Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
darajada rivojlangan davlarlar sirasiga kiritish mumkin, chunki ulargina 50 ta makrotexnologiya bo’yicha birinchilikni egallab turib, ular jahon miqyosidagi ilmiy-innovatsion toifadagi mahsulotlarning 92% ni ishlab chiqaradilar. Bunda shu turga mansub mahsulotlarning 37% ni AQSH, 26% ni Yaponiya, 14% ni Germaniya va 6% ni Xitoy ishlab chiqaradi /12/. Ekspertlarning bashoratlariga ko’ra, 2014 yilda ilmiy xarakterga ega bo’lgan mahsulotlarning jahon bozori 3,9 trillion dollarni tashkil qilib, ulardan 1,9 trillioni information texnologiyalarga to’g’ri kelar ekan. Bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga kirish uchun bu bozorda o’ziga mos bo’lgan ulushga ega bo’lishi kerak albatta. Intellektual mulk ob’ektlariga litsenziyalar bo’yicha jahon miqyosidagi savdo hajmi yiliga 12% dan ko’payayapti. Xuddi shu vaqtda butun jahonda mahsulot ishlab chiqarishning o’sish hajmi yiliga 2,5-3% ni tashkil qiladi. Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, inniovatsion sohaning (ilm-fan, texnologiyalar va bilim talab qiladigan sohalar) rivojlanish darajasi barqaror iqtisodiy o’sishning asosini yaratadi va boy hamda qashshoq mamlakatlar orasidagi o’ziga xos chegarani aniqlab beradi. Shuning uchun ham milliy innovatsion tizimlarni tashkil qilish va rivojlantirish jahon iqdisodiyoti o’sishining asosiy faktori hisoblanadi deyishimiz mumkin. Milliy innovatsion tizimlar yuqori texnologik darajadagi mahsulotlarni yaratish va ularni loyihalash, ishlab chiqarish va aholiga yetkazish, moliyalashtirish va boshqarish bilan shug’ullanadigan davlat hamda hususiy tashkilotlar jamlamasi hisoblanadi. Milliy innovatsion tizimlarning faoliyati qonuniy va normativ xujjatlar hamda turli hil ko’rsatma va normativlar orqali tashkillashtiriladi. Ilg’or fan, ta’lim tizimi va texnikadan tashqari, milliy
35 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
innovatsion tizimlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi quyidagi ko’rsatgichlar orqali aniqlanadi:
Yirik korporatsiyalar ko’rinishidagi raqobatbardosh tadbirkorlar sektori mavjudligi (yoki tadirkorlik sub’ektlarining chet el korporatsiyalri tarkibiga kirib olishi);
Ta’lim, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy masalasi bo’lishi hamda innovatsion o’sish va mamlakatda rivojlanish uchun eng yaxshi institutsional shart-sharoitlarning yaratilganligi;
Halqaro miqyosdagi innovatsion jarayonlarda aktiv faoliyat ko’rsatib, barcha imkoniyatlarni safarbar qilgan holda jahon miqyosidagi global innovatsion sferaga integratsiya qilinganligi (ya ’ni uning ajralmas tarkibiy qismi bo lish).
Texnologik jihatdan o’ta rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishning asosi korporatsiyalar bo’lib, ularda eng asosiy o’rinni ijodiy tashkilotlar (korxonalar) o’ynaydi va ular davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy va madaniy talablarini qondirish uchun kerakli bo’lgan qimmatli bilimlar va information zahiralar hosil qiladilar. Yangi ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishida ilmiy ma’lumotlardan keng miqyosda foydalanish uning asosiy funktsiyasi bo’lib, ishlab chiqarishga ilmiy asos bag’ishlaydi. Yangi information texnologiyalarning rivojlanishi xo’jalik faoliyatini dunyo miqyosidagi korxonalar bilan hamkorlikda olib borish imkonini yaratadi. Xozirgi paytda iqtisodiy globalizatsiya nomi bilan mashxur bo’lgan bu faoliyat turi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olgan. O’zbekistonda iqtisodiyot real sektorining innovatsion faolligi juda xam past darajada, texnologik innovatsiyalarni
36
Do'stlaringiz bilan baham: |