- O`tilgan mavzu yuzasidan savollar:
- 1. Inbox.uz tarkibida elektron pochta hosil qilish ketma-ketligini tushuntiring.
- 2. Outlook Express nima maqsadda qo’llaniladi?
- 4. Pochta qutisi nima? U nima maqsadda qo`llaniladi?
- Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yorlar
- Lotin tilidagi media (medium) so‘zi o‘zbek tilida vosita, vositachi, muhit ma’nolarini bersa ham, hozirgi kunda bu so‘z ingliz tilidagi mazmuniga mos radio, televideniye, mobil telefon va Internet vositalarini o‘z ichiga oluvchi «ommaviy axborot vositalari» kabi tushunilmoqda. Ma’lumki, ushbu vositalar orqali turli mazmunda juda katta hajmdagi axborotlar o‘tmoqda. Bu axborotlardan qaysi biri foydali, qaysi biri g‘arazli ekanini ajratib olish oson emas. Ayniqsa, Internet tizimida yoshlarning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, odob-axloq va huquqiy me’yorlarning buzilishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar ko‘p. Bunday ma’lumotlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- • yot, buzg‘unchi g‘oyalar (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm);
- • chet el yashash tarziga xos, lekin milliy mafkura va madaniyatimizga zid g‘oyalar, qarashlar (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo);
- • tekshirilmagan yoki soxta ma’lumotlar;
- • axloqsiz voqealarni o‘z ichiga olgan axborot (rasm, video, hikoya)lar.
- Shu sababli, Internet tarmog‘ida ishlaganda axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya qilgan holda ma’lumot yuborish, olinayotgan ma’lumotlarni milliy mafkuramiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, muqaddas urfodatlarimizga zid, qonunlarimizga xilof emasligini aniqlay olish savodxonligiga ega bo‘lish muhimdir. Bunday savodxonlik media-savodxonlik deb ataladi.
- Mavzu: Axborotlarni himoyalash usullari va antiviruslar haqida
- Virus - kuchli dasturchi(xaker)lar tomonidan tayyorlangan dastur.
- - kompyuterni ruxsatsiz masofadan boshqarish;
- - Uzatilayotgan axborotlarni ushlab olish, nusxa olish, o`z-gartirish kiritish;
- - turli virus dasturlarini web-sahifalarga joylashtirish;
- - jamiyat mafkurasi va ma’naviyatimizga zid axborotlarni e’lon qilish;
- - turli davlat tashkilotlari va xususiy korxona axborotlarini o`g`irlab raqobatchi tashkilotga sotish yoki pul talab qilish.
- Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o’z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko’zlab axborotni “o`g`irlash, “buzish”, “keraksiz ma’lumotga to`ldirish”, axborot saqlanadigan qurilmalarni ishdan chiqarish hollari ham uchrab turadi. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.
- 3) Viruslar klassifikasiyasi:
- - Fayl viruslari – eng ko`p tarqalgan bo`lib, barcha virus-larning 80 %, juda chidamli;(.com, .exe, .dll)
- - Boot-viruslar – disklarning boshlang`ich yuklovchi soha-sini zararlaydi;
- - Makroviruslar – Word,Excel kabi dasturlarda keng tar-qalgan;
- - Tarmoq viruslari – replikatorlar deyiladi, ular tarmoqda-gi abonentlarni zararlaydi.
- 4) Viruslardan himoyalanish:
- - kirishni cheklovchi va nazorat qiluvchi dasturlar;
- - ishonchli manbalardan axborot olish va tekshirish;
- - uzatish va qabul qilishda kodlash usulidan foydalanish;
- - nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish.
- Fred Koen – himoya asoschisi.
- Eng keng tarqalgan antivirus dasturlari:
- - Dr Web for windows;
- - Norton Antivirus;
- - Aidstest;
- - AVP platinium;
- - MC Afee;
- - NOD32;
- - Kaspersky.
- Kompyuterdagi ma’lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlaridan foydalaniladi.
- Mustahkamlash uchun savollar:
- 1) Axborot va jinoyat deganda nimani tushunasiz?
- 3) Viruslarning qanday ta’sirini bilasiz?
- 4) Viruslar klassifikasiyasi haqida ma’lumot bering.
- 5) Viruslardan himoyalanish uchun nimalar qilish kerak?
- 6) Qanday antivirus dasturlarini bilasiz?
Vazifa - 1. O`tilgan mavzu savollariga tayyorlanib kelish;
- 2. II bobni takrolash va nazorat ishiga tayyorlanib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |