O‘zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Download 326,31 Kb.
bet36/38
Sana30.12.2021
Hajmi326,31 Kb.
#194958
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
8 sinf ona tili dars konspekt

Ona tili

MAVZU Gap bo’laklari tartibi

MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish

B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish

C) rivojlantiruvchi maqsad –nutqda o’rinli foydalanishga o’rgatish

DARS TURI: umumlashtiruvchi

USLUB: an’anavuy

JIHOZ:darslik

DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy davr : A) salomlashish

. B) davomatni aniqlash

II. UY VAZIFASINI SO’RASH

A)Mashqlar orqali.

212- mashq. Uyga vazifa. Badiiy asarlar matnidan izohlovchining qo'llanishiga 3—4 ta misol topib yozing.

B)Savollar orqalli
1.Aniqlovchining qanday turi izohlovchi deyiladi?

2.Izohlovchi vazifasida qaysi turkum so'zlari kelishi mumkin?

3Izohlanmish bo'lak va izohlovchining joylashuv tartibi qanday? Ularning o'rni almashtirilsa, ma'noga ta'sir qiladimi
III.YANGI MAVZU BAYONI

O'zbek tilida gap bo'laklarining joylashish tartibi asosan erkin bo'lsa-da, ular gapda ma'lum grammatik qoidalar asosida o'rinlashadi. Odatda, gapda ega va unga bog'langan bo'laklar oldin, kesim va unga bog'langan bo'laklar keyin joylashadi, ba'zan aksin- chasi ham bo'ladi: Bu yo'llar menga tanish. — Menga tanish bu yo 'liar.

Eganing ko'proq gap boshida, kesimning, asosan, gap oxirida {Men keldim), holning kesimdan oldin (ohista gapirdi), to'ldiruv- chining kesimdan oldin {she'rni yod oldi), aniqlovchining egadan oldin (qizil gul, do'stimning akasi) joylashuvi odatdagi, me'yoriy tartibdir.

Lekin nutqda doimo ham gap bo'laklarining odatdagi tartibi saqlanavermaydi, gapdan ko'zda tutilgan umumiy fikrga qo'shimcha ma'no, uslubiy yuk berish uchun tartib o'zgartirilishi mumkin.

Masalan:

Kecha akam samolyotda Farg 'onadan Toshkentga ketdi (boshqa yerga emas, Toshkentga).

Kecha akam samolyotda Toshkentga Farg'onadan ketdi (boshqa yerdan emas, Farg'onadan).

Kecha akam Farg'onadan Toshkentga samolyotda ketdi (boshqa narsada emas, samolyotda).

Kecha samolyotda Farg'onadan Toshkentga akam ketdi (boshqa kishi emas, akam).

Akam samolyotda Farg'onadan Toshkentga kecha ketdi (boshqa kuni emas, kecha). Ko'rinadiki, e'tibor qaratilgan ma'noni ifodalagan bo'lak kesim oldiga keltirilgan.

Gap bo'laklarining odatdagi va o'zgargan tartibining nutqda o'z qo'llanish o'rinlari bor. Odatdagi tartib ilmiy asarlar uslubi uchun mos bo'lsa, o'zgargan tartib og'zaki nutq uchun va badiiy (ayniqsa, she'riy) nutq uslubi uchun xos.



IV.MUSTAHKAMLASH

A)Mashqlar orqali.

213- mashqj 1- topshiriq. She'riy parchani o'qing. Undagi gaplarni alohida-alohida ko'chirib, gap bo'laklarini aniqlang va tagiga chizing.

Shovulladi tun bo'yi shamol,

Qaldiroqlar ko'chdi larzakor.

Shivirlading yonimda xushhol:

«Yana keldi, do'stginam, bahor».

Shovulladi tun bo'yi shamol,

Qorliklarda o'chdi izimiz.

Shivirlading yonimda xushhol:

«Mangu birmiz, do'stim, ikkimiz».

(A. Oripov)

2- topshiriq. Ikkinchi darajali bo'laklarning egadan va kesimdan keyin kelgan (o'zgargan) holatlarini aniqlab, namunadagidek jadvalga tushiring. Namuna:

O'zgargan tartib

Oddiy tartib

1. shovulladi shamol

1. shamol shovulladi 2....

214-mashq. Baytlarni o'qing, she'riy gaplarni nasriy gaplarga aylan-

tirib ko'ring.

Navbahor: ochildi gullar, sabza bo'ldi bog'lar, Suhbat aylaylik, kelinglar, jo'ralar, o'rtog'lar.

(Muqimiy)

Ochinglar, millati vayronani obod etgusi maktab, O'qusin yoshlarimiz, ko'nglini shod etgusi maktab.

(Avaz O'tar)

215-mashq. Eganing gap boshida, to'ldiruvchi va holning kesim

oldida, to'ldiruvchining kesimdan so'ng kelishiga misollar topib yozing.

B) savollar orqali



1.Ona tilimizdagi gap bo'laklarining odatdagi tartibi haqida gapiring.

2.Gap bo'laklarining o'zgargan tartibi deb nimani tushunasiz?

3.Gap bo'laklarining noodatiy tartibi nimaga xizmat qiladi? Misollar keltiring.

4.She'riy nutqda gap bo'laklarining noodatiy tartibidan nega ko'p foydalaniladi ?

V.BAHOLASH MEZONI

Ishtirokiga qarab



VI.UYGA VAZIFA
216- mashq. Uyga vazifa. Berilgan she'riy parchadagi tartibi o'zgargan bo'laklarni toping va o'zi bog'langan bo'lak bilan birgalikda ko'chirib yozing.

Men nechun sevaman O'zbekistonni,

Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo.

Nechun Vatan deya yer-u osmonni

Muqaddas atayman, atayman tanho.

Aslida dunyoda tanho nima bor,

Paxta o'smaydimi o'zga elda yo?

Yoki quyoshimi sevgimga sabab?

Axir quyoshli-ku butun Osiyo.

(A. Oripov)

Download 326,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish