O’ZBEKISTONDA DINIY BAG’RIKENGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqorolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 18- modda.
1) O’zbekiston Mustaqillikni qo’lga kiritgan davrdan e’tiboran, yurt osoyishtaligi, fuqorolarning tinch-totuv hayoti, inson huquqlari va Vatan ravnaqi uchun tinimsiz islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Qadim zamonlardan yurtimizda din erkinligi mavjud bo’lgan, turli din va e’tiqod vakillari o’zaro hamjihatlikda, bir-biriga hurmat va qalin qo’shnichilik munosabatlarida yashaganlar. Qadimdan mavjud bo’lgan zardushtiykik, buddizm, moniylik, islom va boshqa diniy e’tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g’oyalariga amal qilingan.
Prezidentimiz I. Karimov bu xususida shunday deganlar: «Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag`rikenglik hayot bo`ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me`yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab qabul qilganlar. Ayni shu zaminda ko`p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko`chmanchi xalqlar o`troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko`p asrlar birga yashab kelganlar. So`nggi ikki asr davomida ham o`zlarini «madaniyatli» va «ma`rifatli» hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg`inlar va diniy ta`qiblar bilan o`zlariga dog` tushirgan bir paytda, O`zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo`lib qolmay, balki quvg`in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi».
Bunday yashash, insonlarga hurmat, insonning oily qadiryat sifatida ulug’lanishi, qo’ni-qo’shniga g’amxo’rlik, bag’rikenglik bu millatimizga xos bo’lgan fazilat.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi birinchi Prizidenti Islom Karimov «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi»*, deb qayd etganlari ham bejiz emas, albatta.
2) Hozirgi murakkab zamonda xalq osoyishtaligi, yurt tinchligini saqlashda davlatdagi diniy va millatlararo munosabatlarni tizimli ravishda tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan Vatanimizda turli din va millat vakillarining erkinligi va tengligi, xar bir xalqning dini va milliy qadiryatlariga hurmat bilan qarash huquqiy jihatdan ham mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va 1998- yil 30- aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi Qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berilgan. O’zbekistonda milliy siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy va ijtimoiy asoslari, O’zbekistonda yashayotgan etnik birliklar tafakkurida milliy g’oyaga sadoqatni shakllantirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillari o’z ifodasini topgan. Bugungi kunda Respublikamizda 16 turdagi 170 dan ziyod noislomiy diniy tashkilotlar rasman faoliyat olib bormoqdalar.*
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prizidenti I Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari taraqqiyot kafolatlari” asarida havfsizligimizga tahdid solib turgan asosiy muammolar qatorida, etnik va millatlararo ziddiyatlarni alohida takidlab o’tgan edi. Mamlakatda millatlararo totuvlik, hamkorlik, va dinlararo bag’rikenglik, (tolerantlik) - ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharti ekanligi va uning siyosiy va qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlashda davlatning bosh islohotchilik roli va ahamiyatiga katta e’tibor qaratilgan. O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi va siyosiy mavqeining mustahkamlanishida millatlararo va dinlararo tolerantlikni mustahkamlash tajribalarining demokratik xarakteri va xalqaro ahamiyati katta ekanini bugun hammamiz ko’rib turibmiz. Bu muqaddas vatanda azizdir inson g’oyasining ijtimoiy ma’naviy ahamiyati jamiyatimizda barqaror tinchlik va osoyishtalikni saqlashda katta ekanini takidlash mubolag’a emas. O’zbekiston barcha millatlar o’rtasida totuvlikni taminlash, ko’p millatli jamiyat tizimini saqlab qolish va mustaxkamlash yo’lidan bordi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002- yilda respublikamizda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko’rsatdi. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib kelmoqda.
* I. A. Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” Toshkent
*Orif Ayupov “Dunyo, siyosat, jamiyat” Guliston. O’zbekiston tarixchilar jamiyati. 2015 y. 135-bet.
Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo`rg`on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir. Birinchi Prizidentimiz I Karimov “Ko`p millatli jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik,fuqarolar o`rtasida tinchlik va millatlararototuvlik saqlanganligi mustaqil O`zbekistonning bunyod bo`lishi va rivojlanishining birinchi, boshlang`ich bosqichida qo`lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo`ldi” deb takidlagan edilar.
Farg’ona Davlat Universiteti Tarix Fakulteti II bosqich talabasi Abdurashid Turg’unov.
Do'stlaringiz bilan baham: |