O’zbekistonda mulkni davlat tasarufidan chiqarilishi va xususiylashtirish: shakllari, yo’llari va usullari Reja: Kirish


Mulkni davlat tasaruffidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi – bozor iqtisodiyotining ob’ektiv sharti ekanligi



Download 214,08 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi214,08 Kb.
#213446
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O

Mulkni davlat tasaruffidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi – bozor iqtisodiyotining ob’ektiv sharti ekanligi.

Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning oʻz ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalari, mol-mulk obʼyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va boshqalarni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish. Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalar boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subʼyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi.

Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni

va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a ’zolari o'rtasida bu mulkka ≪hech kimniki≫, ≪davlatniki≫, ≪birovning mulki≫ deb qarashlaming shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori boigan mamlakatlarda bu mulkning malum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, 0‘zbekiston Respublikasining ≪Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g ‘risida≫gi Qonunida(1991-yil 19-noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:



  • Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyador jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

  • Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga ta’luqli bo’lmagan

yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyadorlik

jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.¹

O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab, jamiyatni tubdan isloh qilish strategiyasi ishlab chiqishda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishni pirovard maqsad sifatida belgilab oldi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov bu borada “Bunda biz markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish – eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tish ekanligini qayta-qayta ta’kidladik. Bu bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari bilan almashinuvidir”² deb ko’rsatib berdi.

Bundan ko’rinadiki, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim o’rniga mazmun va sifat jihatidan farqlanuvchi butunlay yangi tizimning shakllantirilishi jamiyatdagi mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab tashkiliy-iqtisodiy va xo’jalik yuritish shakllarining barham topishi yoki o’zgarishiga, yangilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Eng muhimi, bunday yangilanishlar jamiyat a’zolarining iqtisodiy tafakkuri, turmush tarzi va “hayot falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.

1)0‘zbekiston Respublikasining Qonuni. ≪Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g ‘risida≫. (O’zbekiston Respublikasi: qonunlar va farmonlar). O’zbekiston. 1992

2) Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1993.

Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va qiyofasining yangilanishi mazkur jarayonlar huquqiy asoslarining yaratilishi bilan birga uzviy holda borishi zarur. Shunga ko’ra, iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidanoq mamlakatimizda Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g`risida”, “Chet el investistiyalari to’g`risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim qadam bo’ldi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi islohotlarning bosqichligi va izchilligining muhim qoidasi va e’tiborda tutish lozim bo’lgan jihatlaridan biri – ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi har qanday sifat o’zgarishlarini muntazam kuzatib, ularni yanada rivojlanishini rag`batlantirib, va ayni paytda, buning uchun etarli shart-sharoitlarni yaratib borish hisoblanadi. Shunga ko’ra, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g`risida”, “Xususiy korxona to’g`risida”, “Valyutani tartibga solish to’g`risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”, “Fermer xo’jaligi to’g`risida”¹gi Qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizastiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo’lib xizmat qilmoqda.

1)lex.uz sayti

Tarixan D.m.x.ning oʻz tabiatiga koʻra tamomila farq qiladigan ikki turi shakllandi. Birinchi tur takror ishlab chiqarish mexanizmidagi oʻzgarishlar va 20-asrning 70-y.lari 2-yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat mulki va davlat tadbirkorligining oʻrni va ahamiyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda yuzaga keldi.Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi xoʻjalikni boshqarish va iqtisodiyotda D.m.x. koʻrinishlari gʻoyaviy taʼsir, baʼzida esa rivojlangan mamlakatlarning yordam koʻrsatish shartlari bilan bogʻliq holda, toʻgʻridan-toʻgʻri iqtisodiy bosimlar tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarga ham tarqaldi. 80— 90-y.larda 80 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlarda D.m.x.ning turli dasturlari ishlab chiqildi. Bu mamlakatlarda xususiylashtirish jarayoni bozor raqobati muhiti amal qilgan xususiy sektor va xoʻjalik tizimida amalga oshirildi.

Xususiylashtirishning ikkinchi turi jahon sotsialistik tizimi mamlakatlari (Markaziy va Sharqiy Yevropa, Xitoy, sobiq Ittifoq respublikalari)da 1989 y.dan boshlab amalga oshirila boshladi. Xoʻjalik yuritishning maʼmuriybuyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimiga oʻtishda xususiylashtirish alohida oʻrin tutadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi aynan xususiy mulk iqtisodiy o’sishni ijtimoiy larzalarga yoʻl qoʻymay

taʼminlashini tasdiqlaydi. U yoki bu mamlakatdagi xususiylashtirish miqyosi ilgari xususiy sektorni milliylashtirish qay darajada qoʻllanilganiga bogʻliq. Milliylashtirish usuli qisman oʻtkazilgan mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Yaponiya) xususiylashtirish koʻrinishlari kam uchraydi. Milliylashtirish jarayoni uzoq vaqt davom etgan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Fransiya) esa D.m.x. keng koʻlamda amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishning peshqadami boʻlgan Buyuk Britaniyada D.m.x.ning aksiyalarni tekin taqsimlash va sotish; xizmat koʻrsatish uchun pudratlar; davlat uyjoylarini kvartirani ijaraga oluvchilarga sotish; raqobatni rivojlantirish maqsadida davlat monopoliyalaridan voz kechish kabi usullari qoʻllanildi. Jahon tajribasi davlat mulkini va uning vazifalarini toʻliq yoki qisman xususiy sektorga oʻtkazishning 22 usuli borligini koʻrsatadi. Xususiylashtirish — uzok, muddatli jarayon. U Yaponiyada 10 yil, Gʻarbiy Yevropada 10—15 yil davom etadi. Bozor islohotlariga oʻtishning Oʻzbekiston modeliga koʻra mamlakat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy, madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shunga koʻra Oʻzbekistonda, birinchidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotish nuli bilan berilishi mumkin. Bu mulk obʼyektlarining toʻgʻri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi. Ikkinchidan, D.m.x.ning maxsus dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich

amalga oshiriladi. Xususiylashtirish boʻyicha barcha ishlar izchil, bir tizimda olib boriladi. Mulkka munosabatdagi uzgarishlar jarayoni har yili OʻzR Vazirlar

Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirishning davlat dasturi va

tarmoq, mintaqa dasturlari asosida amalga oshiriladi. Uchinchidan,

xususiylashtirish muammolari yirik boshqaruv va i.ch. tuzilmalarini

monopoliyadan chiqarish, ularning tarkibidan savdo obʼyektlari va xizmat

koʻrsatish sohalarini ajratib olish, shuningdek, muqobil raqobatchi i.ch. korxonalarini yaratish yoʻli bilan birga hal etiladi.





Download 214,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish