O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
109
bo‘lgan AQSHning ESRI kompaniyasi ArcGIS
dasturiy mahsulotlari to‘plami va maxsus mobil
ilovalari [6, 7, 8, 9] asosida ishlab chiqilgan
(1-rasm).
Fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta
ishlash, idoralararo ma’lumot almashish [10, 11]
har bir davlatning o‘z konsepsiyasi mavjud. Mazkur
tizim axborot kommunikatsiya texnologiyalari
va geoaxborot tizimlariga qo‘yilgan talablardan
kelib chiqib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim
tashkilotlari – “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-
loyihalash instituti, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi,
sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi,
shuningdek Suv xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi,
O‘zgidrometeorologiya xizmati markazining qishloq
xo‘jaligi sohasiga oid ma’lumotlari integratsiya
qilingan bo‘lib, Transport vazirligi, Davlat
geologiya qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning
ma’lumotlarini tizimga integratsiya qilish ustida
ishlar amalga oshirildi (2-rasm).
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi geoaxborot
tizimida 20 ta mavzuli qatlamlar yaratilgan bo‘lib,
14 ta hududiy birliklar chegaralari, 195 ta tuman va
shaharlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi massivlari,
1-rasm.
ArcGIS dasturiy mahsulotlarini o‘rnatish sxemasi.
mahalla fuqarolar yig‘ini va ovul fuqarolar
yig‘ini chegaralari, bir milliondan ortiq yer
uchastka konturlari, tuproq sifatini baholash, tuproq
sho‘rlanishi va tuproq agrokimyo xaritalari kiritilgan
(3-rasm).
Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot
tizimi va undagi avtomatlashtirilgan jarayonlar
qishloq xo‘jaligi sohasida qator vazifalarni samarali
amalga oshirishga ko‘maklashishi bosqichma-
bosqich yo‘lga qo‘yilishiga imkon beradi, bular:
qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish;
qishloq xo‘jaligi asosiy ekin turlari va
ularning vegetatsiya davriyligini tahlil qilish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirilishini
nazorat qilish;
tuproq unimdorligini pasayib ketmasligi
bo‘yicha almashlab ekish ishlarini monitoring qilish
(yillar kesimida yerdan samarali foydalanishni
baholash);
agrosanoat majmuidagi yer ma’lumotlarini
yagona bazasini yaratish;
qishloq xo‘jaligi yerlarining muhofaza
qilinishini ta’minlash (yer maydonlariga uy-joy,
imoratlarni qurilishini aniqlash) va boshqalar.
Geoaxborot tizimi orqali yerni masofadan
zondlash texnologiyalari, jumladan kosmik
apparatlar va uchuvchisiz uchish apparatlar (dronlar)
yordamida olingan multispektral suratlarini qabul
qilish, saqlash va mashina ta’limi texnologiyalari
yordamida tahlil qilish imkoniyatlari ishlab chiqilgan
(4.-rasm).
Hozirda mazkur tizim Andijon viloyatining
361 000 gektardan ortiq ekin maydonlari bo‘yicha
sinovdan o‘tkazildi, shu bilan birga, Buxoro viloyati
Vobkent va Andijon viloyatining Bo‘ston tumanlarida
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llagan holda
Do'stlaringiz bilan baham: