O‘zbekiston zamini /2019 Tahrir hayʼati



Download 16,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/165
Sana21.04.2022
Hajmi16,18 Mb.
#570093
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165
Bog'liq
QkpYhJ08PPUGEBGSyzeejz5Djsujhi4K0atZIk0i

Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана
4/2021


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
103
100 metr x 100 metr hajmdagi yuzani ifodalaydi. 
Yuzani hisoblashda yer rel’efining aero yoki 
kosmosuratlaridan 
(ortofotoplanlardan) 
foydalangan holda belgilangan tartibda 
tayyorlangan elektron raqamli qishloq xo‘jaligi 
xaritalaridan foydalaniladi. Yerlarning balansi 
(hisoboti)ni tuzishda barcha maydonlar 
gektarlarda qayd qilinadi [9].
Ma’lumki, jamiyat rivojining barcha 
bosqichlarida yerdan foydalanishni tashkil etish 
hamda uning hisobini olib borish davlatning 
asosiy masalalaridan biri hisoblangan, negaki 
u har qanday ishlab chiqarishning asosi, 
ob’ektlarni joylashtirish o‘rni hisoblanadi. Shu 
bilan bir qatorda, yer – umummilliy boylikdir
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir [1]. Ushbu mulkdan oqilona va 
samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, 
yer maydonlaridan belgilangan maqsadiga 
ko‘ra foydalanishi ustidan davlat nazoratini 
amalga oshirish mamlakat iqtisodiyotini yanada 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Bu 
masalalarni ijobiy hal qilish esa, o‘z navbatida, 
yerlarning huquqiy holati, miqdori va sifati, 
shuningdek, iqtisodiy qiymati to‘g‘risidagi 
majmuali axborotlarni talab qiladi. Aynan 
shunday axborot davlatning asosiy tadbirlaridan 
biri hisoblangan yer kadastridan olinadi.
Ma’lumki, keyingi davrlarda tabiiy yoki 
moddiy resurslardan oqilona hamda samarali 
foydalanishni tashkil etish va ularni nazorat qilish 
xalq xo‘jaligining istiqbolda yanada rivojlanishi 
uchun ilmiy asoslangan rejalar tuzishda, hisob-
kitob ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda muhim 
ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlariga 
rahbarlik qilish, shuningdek, ularni nazorat qilish 
maqsadida ushbu jarayonlarni miqdor va sifat 
jihatidan tavsiflash xalq xo‘jaligi hisobi asosida 
amalga oshiriladi [9]. Mamlakatimizda ham 
boshqa rivojlangan davlatlar singari iqtisodiyot 
tarmoqlari hisobining yagona tizimi mavjud 
bo‘lib, u respublikamizning hozirgi bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ma’lum yo‘nalishda 
rivojlanishini ta’minlashda o‘ziga xos o‘ringa 
ega.
Xalq xo‘jaligi hisobining ob’ekti - bu 
alohida tarmoqlar va korxonalar hisob-kitob 
ishlarini o‘tkazish asosidagi yagona xalq 
xo‘jaligi hisoblanadi. Alohida olingan korxona, 
muassasa va tashkilotlardagi hisob-kitoblar xalq 
xo‘jaligi hisobi yagona tizimining ajralmas qismi 
bo‘lib hisoblanadi hamda unga tezkor-texnik, 
buxgalteriya va statistik hisoblar kiradi [9]. Xalq 
xo‘jaligi hisobining yagona tizimida yer kadastri 
ham muhim o‘rin egallaydi. Xalq xo‘jaligi 
hisobining yagona tizimini tashkil qilish asosan 
yuqori davlat boshqaruvi organlari tomonidan 
amalga oshiriladi.
Tezkor-texnik hisob alohida xo‘jalik 
yumushlarini bajarish jarayonida ularga joriy 
rahbarlik va nazoratni amalga oshirish vositasidir. 
Unda bajarilgan ishlarning turi va hajmlari 
to‘g‘risida, xom-ashyolardan foydalanganlik
inshootlar quvvati, mehnat harajatlari qilingan 
ishlarning, muddatlari va sifati, olingan materiallar 
va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar shakllanadi. 
Masalan, qishloq xo‘jalik korxonalarida tezkor-
texnik hisob, tuproqqa ishlov berish, ekinlarni 
ekish, ularni parvarish qilish, shuningdek, yangi 
yerlarni o‘zlashtirish, meliorativ va kimyoviy 
ishlov berish yo‘li bilan yer turlari yoki qishloq 
xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq eroziyasiga 
qarshi kurash kabi tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini 
to‘la nazoratini ta’minlaydi. Tezkor-texnik 
hisob-kitoblarda asosan natural birliklardan 
foydalaniladi, shuningdek, ular statistik usullar 
yordamida jamlanadi.
Buxgalteriya hisobi - bu ma’lum bir 
vaqt ichida xalq xo‘jaligi rejalarini bajarilishini 
alohida yo‘nalishlarda har bir korxona faoliyatini 
kuzatish va nazorat qilish usulidir. Barcha ishlab 
chiqarish vositalari, yalpi va tovar mahsulotlar, 
xom-ashyo va materiallar buxgalteriya hisobi 
ostida bo‘ladi. Buxgalteriya hisobida natural 
hisoblar o‘lchovlar yordamida mehnatga haq 
to‘lash miqdorlari, ularning unumdorligi
mahsulotlarning tannarxlari va boshqa iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Buxgalteriya hisobi 
aniq bir korxona faoliyatini tizimli tarzda nazorat 
qilish va ushbu korxonaga rahbarlik qilishning 
muhim vositasi hisoblanadi.
Statistik hisob-kitob yordamida turli-
tuman ijtimoiy voqeylikni o‘rganish va nazorat 
qilish amalga oshiriladi. Ijtimoiy turmushning 

Download 16,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish