O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 31,95 Mb.
bet10/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

  • Yirik korxona, tashkilot va korporatsiyalarga o’z tuzilishini, faoliyat yo’nalishini va maqsadlarini zamona talablariga mos ravishda o’zgartirishga namuna sifatida hizmat qiladi;

  • Venchur biznesning turli hil mamlakatlardagi ko’p yillik tajribasidan shu ma’lum bo’ladiki, mamlakatimizning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirish uchun venchur kapital asosida faoliyat ko’rsatadigan maxsus moliya-kredit tizimini yaratish zarur (masalan, venchur biznes korxonalari uchun banklar tomonidan foizsiz, ammo foydaga sherik bo linadigan kreditlar berilishini yo ’lga qo ’yish).

Venchur firmalar bir qancha huquqiy va jismoniy shaxslar orasidagi shartnoma asosida yoki bank kreditlari asosida, yohud banklar va yirik kompaniyalarning mablag’lari asosida tashkil qilinadi. Venchur firmalar tashkil qilish uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak:

  • Innovatsion yangilik yaratishning asoslangan g’oyasi - yangi texnologiya, ixtiro, ishlab chiqarish jarayoni, hizmat ko’rsatish, dastur tuzish, internet resursi yaratish, intellectual tizim tashkil qilish va shunga o’zshashlar;

  • Bu g’oyaning amalga oshirilishiga jahon, mamlakat, xudud yoki korxona miqyosida jamiyatning talabgorligi;

  • Ushbu g’oya amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi;

  • Bu g’oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara oladigan real tadbirkorning mavjudligi;

  • Ushbu venchur firmani moliyalashtirish uchun kerakli miqdordagi “tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi.

28 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Investitsiyalarning boshqa turlaridan farqli o’laroq, venchur biznesga investitsiya qilish quyidagi o’ziga xos bo’lgan hususiyatlarga ega:

  • Venchur biznesga moliyaviy mablag’lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz jalab qilinganliklari uchun investorlar katta tavakkalchilikka duch keladilar, chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ular juda katta mablag’larni yo’qotishlari mumkin. Ammo bunday tavakkalchilikka tayyor bo’lish tadbirkorlarning venchur biznes muvaffaqiyatiga astoydil ishonishlari va ularning o’zlari yakka holda bu ishni amalga oshira olmasliklari bilan tushuntiriladi;

  • Investorning venchur firma ta’sis (ustav) kapitalida majburiy 50% dan oshmagan bevosita yoki bilvosita ulushda bo’lishi. Yan’i tavakkal kapitali firmaning ustav kapitaliga ulush kiritish tariqasida ishtirok etib, bu moliyaviy mablag’lar ajratilishida alohida ta’sir ko’rsatiladi. O’z navbatida investorlar moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o’z ulushlarini olish huquqiga ham ega bo’ladilar;

  • Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi hollarda mablag’larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi;

  • Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar.

Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko’rinishlarda tashkil qilinishlari mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo’lsa, ikkinchisi yirik tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki
29 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
holat albatta hisobga olinadi: birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi lozim.
Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri texnologik platformalardir. Texnologik platforma – yangi tijoriy texnologoyalar, mahsulotlar, hizmatlar yaratishda qo’shimcha zahiralarni jalb etish uchun barcha qiziquvchilarni (shu jumladan, davlat, fan, biznes va jamiyat a’zolarini) birlashtirish imkonini beradigan kommunikatsion imkoniyatdir. Uning vositasida biror bir ilmiy-texnik innovatsiyani amalga oshirayotgan firma va tashkilotlardan iborat bo’lgan klasterlarga (birlashmalarga) kerakli bo’lgan ko’mak ko’rsatiladi. Klasterlar esa texnika yoki texnoligiyalarda yangilik kutilayotgan yo’nalishlarda tashkil qilinib, uning vositasida yangi bozorbop imkoniyatlar topiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jihatdan rivojlangan va endigina rivojlanayotgan ko’pgina mamlakatlar eng yangi innovatsion yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida klasterlar tashkil qiladilar.
Ilm-fan va ishlab chiqarish birlashishining yana bir asosiy imkoniyatlaridan biri texnologiyalar transferining bozoriy mexanizmini
30 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
yaratishdir. Texnologiyalar transferi jarayonini tezlashtirish uchun mamlakatdagi korxonalarni olimlar bilan hamkorlikda yangi texnologiyalarni topa olishiga va olimlarning biznes topshiriqlarni bajara olishiga qiziqish uyg’otadigan mexanizmni yaratish kerak bo’ladi. Bu mexanizm sifatida texnologiyalar transferini amalga oshirish uchun tashkil qilingan konsortsiumlarga davlat tomonidan yordam berilishini ko’rsatish ham mumkin. Agarda korxona olimlar tomonidan ishlab chiqarilgan yangilikni bozorga olib chiqishga tayyor bo’lsa, uning ilmiy tashkilotlardagi mualliflari o’z ilmiy natijalarini ishlab chiqarishgacha yetkazishga tayyor bo’lsalar, u holda ushbu faoliyat loyihalashtirish asosida davlat tomonidan moliyalashtirilishi lozim. Bu holatda texnologiyani oxirigacha yetkazish uchun ketgan mablag’larni to’liq yoki qisman davlat tomonidan qoplanishi zarur, ilmiy tekshirish instituti esa tayyor mahsulotni sotishdan olingan foydaning bir qismiga ega bo’lishi nazarda tutilishi kerak (shundagina u konsortsiumda ishtirok etishga qiziqish bildiradi).
Yuqorida aytilganlarning barchasini innovatsion korxonalarning turli rivojlanish bosqichlarida pul mablag’lari qaerlardan kelayotganinni ko’rsatadigan quyidagi grafikli chizma-tasvir ko’rinishida sodda holda ifodalashimiz mumkin:

31
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish