O’zbekistonda mulkni davlat tasarufidan chiqarilishi va xususiylashtirish: shakllari, yo’llari va usullari Reja: Kirish


O’zbekistonda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi holati



Download 214,08 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi214,08 Kb.
#213446
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O

O’zbekistonda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi holati

2004-2017


Yillar



Xususiylashtirilgan obyektlar soni (birlik)



Xususiylashtirishdan tushgan pul mablag’lari, mlrd. so’m



2004

1228

78,5



2005

980

80,5



2006

673

70,5



2007

631

111,1



2008

392

130,6



2009

135

35,7



2010

96

23,0



2011

95

39,2



2012

83

32,1



2013

82

44,1



2014

288

88,0



2015

848

103,2



2016

609

164,8



2017

542

228,3



Jami

6682

1229,6


Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.


O’zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish usullari xususiyatlari
Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki be’ul berilishida, aholining ko’’roq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.

O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obhektlarni xususiylashtirishda mulkni be’ul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari ‘aydo bo’ladi, bozor infratuzilmasini bar’o etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar bar’o etishga ham sarflanadi.


Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng ehtibor berilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo’nalish bor. Bu – xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning tahsirchan himoyasini tahminlashdir.”.¹

Qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-joy fondi to’liq xususiy mulk egalari tasarrufiga o’tkazildi. Istehmol tovarlari ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik, charm-poyabzal, mebel va farmatsevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi.

Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa – davlat sektori bozor iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rolg’ o’ynashini inkor qilmaydi. CHunki iqtisodiyotning davlat korxonalari mahlum darajada saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.

Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ulardan samarali foydalanish, umuman iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilinganligi va joriy etilganligini, ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustaxkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining kafolati bo’lib xizmat qilishini tahkidlamoq zarur.27

Bu ishlarni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad qarovsiz holda bo’lgan bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlovchi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etib, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishdir. Bu esa, o’z navbatida, bozorlarimizni xaridorgir va im’ort o’rnini bosuvchi ko’plab yangi turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini tahminlash va turmush farovonligini bundan-da yuksaltirishga xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini tahminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ularni himoya qilishning muhim yangi bosqichi bo’ldi. Bu farmon asosida Mamlakatimizda bir qator ishlarning bajarilishi muhim vazifa sifatida qo’yildi. Jumladan, ‘rezidentimiz tomonidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifalardan biri, deb belgilanmoqda.

shuningdek, O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2017 yil 17 yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obhektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obhektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obhektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishga qaratilgan.

Jumladan, 2017 yil 23 fevralida Prezidentimizning “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko’ra, 2017 yilgacha xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obhekt mavjud bo’lib, ulardan 22921 tasi hozirda faoliyat ko’rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko’ra ishlamaydi.

Bu korxonalarda moliyaviy resurslar, xomashyo materiallari hamda kommunikatsiya tarmoqlarining yetishmasligi, ushbu tarmoqlardan uzilib qolish holatlari mavjudligi, bino-inshootlarning yaroqsizligi, ishlab chiqarish uskunalari eskirganligi, mulkdorda aniq investitsiya loyihasining yo’qligi kabilar avval xususiylashtirilgan 4094 ta korxona faoliyatining to’xtab qolishiga sabab bo’lgan. Ishlamayotgan 1232 ta korxonalarning har biri 2000 kv.m.dan ortiq ishlab chiqarish maydoniga ega bo’lib hisoblanadi. Bunday toifadagi korxonalarning eng ko’’ qismi Surxondaryo (280 ta), Namangan (152 ta), Toshkent (141 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (119 ta) hissasiga to’g’ri keladi28.

Xukumatimiz tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2017-2018 yillarda 2825 ta korxona negizida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari doirasida 2,78 trln. so’m va 228,4 mln. AQsh dollari miqdorida investitsiya jalb qilinishi (shundan 1,28 trln. so’m va 137,7 mln. AQsh dollari bank krediti) orqali 25 mingdan ortiq yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda bajarilayotgan ishlardan biri sifatida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev aytganlaridek, “Biz bo’sh turgan davlat mulki obhektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auktsionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. shu maqsadda 2018 yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi”.

Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o’rinlarining ko’payishiga imkon yaratadi.

Milliy iqtisodiyotda xususiy mulk salmog’i dinamikasidagi tendentsiyalar. Davlat ukladining hissasi 1990 yilgi 85 foizdan 2000 y. 29,8 foizga, 2011 y. esa 18,7 foizgacha pasaydi. Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish, uni asosan xususiy mulkka sotish bo’yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilishi natijasida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari va obhektlari mulkchilik shaklini o’zgartirdi.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 82,5 foizdan ko’prog’i, sanoat mahsulotining va pudrat ishlari hajmlarining 90 foizdan ortig’i, qishloq xo’jaligi va savdo sohasining deyarli barcha mahsuloti iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda.

Xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, iqtisodiyotda davlat ishtirokining kamaytirilishi hamda xususiy mulkchilikning roli va ahamiyati oshirilishi istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g’oyat muhim ustuvor yo’nalishi bo’lib qolmoqda.

Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sohaga to’la erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifa etib belgilangan.


Download 214,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish