DARS TURI: umumlashtiruvchi USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI: I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH A)Mashqlar orqali.
107- mashq. Uyga vazifa. Kundalik matbuot nashrlaridan sodda va qo'shma gaplarga 3 tadan misol topib yozing va ularni gap bo'laklari jihatidan tahlil qiling.
B) savollar orqali
1.Gaplar grammatik asosining nechtaligiga ko'ra necha turli bo'ladi?
2.Qanday gaplar sodda gaplar deyiladi?
3.Qo'shma gaplar sodda gaplardan nimasi bilan farqlanadi?
III.YANGI MAVZU BAYONI Gap nimaligini ta'riflab bering. U boshqa til birliklaridan qanday farq qiladi?
«Gapning grammatik asosi» deganda nimani tushunasiz?
Ifoda maqsadiga ko'ra gapning qanday turlari bor?
His-hayajonning ishtirokiga ko'ra gaplar necha xil?
Qanday gaplar undov gaplar deyiladi?
Gaplar tuzilishiga ko'ra necha turga bo'linadi?
Sodda gap bilan qo'shma gapning asosiy farqi nimada? Fikringizni misollar bilan isbotlang.
IV.MUSTAHKAMLASH A)Mashqlar orqali.
topshiriq. Uch guruhga bo'linib, «Qaysi guruh darak, so'roq va buyruq gaplarning har biriga 3 tadan misolni tez va to'g'ri topib yozadi» musobaqasini o'tkazing.
topshiriq. Undov gaplarga 5 tadan misol toping va ularning darak, so'roq va buyruq gaplardan farqini ayting. Talaffuzi va yozilishdagi xususiyatlarini tushuntiring.
topshiriq. «Adabiyot (majmua)» darsligingizdagi biror badiiy asar parchasidan sodda va qo'shma gaplarga 3 tadan misol toping.
topshiriq. Rasmni kuzating. Undan foydalanib «Kech kuzda tabiat» mavzusida matn yarating. Matndagi o'zingiz qo'llagan sodda va qo'shma gaplarni belgilang.
mashq.-i: 1- topshiriq. Matnni ifodali o'qing, mazmunini so'zlab bering. Unga qanday sarlavha qo'yish mumkin?
Xurshidning xolasi qishloqda turadi. Shahardan avtobusga o'tirib, uch soat yurilsa, shundoq tog' etagidagi qishloqqa kirib boriladi.
Xurshid avtobusdan tushganida vaqt peshindan og'gan edi. U xolasining pastak tosh devor bilan o'ralgan hovlisiga kirib borsa, Anvar qo'lida qafas bilan chiqib kelayotgan ekan. Anvar — xolasining o'g'li. U ham beshinchida o'qiydi. U Xurshidni ko'rib suyunib ketdi.
Oyi. Xurshid keldi! — dedi baqirib.
Ayvon burchagida bir palla qovoqni qirib o'tirgan xolasi shoshilib o'rnidan turdi.
Voy o'zim aylanay shaharlik bolamdan! — u qo'lida qirg'ich bilan ayvondan shoshilib tushdi-da, Xurshidni bag'riga bosdi. — Ajab qipsan-da kelib.Qovoq somsa yopay deb turuvdim.Oying yaxshimilar? Dadang tuzukmilar? O'qishlaring yaxshimi?
Xurshid xolasining ketma-ket berayotgan savollariga javob qilardi- yu, ikki ko'zi Anvarning qo'lidagi qafasda edi. Qafas ichida bo'yni, ko'kragi qizil, kulrang qanotida sarg'ish patlari bor sa'va pitir-pitir qilib uchib-qo'nardi.
Qayoqdan olding? — dedi u havasi kelib.
Sandiqtoshdan tutdim. — Anvar qafasning u yoq-bu yog'ini o'girib ko'rsatdi. — Hozir ham sa'va tutgani ketyapman.
Menam boray!..
Bo'pti, faqat ovozingni chiqarmaysan...
<()'. Hoshimov)
topshiriq. Matndagi buyruq va undov gaplarni topib, guruhlab
ko'chiring.
topshiriq. Matndagi barcha gaplarni «Sodda gaplar» va «Qo'shma
gaplar» guruhiga ajratib yozing.
B) savollar orqali
V.BAHOLASH MEZONI Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA 109- mashq. «Ona tili» darsligingizdan foydalanib,«Gapning so'z birikmasidan farqi» mavzusida kichik ilmiy matn tuzing
MAVZU 5- nazorat ishi.