Xulosa O`zbekistonda milliy valyutaning qadri.(Shaxsiy taxlil)
Hozirgi kunda o`zbek so`mining kelajagini hech kim aytib berolmaydi. Chunki kundan kunga so`m qadrsizlanib borayapti. Bunga sabab O`zbekistonda infilatsiya darajasining oshib ketishini misol qilishimiz mumkin. Iqtisodchilarning fikriga ko`ra hozirgi kunda davlat budjeti defitsit holatda (ya`ni davlat daromadi uning uning qiladigan sarf xarajatlaridan kam bo`lishi,oddiy til bilan aytganda). Shu sababli narx-navo kundan kunga oshib ketayapti.
Infilatsiya darajasini kamaytirish uchun shaxsiy takliflarim.
Davlat xarajatlarini qisqartirish ya`ni davlat chetdan importni kamaytirishi kerak va ishlab chiqarishni rivojlantirishi lozim. Ishlab chiqarish uchun ketadigan xom ashyoni yer osti yer usti boyliklaridan va qayta ishlab chiqarishdan olishi kerak. Yoki davlat export va import qilishni yaxshi yo`lga qo`yishi lozim, ya`ni exportdan keladigan daroman import qilish uchun ketadigan xarajatdan yuqori bo`lishi kerak. Ya`ni davlat budjetining daromadlari harajatlaridan yuqori holda bo`lishi kerak.
Davlat pul islohotini o`tkazishi kerak. Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Oxirgi marta pul islohoti 1994-yilda o`tkazilgan edi. Bunda respublika mustaqil davlat sifatidan o`zining milliy pul birligiga ega bo`ldi.
Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya.
Revalvatsiya bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat,
Devalvatsiya bu milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushishidir.
Denominatsiya- baholar masshtabini yiriklashtirish , yani pul birligidagi “0” larni qisqartirishdan, pul birligida ko`rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat.
Infilatsiyaga qarshi siyosat.
Aholi va korxonalarning banklardagi jamg`armalarini vaqtincha qotirib qo`yish.
Ikkala usulni birgalikda qo`llash orqali pul islohotini o`tkazish.
Bu usullar orqali infilatsiya darajasini qisman kamaytirish mumkin,natija milliy valyuta o`z qadrini saqlab qoladi, lekin hech qanaqa usul infilatsiyani butkul yo`qota olmaydi. Infilatsiya darajasiga qarab davlatning iqtisodiy ahvolini bilib olish mumkin lekin bazi hollarda infilatsiya darajasi yuqori bo`lishi ijobiy ko`rsatkiclarni berishi ham mumkin.