Ijtimoiy hamkorlik – turlimillat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Ijtimoiy sheriklik - davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Iqtisodiy mustaqillik –muayyan bir mamlakatning shu mamlakatda mavjud ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy va ma’naviy boyliklarga va shu boyliklar tufayli yaratilgan mahsulotdan tushgan milliy daromadga va uni taqsimlashga yagona egalik qilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |