O’zbekistonda moliya bozorining amal qilishi va shakllanishi. Mundarija Kirish Reja; I bob. Moliya bozori faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari va iqtisodda tutgan o’rni
O’zbekistonda moliya bozorining amal qilishi va shakllanishi. Mundarija
Kirish Reja; I bob. Moliya bozori faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari va iqtisodda tutgan o’rni 1.1. Moliya bozorining tarkibi, O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli va faoliyat ko’rsatish asoslari
1.2. Moliya bozori faoliyat ko’rsatish mexanizmining xorij tajribasi
II bob. Iqtisodni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining amaldagi holati tahlil 2.1. O’zbekiston moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari tahlili
2.2. O’zbekiston moliya bozorida “Toshkent” Respublika fond birjasining roli va faoliyati tahlili
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Bugungi kunda bozorni pul resurslari bilan zo’r berib to’ldirish davom etayotgan xalqaro fond va xom-ashyo bozorlarida sun’iy ravishda oshirib borilgan spekulativ narxlarning pay do bo’lishi moliyaviy ko’piklaming yanada avj olishiga olib kelmoqda. Jahon miqyosida konvertatsiya qilinadigan asosiy valutalarning beqarorligi oqibatida rivojlanayotgan mamlakatlarning ushbu valutalarga bo’lgan ishonchiga jiddiy putur yetishi va
yilda boshlangan inqiroz xalqaro moliya sohasini tartibga solish tizimida nuqsonlar borligini yana bir bor tasdiqlab, xalqaro moliya bozori barqarorligini ta’minlash maqsadida uning rivojlanish omillari va uning milliy moliya bozoriga ta’sirini o’rganish zaruratini yanada oshishiga sabab bo’lmoqda.
O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, global jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali ham davom etayotgani qaramasdan, 2012-yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlanishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirish ta’minlandi, dunyo bozoridagi o’z o’mini mustahkamladi.
Dunyoning eng yirik davlatlari Markaziy banklari tomonidan real aktivlar bilan deyarli ta’minlanmagan pullami chiqarish davom etayotgani, shuningdek, sun’iy moliyaviy vositalar - derivativlarning nazoratsiz chiqarilayotgani ko’plab nufuzli xalqaro tahlil markazlari va ekspertlarda jiddiy tashvish uyg’otmoqda. Moliya va bank bozorini ortiqcha likvidlik bilan to’ldirish, bunday siyosatni davom ettirish ulkan spekulativ “ko’piklar” hosil bo’lishi, zahira valutalari va milliy valutalarning qadrsizlanishi, inflatsiya darajasining o’sish xavfini tug’dirmoqda.1 Kurs ishining maqsadiiqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorining rivojlanish omillari va tendensiyalarini aniqlash, uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.