O‘zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Download 326,31 Kb.
bet37/38
Sana30.12.2021
Hajmi326,31 Kb.
#194958
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
8 sinf ona tili dars konspekt

Ona tili

MAVZU Gap urg’usi (mantiqiy urg’u )

MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish

B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish

C) rivojlantiruvchi maqsad –nutqda o’rinli foydalanishga o’rgatish

DARS TURI: umumlashtiruvchi

USLUB: an’anavuy

JIHOZ:darslik

DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy davr : A) salomlashish

. B) davomatni aniqlash

II. UY VAZIFASINI SO’RASH

A)Mashqlar orqali.
216- mashq. Uyga vazifa. Berilgan she'riy parchadagi tartibi o'zgargan bo'laklarni toping va o'zi bog'langan bo'lak bilan birgalikda ko'chirib yozing.

Men nechun sevaman O'zbekistonni,

Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo.

Nechun Vatan deya yer-u osmonni

Muqaddas atayman, atayman tanho.

Aslida dunyoda tanho nima bor,

Paxta o'smaydimi o'zga elda yo?

Yoki quyoshimi sevgimga sabab?

Axir quyoshli-ku butun Osiyo.

(A. Oripov)
B)Savollar orqalli
1.Ona tilimizdagi gap bo'laklarining odatdagi tartibi haqida gapiring.

2.Gap bo'laklarining o'zgargan tartibi deb nimani tushunasiz?

3.Gap bo'laklarining noodatiy tartibi nimaga xizmat qiladi? Misollar keltiring.

4.She'riy nutqda gap bo'laklarining noodatiy tartibidan nega ko'p foydalaniladi ?

III.YANGI MAVZU BAYONI

Ilgari (5- sinfda) siz so'z urg'usining xususiyatlari bilan tanishgansiz: so'z bo'g'inlaridan binning boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so'z urg'usi deyiladi. So'z urg'usi ma'no farqlashga ham xizmat qiladi.

Gapda so'zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta'kidlab ko'rsatilgan bo'lakning kuchli ohang bilan aytilishi gap urg'usi (yoki mantiqiy urg'u) deyiladi. Gap urg'usini ixtiyoriy ravishda ko'chirish mumkin:

Biz kecha muzeyga bordik (biz bordik).

Biz kecha muzeyga bordik (kecha bordik).

Biz kecha muzeyga bordik (muzeyga bordik).

Biz kecha muzeyga bordik (bordik).

Ko'rinadiki, gap urg'usini olgan so'z gap mazmunining marka- zini tashkil etadi: asosiy fikr shu bo'lakka qaratilgan bo'ladi.

IV.MUSTAHKAMLASH

A)Mashqlar orqali.

topshiriq. Gaplarni ko'chiring va so'zlarning urg'usini qo'ying.

Olma ko'chatlarini yaxshi parvarish qildik. — Bu hovuzdan suv olma, — dedi chol.

Akademik Sobir Yunusov dunyoga taniqli olimdir.— Bir akademik soat 45 minutga teng.

topshiriq. Quyidagi jumlalarning har bir gap bo'lagiga navbatma- navbat ta'kid ma'nosini berib (kuchliroq ohang bilan) o'qing: gap mazmunida qanday o'zgarish yuz bermoqda?

1. Yakshanbada o'rtog'im biznikiga keladi. 2. Men Abdulla Qahhor hikoyalarini o'qiyapman.

217- mashq. She'rni ifodali o'qing va gap urg'usi tushgan bo'laklarni aniqlang.

KEKSA NOK



— Keksa nokni kesamiz.

Qurib qolgan — cho'kirtak.

Mevasi bo'lmasa, u

Endi kimga ham kerak?

O'g'limdan yodgorlik, deb

Buving aytgan gap bekor.

Bir qop meva olaman

O'rniga eksam anor,—
Shunday deya Xoliq chol

Shayladi arrasini,

Yordamga chaqirdi so'ng

Jajji nevarasini.

Arra tortar, Nosirning

Boshi egik, ko'zi nam!

«Yaxshi deb yurgan bobom

Bunchalar yovuz odam».

(S. Inoyatov)

B) savollar orqali

1.Gap urg'usi deb nimaga aytiladi?

2.Gap urg'usi gapning qaysi bo'laklarida bo'lishi mumkin? Misollar bilan tushuntiring.

3.So'z urg'usidan gap urg'usining farqi nimada?

V.BAHOLASH MEZONI

Ishtirokiga qarab



VI.UYGA VAZIFA
218- mashq. Sal o'tmay Shirinoy daladan qaytib

keldi (O.Yo.) gapi bo'laklariga navbatma-navbat gap urg'usini qo'yib yozing. Gap mazmunidagi o'zga- rishlarni izohlang.

Download 326,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish