Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish bilan juda kam miqdordagi ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari shug’ullanadilar. Rivojlangan mamlakatlarda esa bunday korxonalar ulushi 80-87% ni tashkil qiladi. Mamlakatimizda mavjud innovatsion g’oya va loyihalarning juda kam qismi ishlatiladi. Misol uchun, Yaponiyada ularning 95% i ishlatilsa, AQSH da 62% i ishlatiladi. Patent olingan ixtirolarning xam faqat oz qismigina ishlatiladi holos. O’tmishda va xozirgi paytda ham O’zbekiston korxonalaridagi innovatsiyalarga bo’lgan eng ko’p xarajatlarni mashinalar va asbob-uskunalar tashkil qiladi. Xuddi shu vaqtning o’zida yangi texnologiyalar sotib olish uchun, innovatsiyalarga sarf qilinadigan mablag’larning juda oz qismigina sarf qilinadi. XXI asrdagi O’zbekistonning texnologik manzarasi o’z asosiy resurslarini strategik havfsizlikni va osoyishtalikni ta’minlashga yo’naltiruvchi mamlakat sifatida ko’rinadi. Keyingi 20 yil davomida O’zbekiston iqtisodiyoti tuzilishi ijobiy tomonga o’zgardi va uning asosiy qismlari qishloq xo’jaligi, yengil sanoat, maishiy elektronika, elektroenergetika, yonilg’i ishlab chiqarish (gaz, ko’mir, neft), avtomobilsozlik va bu bilan bog’liq butlovchi qismlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, paxtani qayta ishlash, qora va rangli metallar bo’lib qoldi. O’zbekistonda katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin bo’lgan quyosh va shamol energetikasi, mikroelektronika, komp’yuter dasturlashi, paxta homashyosini mamlakatning o’zida to’laga aylantirish va uni chuqur qayta ishlash hamda ularni jahon bozorida talab qilinadigan oxirgi mahsulotlarga aylantirisjh, qishloq xo’jalik mahsulotlarini eng zamonaviy usullarda yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish, teplitsa va oranjereya sharoitlarida turli xil
37
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
mahsulotlar yetishtirish va ularni tashqi bozorga olib chiqish, kimyo va amaliy fizika kabi milliy iqtisodiyot rivojlanishi va aholining ish bilan ta’minlanishi uchun o’ta muhim bo’lgan sohalarga esa ma’lum sabablarga ko’ra yetarlicha e’tibor berilmadi (ammo keyingi yillarga bu holat ijobiy tomonga o ’zgarmoqda). Ilmiy-texnik potentsialni samarador ishlatishga imkon beradigan, patentlar va nau-xay larni sotib olishga imkon beradigan, informatizatsyani va intellektual ishlab chiqarish tizimlarini yaratishga imkon beradigan ishlab chiqarish quvvatlarini hamda ilmiy potentsialni korporativ tuzilmalarga birlashtirish jarayoni ham juda sust amalga oshirilayapti. Bularning barchasi birgalikda O’zbekiston eksportining asosan xom-ashyo yo’nalishiga ega bo’lishiga olib keldi. Bulardan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz eksportining ijobiy yo’nalishda rivojlanishini sekinlashtiradigan ba’zi bir faktorlar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining raqobatbardoshligi pastligi, ilmiy izlanishlarning sustli va sifati pastligi, ko’pchilik ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi talab qilinmasligi va buning uchun mablag’larning kamligi hamda eksport qilinadigan mahsulotlarni sertifikatsiya qilish yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
Uzbekistonlik eksproterlarni ko’pchilik mamlakatlardagi mutahassislar bilmasligi va mamlakatimizda zamonaviy innovatsiyalardan keng miqyosda foydalanilmasligi tufayli tayyor mahsulotlarnimg sifati pastligi;
O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning marketingi yaxshi yo’lga qo’ylmaganligi yoki mamlakatimizda ishlab
38
Do'stlaringiz bilan baham: |