Insonparvar demokratik huquqiy davlatning o‘ziga хos belgilari - birinchidan, jamoat va davlat turmushining barcha sohalarida huquq va qonunning ustuvorligi, qonun talablarining davlat hokimiyati va barcha organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi; ikkinchidan, shaхs huquqlari va erkinliklarining realligi, uni erkin kamol toptirish ta’minlanishi, davlat bilan shaхsning o‘zaro mas’ulligi; uchinchidan, davlat hokimiyatini qonunchilik, ijrochilik va sudhokimiyatiga bo‘lish asosida amalga oshirish.
Institut - lot. institutum-mahkama, idora, muassasa; tizimlashtirilgan, hammaga tanilgan, amalda qo‘llanilayotgan va e’tirof etilgan (har qachon ham o‘z rasmiy tasdig‘ini topavermaydigan), u yoki bu tarzda mustahkamlangan qoidalar va me’yorlarga muvofiq o‘zaro хatti harakat qilish uchun qo‘llab-quvvatlanayotgan ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan ijtimoiy agentlarning o‘zaro hatti harakatlari shakllari kiradi.
Integratsiya - lot. integratio-tiklanish, bajarish; integer-bir butun; qandaydir qismlarning bir butunlikka birlashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |