klHHOBai^MOH \\VWJ\ SoCKMM/iapil
Innovatsion faoliyat doirasidagi korxonalarning faolligi yuqorida keltirilgan innovatsion tashkilotlar bilan aloqasi qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan aniqlaniladi. Innovatsiyalar yaratish jarayonida innovatsion firmalar fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyot sohalaridagi ma’lumotlar bilan ta’minlanishlari hamda moliyaviy, huquqiy va siyosiy jihatdan qo’llab-quvvatlanishga erishishlari lozim. Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda innovatsion yoki yaratuvchanlik infratuzilmasi juda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
2. Innovatsion iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XX asrning oxirida va shu asrning boshlarida insoniyat o’z rivojlanishidagi postindustrial iqtisodiyot yaratish davriga kirdi va unda asosiy o’rinni informatsion texnologiyalar, kompyuterlashtirilgan tizimlar, yuqori darajada
32
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
integrallashgan moslashuvchan intellectual ishlab chiqarish texnologiyalari hamda ularga asoslangan innovatsion texnologiyalar, innovatsion tizimlar va turli xildagi faoliyat turlarini innovatsion tarzda tashkil qilish egallaydi. Postindustrial iqtisodiyotni yaratishning oxirgi natijasi to’laqonli innovatsion iqtisodiyotning tashkil bo’lishidir va xuddi shu mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy strategik rivojlanish yo’nalishi bo’lishi lozim. Yangi turdagi ilmiy-amaliy bilimlar hosil qilish va ular asosida yaratilgan innovatsion texnologiyalarni davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishida samarali ravishda ishlatish mamlakatimizning jahon xamjamiyatidagi o’rni va milliy hafsizlikning asosi hisoblanadi. Rivojlangan davlarlarda yalpi ichki mahsulot (YIM) o’sishining 80-95%-i texnika va texnologiyada aks etgan bilimlarga to’g’ri keladi /14/. Shuning uchun ham zamonaviy innovatsion iqtisodiyotning asosiy belfilarini quyidagilardir deyishimiz mumkin:
Iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy information texnologiyalar va kompyuterlashtirilgan tizimlarning mavjudligi;
Rivojlangan milliy information zahiralar yaratishni ta’minlab beradigan rivojlangan zamonaviy infratuzilmaning borligi;
Jamiyat hayotining barcha sohalardagi ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini tezkorlik bilan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish amalga oshirilganligi;
Funktsional ko’rinishdagi turli xil innovatsiyalarni yaratish (yoki boshqa mamlakatlardan ijobiy ravishda o’zlashtirish) amalga oshirilib, ularning tezkorlik bilan amaliyotga tadbiq qilinganligi;
33
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
• Jahon miqyosidagi zamonaviy innovatsion talablarga mos ravishda malakali ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o’ta moslashuvchan tizimini yaratish.
Innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlari mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifatini oshirgan holda, uning tannarxini minimallashtirish va texnoligik, tashkiliy hamda insoniy zahiralarning sifatini oshirib, ularni ilg’or halqaro talablarga moslashtirishdir. Yuqori darajada samarador bo’lgan yangi innovativ texnologiyalarni hayotga tadbiq qilishda quyidagi natijalar eng asosiy ahamiyatga egadir:
Ishlab chiqarish va boshqaruvda qo’l mehnati ulushini iloji boricha kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash;
Ishlab chiqarish jarajonining to’xtamasligi va stabilligini ta’minlash, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan vaqt yo’qotishlarini bartaraf qilish;
Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan material sarfi, energiya sarfi va mehnat sarfini iloji boricha kamaytirish;
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan asbob-uskuna, mexanizm va qurilmalarning samaradorligini oshirish;
Tijorat (kommertsya) asosida yaratilgan (yoki boshqa rivojlangan mamlakatlardan olib keilb qo’llanilayotgan) innovatsiyalarni boshqa turdosh korxonalarga tarqatish.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishi shuni ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sari yo’l olgan barcha mamlakatlardan faqatgina 10% zigina rivojlangan davlatlar maqomiga ko’tarila oladilar. Bular jumlasiga mamlakatdagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy siyosatni eng to’g’ri yo’lga qo’yganlar kiradi. Ulardan esa faqat 7-8 tasinigina yuqori
34 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |