O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
105
suv o‘tkazuvchanlik holati va boshqalar kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni faqat yirik
masshtabdagi tuproq xaritalardan olish mumkin
bo‘lgan.
O‘zbekiston
Respublikasining
mustaqillikka erishishi, iqtisodiyotda bozor
munosabatlarining shakllana borishi, birinchi
galda, yer munosabatlarini tubdan qayta qurishni
taqozo qildi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat yer
kadastrini yuritishni ham qaytadan shakllantirish
zaruriyatini tug‘dirdi. Bularning barchasi
1998 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasining
yangi Yer kodeksini, “Davlat yer kadastri
to‘g‘risida”gi qonunini va yerdan foydalanish,
davlat yer kadastrini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan
qator me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishiga
asos bo‘ldi.
Ma’lumki, respublikamizning tuman
(shahar) lari o‘zlarining joylashuvi bo‘yicha turli
mintaqalarga, iqlim, relef va tuproq sharoitlariga
egadir. Bunday hollarda qishloq xo‘jaligini
yanada rivojlantirish ushbu tuman (shahar)lar
bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri,
ilmiy asoslangan holda belgilash, asosiy ekinlarni
joylashtirishni to‘g‘ri rejalashtirish orqali,
shuningdek, yer kadastri ma’lumotlari asosida,
jumladan, yerlarning miqdoriy hisobini yuritishni
ta’minlagan holda olib boriladi.
Yerlarning miqdoriy jihatdan aniq
hisobini yuritish bo‘yicha amaldagi tizimni
qayta ko‘rib chiqish, yerlarning hisobini to‘liq va
to‘g‘ri yuritishni tashkil etish maqsadida ularning
maqbul uslublarini ishlab chiqish, avvalambor,
yer fondi toifalarini belgilovchi tasniflardan
kelib chiqqan holda yer turlarini belgilash orqali,
shuningdek, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar,
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
qiluvchilar, mulkdorlar bo‘yicha yerlarning
hisobini yuritish uslubiyatini takomillashtirish
talab etilmoqda. Shu bilan birga, yerlarning to‘liq
va to‘g‘ri hisobini yuritilishi ulardan belgilangan
maqsadiga ko‘ra oqilona va samarali foydalanish
hamda ularni muhofaza qilishda, qishloq xo‘jaligi
ekinlarini oqilona joylashtirishda va almashlab
ekishda, yerlarni monitoring qilishda va normativ
qiymatini aniqlashda, yer uchastkalarini tanlash
va ajratishda, davlat yer kadastrini va boshqa
davlat kadastrlarini yuritishda, shuningdek, soliq
bazasini kengaytirish orqali byudjet daromadiga
qo‘shimcha zaxiralar shakllantirishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Yer maydonlarining miqdoriy hisobi
- yer maydonlarining miqdori bo‘yicha to‘liq
ma’lumotlarni olish, to‘plash, qayta ishlash,
ma’lum bir tizimga va tartibga keltirish,
yangilash hamda saqlash bo‘yicha majmuali
tadbir hisoblanadi. Yer fondining barcha toifalari
butunligiga hamda har bir toifasi alohida
hisobga olinadi. Yerlarni miqdor jihatidan
hisob-kitob qilish ularni ma’lum ma’muriy-
hududiy birliklarga, yer fondi toifalariga,
yerdan foydalanuvchilarga (barcha huquqlar
bo‘yicha) va yer turlariga taqsimlanishi haqidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Yerlarning miqdoriy hisobining ob’ekti
yagona davlat yer fondi bo‘lganligi sababli
ushbu hisobning asosiy negizlardan biri amaldagi
mavjud barcha yerlarni to‘liq hisobga olishdan
iboratdir. Yer hisobining asoslaridan biri
shundaki, u ko‘rgazmali va aniq bo‘lishi kerak.
Ya’ni berilgan ma’lumot kartografik hujjatlarda
aks ettirilishi, bu hujjatlar esa yuqori sifatli
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir [10].
Yer
hisobi
ishlarning
natijalari
iqtisodiyotning turli sohalarida yerga oid rejalarni
tuzishda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishini va unga zarur bo‘lgan er maydonlari
ehtiyojini aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: