O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
8-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2022
284
to`xtalib o`tganlar. Sh.Yoqubovning “Navoiy asarlari onomastikasi”nomli
tadqiqotida ham bir qator ismlar tarixan tahlil qilingan.
Antroponimlar tarixini o`rganish bilan bog`liq masalalardan biri “Tarixiy
antroponimlar” tushunchasini aniqlashtirish va tarixiy nomalar majmuini
zamonaviy ismlar fondidan fikrlash, chegaralash masalasidir. Chunki, ushbu
tadqiqotda “Tarixiy antroponimlar”deb nomlangan nomlarning ma`lum bir qismi
hozirgi o`zbek antroponimlari fondida iste`molga mavjuddir. Bunday nomlar tilida
paydo bo`lish davri va xolatiga ko`ra tarixiy bo`lsa-da, qo`llanishi, hayotiyligiga ko`ra
zamonaviy hamdir. Demak, bunday nomalar ham tarixiylik, ham zamonaviylik
xususiyatiga ega. Hozirgi o`zbek tilidagi Ulug`bek, Tangriberdi, O`lmas, Temur
ismlari qadimiy va tarixiy, shuningdek, zamonaviy hamdir. Tarixiy antroponimlar
ma`lum tarixiy yozma manbalarda yoki folklor tilida uchrashi kabi xususiyatlari
bilan xarakterlanadi. Yodnomalarda qayd etilgan antroponimlarning hozirda
ishlatilmasligi ularni unutilgan, “o`lik” ismlar qatoriga kiritadi. Bunday ismlar ham
tadqiqotda “Tarixiy antroponimlar” atamasi bilan yuritiladi. Antroponomlar turli
tarixiy davrlardagi holati va rivojini tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega.
Yodnomalardagi antroponimlar tuzilishiga ko`ra 2 guruhga bo`linadi:
1. Sodda ismlar yodgorliklarda nisbatan kamroq uchraydi. Masalan: Bulun
Kultegin qoshiga hamdardlik bildirish uchun kelgan Tibet xalqining vakili Yamtar-
Bilga hoqon yodgorligida uchrovchi erkak ismi.
2. Qo`shma ismlar o`ziga xos komponentlardan tashkil topganligiga qarab
quyidagi guruhlarga bo`linadi:
a) Ism+qag`an: Ba`zi kag`an-tokuz og`uz xalqining boshlig`i; Bilg`a qag`an – Kul
teginning akasi, Qutlug`ning o`g`li, kag`an - turkiy qabilalar hukmdori. U VI asrning
birinchi yarmida shujanlarni mag`lubiyatga uchratgandan so`ng “El qag`an”-turkiy
xalqlar hoqoni unvoniga sazovor bo`lgan. Yodnomalarda Istemi qag`an, Qapag`an,
qag`an va boshqa qo`shma ot shakllarida uchraydi.
b) Ism+tegin: Yo`llig` tegin va Bilg`a qag`an yozuvchilarini tuzgan shaxzoda,
Uzmis tegin – 745 yida uyg`ur xoni Muyun Churdan yengilgan so`nngi turk xoqoni.
c) Ism+sangun: Kuni sangun tabg`ach lashkarboshchisi. Nang sangi – tabg`ach
lashkarboshchisi, faqat Kul tegin yodnomasida uchraydi, ular sangun –
lashkarboshining ismi, Chacha sangun – tabg`ach lashkarboshining ismi. Sangun
lashkarboshiga berilgan unvon va ayni vaqtda bitiktosh yasovchi usta ma`nosida
ham keladi.
d) Ism+bilg`a: El bilga, Bilga qag`an va Kul tegenning onasi, Og`uz bilg`a – erkak
ismi.
e) Ism+chur: Kuli chur-tardush xalqining yo`lboshchisi, Inonch chur-elchining
ismi.
f) Ism +beg: Bars beg-turk boshlig`i, lashkarboshisi.
g) Ikki komponentdan tuzilgan qo`shma ism: Tunyuquq - turkiy hoqonlar
(Qutlug`, Qapag`an, Bilga) ning maslahatchisi. Qutlug` hoqonga xizmatga kelganga
Do'stlaringiz bilan baham: |