12. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish bo ’yicha hulosalar
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha bizning nuqtai-nazarimizdan qilinishi kerak bo’lgan bir qancha asosiy ishlar va chora-tadbirlar majmuini qisqacha yoritib o’tamiz:
Respublikada Innovatsion Iqtisodiyotni shakllantirishni tezlashtirish bo'yicha Vazirlararo idora tashkil qilish va uning moliyaviy faoliyatini yuritish uchun mahsus innovatsion soliq (masalan, har bir korxona daromadidan 1% miqdorida) turini kiritish hamda unga respublikada innovatsiyalarni jadallashtirish bo’yicha quyida ko’rsatilgan ko’pchilik ishlarni bajarishda asosiy vakolatlarni berish;
Rivojlangan mamlakatlardagi biz uchun muhim bo’lgan barcha texnologik yangiliklarni o’rganish, yig’ish, keng aholi ommasiga bildirish va ularni o’zlashtirib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga tezkorlik bilan tadbiq qilish;
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga kiritilgan innovatsion yangilklarni imkoniyat boricha barcha boshqa tarmoqlarga tezkorlik bilan nusxalash, ya’ni, texnologiyalar ichki transferini amalga oshirish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish bo’yicha innovatsion takliflar bilan chiqqanlarga (masalan, tomchlab sug’orish usulida, bioenergetik usullarda, quyosh yoki shamol energiyalari hamda shunga o’xshash arzon va yangilanadigan texnologiyalar asosida mahsulot yetishtirmoqchi bo’lgan huquqiy va jismoniy shaxslarga) kerakli yer maydoni (masalan, 1 gektardan katta bo’lmagan) va imtiyozli hamda muddatli kam foizli yoki foizsiz (foydaga sheriklikni ko ’zda tutadigan) kreditlar ajratib berish;
179 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Yangilanadigan, arzon va ekologik toza energiya manba’lari va uskunalarini yaratish bilan shug’ullanadigan tashkilot yoki firmalarga eng yaxshi ish sharoitlari, moddiy va moliyaviy resurslar ajratib berish;
Ommaviy axborot vositalarida bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot yangiliklari va afzalliklarini hamda zamonaviy innovativ asbob- uskunalar haqidagi barcha yangi ma’lumotlarni keng aholi ommasiga doimiy ravishda yetkazish;
O’zbekistonning innovatsion faoliyat yo’liga tezkorlik bilan o’tishining iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarini ta’minlab beradigan samarali milliy inniovatsion tizimni yaratish;
Respublika iqtisodiyotining texnologik modernizatsiyasini va raqobatbardosh ilmiy-texnologik izlanishlarni ta’minlab beradigan mobil innovatsion sektorini yaratish;
Respublikada ishlab chiqariladigan innovatsion va exklyuziv mahsulotlarni tashki bozorlarga olish chiqish mexanizmini yaratish;
Milliy innovatsion tizimni yuqori malakali mutahassislar va ilmiy-texnik xodimlar bilan ta’minlab, uning potentsialini kuchaytirish;
Asosiy ahamiyatga ega bo’lgan ichki innovatsion loyihalarga investorlarni hamda horijiy kapitalni jalb qilish;
Tadbirkorlarning innovatsion potentsialini kuchaytirish va innovatsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Innovatsion faoliyatning amalga oshirilishiga halaqit beruvchi to’siqlar va faktorlarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf qilish;
Respublika olimlari va injener-texniklari yaratgan yangiliklarga patentlar va mualliflik huquqlarini olishga ko’mak berish hamda ularni chet ellarga keng miqyosda reklama qilish;
180 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |