Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Mamlakatning innovatsion yo’ldan rivojlanishi zarurligini va buning respublika kelajagi uchun o’ta muhimligini ommaviy axborot vositalari yordamida bacha aholi qatlamlariga tushunarli va ommabop tarzda yetkazish (Internetda esa innovatsiyalar bo ’yicha tashkil qilingan mahsus portalda FAQ [tez-tez so ’rab turiladigan savollar] ga javoblar bo limini tashkil qilish lozim);
Innovatsion yangiliklarni mamlakat iqtisodiyotiga joriy qilishga moliyaviy ko’mak tariqasida barcha huquqiy va jismoniy shaxslarga innovatsion homiylik imkoniyatlarini yaratib, buning uchun ularni ma’lum miqdordagi soliqlardan ozod qilish va bundan tushgan mablag’larni to’laligicha markazlashgan “Innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash fondi ” ga o’tkazish va bu mablag’larni innovatsiyalarni moliyaviy ta’minlashga hamda bu ishda jonkuyarlik ko’rsatgan ilmiy-texnik xodimlar va mutahassislarga moddiy mukofot tariqasida berishni tashkil qilish;
Xar bir firma, tashkilot yoki korxonaning biznes rejasida majburiy tarzda innovatsion bo’lim kiritib, unda ishlab chiqilgan yoki hayotga tadbiq qilinayotgan ilmiy-texnik-texnologik yechimlarni uchtadan kam bo’lmagan ilmiy mutahassislar tomonidan tasdiqlash zarurligi talab qilinishi hamda ularga buning uchun firma, tashkilot yoki korxona tomonidan tegishli mukofot to’lanishi - birinchidan, innovatsiyalarning ilmiy-texnik ekspertizasi bo’lsa, ikkinchidan, ilmiy-texnik xodimlarning jamiyatdagi mavqeini ko’tarish uchun hizmat qilar edi;
Zamonaviy tajribalarni rejalashtirish va amaliy optimallashtirish usullaridan foydalanib (masalan, ikkilik matrutsalar yoki simpleks
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
usullaridan) barcha iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarni optimal rejimda ishlashiga erishish;
Viloyatlararo va shaharlararo yuklar yoki yo’lovchilar tashish, insonlarning sayohat qilishi uchun kichik avatsiya vositalarini, shu jumladan, zamonaviy kichik gelikopterlar, drijabllar, havo sharlari, avtojirlar va planerlarni chet el kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqarish hamda ulardan keng miqyosda foydalanishni yo’lga qo’yish respublikamizning ilg’or innovativ mamlakat sifatida tanilishiga (ijobiy imidj hosil qilishga), hamda unga turli mamlakatlardan sayyohlarni jalb qilishga imkon berar edi;
Quyosh energiyasi yordamida harakatlanadigan mexanizmlar, asbob-uskunalar va avtomobillar hamda gibrid transport vositalari ishlab chiqarishni keng miqyosda yo’lga qo’yish;
An’anaviy foyizli mexanizm asosida faoliyat ko’rsatadigan moliyaviy muassasalar bilan bir qatorda, foizsiz mexanizmda ham foydaga shreklik qilish asosida ishlay oladigan moliyaviy tuzilmalar va banklar tashkil qilish hamda ularni asta-sekin iqtisodiy faoliyatga jalb qilish innovatsion iqtisodiyot yaratish uchun kerakli bo’lgan qoshimcha investitsiyalarning mamlakatga olib kelinishiga imkon berar edi, iqtisodiy inqirozlarning oldini olardi va valyuta zahiralarining O’zbekistondan chiqib ketishiga mone’lik qilgan bo’lar edi;
Foyda bo’linish mexanizmini (PLS — Profit and Loss Sharing) iqtisodiyotga banklar orqali bosqichma-bosqich joriy etish moliyaviy muassasalar faoliyatini jonlantirish va keng aholi qatlamlarini innovatsiya jarayoniga jalb qilishga olib kelar edi;
190
Do'stlaringiz bilan baham: |