O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 31,95 Mb.
bet19/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tashqari, ularning o’rta maktabda qanday bilim olganliklariga, mantiqiy fiqrlashlariga, yoqma ish natijalariga va inttellektual rivojlanish darajalariga alohida e’tiborni qaratish kerak. Maktablar va kolleglarda esa yuqori natijalarga erishgan o’quvchilarni oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlash tartibini yo’lga qo’yish zarur, chunki bu yoshlarning bilim olishga bo’lgan intilishlarini hamda o’zaro ijobiy ma’nodagi raqobatlarini kuchaytitrib, ta’lim sifatini ham oshiradi;

  • Ilmiy izlanishlar asosida turli xil zamonaviy innovatsion texnologiyalar yarata oladigan va tadbirkorlik bilan mos tushadigan umumdavlat dasturini ishlab chiqish;

  • Innovatsion tizimlar yaratish va baholash sohasida faoliyat ko’rsatadigan malakali ekspertlar guruhini yaratish va uning faoliyatini rivojlantirish - xuddi shu ekspertlar barcha katta va kichik innovatsion loyihalarning maqsadga muvofiqligini aniqlab berish uchun hizmat qilishlari lozim (monitoring va baholov);

  • Mamlakatning innovatsion yo’ldan rivojlanishi zarurligini hamda bu O’zbekiston kelajagi uchun o’ta muhimligini barcha aholi qatlamlariga tushnarli va ommabop tarzda yetkazish.

Xozirgi davrda milliy iqtisodiyotni boshqarish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining eng kuchsiz bo’g’imi - innovatsiyalarni boshqarish mexanizmi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida innovatsiyalar iqtisodiyotning intensiv rivojlanishiga, ilm va fanning eng so’nggi ilg’or yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni tezlashtirishga, iste’molchilarning turli xil yuqori sifatli mahsulot va hizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirishga hizmat qilishi darkor. Bozor
60 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
iqtisodiyoti sharoitlarida O’zbekistondagi innovatsion rivojlanish muammosi shundan iboratki, bu jarayon mamlakatda buning uchun ko’pchilik shart-sharoitlar yo’q bo’lgan sharoitlarda va tarixan qisqa muddatlarda amalga oshirilishi lozim. Innovatsiyalar orqali biz jahon hamjamiyatidagi mehnat bo’linishida o’zimizga munosib joy egallashga harakat qilishimiz lozim. Aks holda O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olishi mumkin bo’lmay qoladi va bu albatta milliy iqtisodiyot hamda insonlarning turmush farovonligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Halqaro savdo va bevosita chet el investitsiyalari dunyo mamlakatlari chegaralaridan tashqariga bilimlar tarqalishining an’anaviy manba’lari hisoblanadi. Raqobatbardosh texnologiyalar importi oqimlari jahon miqyosida mahsulotlar va hizmatlarning differentsiastiyasini ta’minlab beradi. Ammo innovatsion iqtisodiyotga o’tishni zamonaviy texnologiyalarni sotib olish bilangina ta’minlash mumkin emas. Buning uchun innovatsiyalarni o’zlashtirishga qodir yuqori malakali ish kuchining mavjudligi talab qilinib, ular innovatsion ishlanmalarni tijoriy izga solishga va jamiyat rivojlanish tashkilotlarining samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. Bevosita horijiy investitsiyalar asosan dunyoviy patentlarning 80-85% ga ega bo’lgan va jahon bozorlaridagi 40-50% savdo aylanishini amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bevosita horijiy investitsiyalarning amalga oshirilishi uchun asosiy shart-sharoitlar mamlakatda kerakli bo’lgan zahiralarning mavjudligi, yuqori malakali ish kuchining borligi va uning arzonligi hamda horijiy hamkorlar uchun qanday afzallik va preferentsyalar yaratilganligi bilan aniqlanadi. Jahon

61
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
miqyosidagi bevosita horijiy investitsiyalar oqimida rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi doimiy ravishda o’sib borayotgani bilan, katta miqdordagi tabiiy resurslarga ega bo’lgan mamlakatlar uchun texnologiyalar transferida bevosita horijiy investitsiyalarning roli uncha katta emas. Shuni ham alohida aytish kerakki, agarda iqitsodiyotga qilinayotgan bevosita horijiy investitsiyalarning asosiy oqimi tabiiy resurslar olishga va ularni qayta ishlashga yo’naltirilgan bo’lsa, ularning mamlakat innovatsion potentsialini oshirishga bo’lgan ta’siri unchalik katta bo’lmaydi.
Halqaro hamkorlikda litsenziyalashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, zamonaviy texnologiyalarini imitatsiya qilish yoki nushalash va insoniy kapitalning mobilliligi iqtisodiyotga innovatsion texnologiyalar jalb qilishning al’ternativ kanallari bo’lib hisoblanishi mumkin. Litsenziyalashtirish - innovatsiyalarni, ma’lum bir huquqlarni yoki “nay-xay” lar va qonun bilan himoyalangan intellectual mulk ob’ektlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki hizmatlar ko’rsatish uchun sotib olishdir. Mamlakat innovatsion potentsalini oshirish uchun horijiy texnologiyalarni litsenziyalar asosida sotib olish Janubiy Koreya tajribasida kuzatilgan. Koreya iqtisodiyotining raqobatbardosh sektorlarini (kimyo, tekstil, metallurgiya, elektronika, mashinasozlik, avtomobilsozlik, keramika, farmatsevtika va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish) rivojlantirish uchun litsenziyalar sotib olish texnologiyalar transferining umumiy oqimida asosiy rol o’ynagan. Innovatsion texnologiyalarni imitatsiya qilish yoki o’zlashtirib olish raqobat qiladigan firmalarga boshqa ishlab chiqaruvchilarning texnologik sirlarini va dizaynlarini nushalab, ishlab chiqarishga tadbiq

62
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
qilishiga imkon beradi. Bu ishni horijiy ekspert yoki texnik mutahassislarni ishga taklif qilish yoki injener-texnik xodimlarni chet ellarga malaka oshirish yoki o’qish uchun safarbar qilish orqali amalga oshiriladi. Albatta innovatsion texnologiyalarni imitatsiya qilish yoki o’zlashtirib olish malakali ilmiy-texnik xodimlar tomonidan internet resurslaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekistonda iqtisodiyot asosiy sektorlariga bevosita horijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularni amalga oshirish bo’yicha davlatning kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. Ammo mamlakatda innovatsion texnologiyalar transferini amalga oshirish, uni boshqarish va unga biznes tuzilmalarining qiziqishini uyg’otish asosida milliy iqtisodiyotning potentsalini to’la-to’kis ro’yobga chiqarish borasida quyida qisqacha tavsif etilgan bir qancha muammolar mavjud:
> O’zbekiston iqtisodiyotiga innovatsion texnologiyalar transferini amalga oshirishi boshqarish, uni hayotga tadbiq etish va bu jarayonni monitoring qilish uchun kerakli bo’lgan qonuniy baza va unga mos bo’lgan dastur mavjud emas. Buning uchun davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan “Innovatsion texnologiyalar transferi markazi” tuzilib, uning faoliyatiga mamlakatdagi barcha ilmiy muassasalar va oily o’quv yurtlarini jalb qilish lozim. Bu markaz halqaro miqyosda texnologilar tanlash, tahlil qilish, kerakli korxona va tashkilotlarga ushbu texnologiyalarni taklif qilish, keraklilarini sotib olish va iqtisodiyotga tadbiq qilish bilan shug’ullanishi kerak. O’z faoliyati natijalarini esa maxsus innovatsilar Internet portaliga joylashtirshlari barchaning innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishshiga imkon yaratadi;

63
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

  • Horijiy innovatsion texnologiyalarni sotib olishning al’ternativ imkoniyatlari va nay-xaylar (litsenziyalashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, imitatsiya, texnologiyalarni o zlashtirish, inson kapitali mobilligidan foydalanish kabilar) an’anaviy imkoniyatlarga (tashqi savdo va bevosita horijiy investitsiyalar) nisbatan kam miqyosda ishlatiladi (chunki bular bo ’yicha afzalliklar yetarli darajada emas);

  • Keyingi o’n yillikda mamlakat eksportining taxminan 70% ti past texnologiyalarga mansub (paxta, energiya tashuvchlar, metal va oziq-ovqat mahsulotlari) bo’lib qolgani tufayli, eksport orqali iqitsodiyotga innovatsion texnologiyalar transferi yetarli miqdorda emas;

  • Iqtisodiyot eng muhim sektorlarining texnoligik jihatdan qayta qurollanishi uchun kerakli bo’lgan innovatsion texnologiyalar transferi susayishi bevosita investitsyalarda energetikaning va tog’-kon sanoatining roli o’sishi bilan tushunilishi mumkin;

  • Ilmiy-tekshirish institutlari va oily ta’lim muassasalari xodimlari innovatsion texnologiyalrni o’rganish, o’zlashtirsh va iqtisodiyotga tadbiq qilish jarayoniga juda passiv jalb qilinayaptilar. Bu ulardagi ilmiy-texnik xodimlarning bilimlari yetarli emasligi, amaliyotdan uzilib qolganliklari, moliyalashtirish kamligi, innovatsion infratuzilmaning rivojlanmaganligi hamda innovatsiyalarga bo’lgan talabning pastligi bilan izohlanadi;

  • Boshlang’ich va o’rta ta’limning sifati (va unga ajratilayotgan mablaglar miqdori) rivojlangan mamlakatlar darajasiga to’g’ri kelsa ham, oily ta’lim tizimidagi mutahassislarning (olimlar va professor -o’qituvchilarning) bilimi zamona talablariga javob bermaydi va sifati esa juda past. Bu esa ularda tahsil olayotgan talabalarning bilim

64
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
darajasiga salbiy ta’sir qilib, innovatsion texnologiyalarni tushuna olish va ularni hayotga tadbiq qilish imkonini bermaydi;
> O’zbekistondagi ishbilarmon muhitning indeksini tahlil qilish, valyuta konvertatsiyasi bo’yicha muammolar mavjudligi mamlakatdagi korxonalar uchun innovatsion-texnologik yangilanishdagi asosiy sekinlashtiruvchi faktorlardan biri hisoblanadi.

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish