O’zbekistonda hozirgi kunda Markaziy bank va tijorat banklaridan tashkil



Download 355,3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2022
Hajmi355,3 Kb.
#877517
Bog'liq
KIRISH



KIRISH 
O’zbekistonda hozirgi kunda Markaziy bank va tijorat banklaridan tashkil 
topgan bank tizimi faoliyat ko’rsatmoqda. Respublika bank tizimini izchil ravishda 
isloh qilish orqali uning mustahkam va barqarorligini ta’minlashga alohida ahamiyat 
berilmoqda. Natijada bank tizimida yuqori natijalarga erishilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti qolaversa, xalqaro ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarning 
globallashuvi sharoitida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi kabi banklarda 
ham bajarilayotgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida hisobga olib boriladi. 
Banklarda buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish katta ahamiyatga ega, chunki 
buxgalteriya hisobi va nazoratning samarali tashkil etilishi bank funktsiyalarining 
to’g’ri bajarilishini ta’minlaydi. Shuningdek, tijorat banklar 2021 yil 1 yanvardan 
boshlab MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritish, 2021 yil yakunlaridan boshlab 
o’zining moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida 
tayyorlash lozimligi bank operatsiyalarni MHXSlari asosida hisobga olishni talab 
qiladi
1

Hozirgi kunda banklarning barcha operatsiyalari jahon tajribasidan 
foydalangan holda bajarilmoqda. Bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini 
milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalarga javob beradigan 
tarzda olib borish uchun banklar buxgalteriya hisobining yangi hisobvaraqlar rejasi 
ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. “Banklarda buxgalteriya hisobi” fani orqali 
talabalarga ushbu hisobvaraqlar rejasi asosida bank operatsiyalarining buxgalteriya 
hisobi va rasmiylashtirish tartibi o’rgatiladi. 
Ushbu o’quv qo’llanma “Banklarda buxgalteriya hisobi” fani bo’yicha 
tasdiqlangan fan hamda ishchi dastur asosida yaratilgan bo’lib, unda banklarda 
buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, banklarda ishlatiladigan hujjatlar va ularning 
turlari, bank mijozlariga hisobvaraqlar ochish tartibi batafsil yoritilgan. 
Ma’lumki, banklar mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayonida juda ko’plab 
operatsiyalarni bajaradi, bu operatsiyalarning buxgalteriya hisobini to’g’ri va o’z 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga 
o’tishning qo’shimsa chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4611-sonli Qarori 


vaqtida yuritish iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tezlashtirish, xo’jalik yurituvchi 
subektlarning o’zaro majburiyatlarini bajarishga yordam beradi. Ushbu o’quv 
qo’llanmada banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar, jumladan, naqd pulsiz 
hisob-kitoblar, qimmatli qog’ozlar, kassa, kredit operatsiyalari hamda banklararo 
hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi buxgalteriya o’tkazmalari bilan 
batafsil yoritib berilgan. Bankning moddiy va nomoddiy aktivlari, bank daromadlari 
va xarajatlarining buxgalteriya hisobini yuritish tartiblariga ham alohida o’rin 
berilgan.
Banklarda bajariladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini tashkil etish 
tartibi o’quv qo’llanmaning 14 ta bobida yoritib berilgan. 
O’quv qo’llanmaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha 
mavzularning matnlarida asosan bankning buxgalteriya o’tkazmalariga urg’u 
berilgan bo’lib, talabalarni mustaqil ishlashi uchun masalalar ham berib borilgan. 
Shuningdek, 
qo’llanmaning 
oxirida 
talabalarning 
fanni 
mukammal 
o’zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar 
rejasi, hujjatlarning namunalari va banklarda buxgalteriya ishini o’rganish bo’yicha 
boshqa qator ilovalar keltirilgan. 

Download 355,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish