taktikasi esa, belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o‘zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.
Soliq siyosati kontseptsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya’ni kam o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning barchasi bir-biriga bog‘liq holda, bir-birini to‘ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni qonuniy joriy etish;
- amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta’minlovchi mexanizm shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;
- soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;
- soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.
Shu o‘rinda yuridik shaxslarni soliqqa tortishning muhim tartiblariga alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Respublikamiz soliq qonunchiligida hozirgi vaqtda soliqqa tortishning umumbelgilangan tizimi bilan bir qatorda, amaldagi barcha soliqlar o‘rniga birgina soliqni to‘lashni ko‘zda tutuvchi soliqqa tortishning alohida tartiblari ham mavjud. Bu tartib quyidagilar uchun ko‘zda tutilgan:
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
- soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari;
- qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalari;
- lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar;
- tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bilangina shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (bilyardxonalar, qisqa muddatli avtomobil saqlash joylari, bolalar o‘yin avtomatlari).[3]
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‘nalishlariga katta e’tibor beriladi:
1) har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga har tomonlama yordamlashish;
2) ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak bo‘lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlash;
3) bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish;
4) aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib borish. Bunda «iste’mol savatchasi» ma’lumotlarini e’tiborga olish.[4]
Xulosa
Soliq siyosati choralarini ishlab chiqishda eng muhim vazifalardan biri davlat xarajatlarini o‘z vaqtida va mo‘ljallangan hajmda moliyalanishi uchun soliq tushumlarining etarliligi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, soliq yukini kamaytirish borasidagi siyosatni byudjetning xarajatlar qismini optimallashtirish choralari bilan qo‘shib olib borilishini taqozo etadi. Shuning uchun soliq va byudjet tizimidagi yangi 2023-yilda tajriba sifatida o‘tkazilayotgan mahalliy byudjet tizimiga katta e’tibor berishimiz kerak.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
[1]O‘zbekiston Respublikasining Кonstitusiyasi. T.: «O‘zbekiston» 1992 yil 51-modda.
[2] O‘zbekiston Respublikasining Кonstitusiyasi. T.: «O‘zbekiston» 1992 yil 132-modda.
 
[3] Yahyoev Q. «Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti». T. «§afur §ulom» 2000. y. 26 bet.
[4] Yahyoev Q. «Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti». T. «§afur §ulom» 2000. y. 25 bet.
 
[5] Jo‘raev T. «Soliq siyosatini takomillashtirish yo‘lida». «Toshkent haqiqati». 2003 yil 24 sentyabr.
[6]https://soliq.uz/page/ozbekiston-respublikasi-davlat-soliq-qomitasi
Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish