O'zbekiston xududidagi iqlimiy mintaqalar



Download 87,96 Kb.
bet4/4
Sana28.06.2022
Hajmi87,96 Kb.
#715752
1   2   3   4
Bog'liq
Eshquvatov Renat injinerlik gidralogiyasi oraliq nazorat ishisi (1)

Тog‘-vodiy shamollari O‘zbekistonning barcha vodiylarida kuzatiladi. Bunda kunduzi vodiydan tog‘ga, kechasi tog‘dan vodiyga tomon esadi.


Bekobod shamoli qishda Farg‘ona vodiysida bosim yuqori, g‘arb tomonda bosim past bo‘lganda «Xo‘jand» darvozasi orqali Mirzacho‘l tomonga esadi, tezligi sekundiga 30-40 m ga yetadi, undan xo‘jalikka zarar yetmoqda.


Qo‘qon shamoli bahor va kuzda Farg‘ona vodiysida bosim past bo‘lganda g‘arbdan vodiy tomonga esib, tezligi sekundiga 15-25 m ga yetadi.

Surxon-Sherobod vodiysiga janubi g‘arbdan chang-to‘zonli va quruq afg‘on shamoli esib, tezligi 15-20 m ga yetadi, bir necha kun esib turadi. Afg‘on shamoli qishloq xo‘jaligi ekinlariga, mevali daraxtlarga zarar yetkazmoqda.



Geografik joylashuvi: Oʻzbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan, maydoni 448,9 ming kv. km. Respublika chegarasi gʻarbdan sharqqa — 1425 km, shimoldan janubga qadar — 930 km.
Chegaralari: Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozogʻiston, sharqda va janubiy-sharqda Qirgʻiziston va Tojikiston, gʻarbda Turkmaniston, janubda esa Afgʻoniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afgʻoniston bilan uzunligi — 143 km., Qоzоgʻiston — 2356,31 km., Qirgʻiziston — 1476,12 km., Tojikiston — 1283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1831,49 km.
Relefi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi oʻ ziga xos past — tekislik va tog ʻ relefini o ʻ z ichiga oladi.
Oʻzbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir togʻ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. Oʻzbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon choʻllaridan biri — Qizilqum yastanib yotadi.

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Mamlakat yer osti boyliklari tabiiy gaz, qoʻngʻir va tosh koʻmir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.
Iqlimi. Oʻzbekiston iqlimi keskin oʻzgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Yillik havo harorati farqi sezilarli darajada yuqori. Yanvar oyi oʻrtacha harorati -6 0 gacha tushadi, iyul oyida oʻrtacha havo harorati +32 0 gacha koʻtariladi. Pasttekislik hududlarida yillik yogʻingarchilik miqdori -120-200 mm., choʻl hududlarida -1000 mm. gacha etadi. Yogʻingarchilik miqdori kam boʻlgani sababli, qishloq xoʻjaligi sun’iy sugʻorish tizimiga bogʻliqdir.
Ichki suv havzalari. Mamlakat eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Amudaryo uzunligi -1437 km., Сирдарё -2137 км .га етади . Oʻzbekistonning koʻpgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dashtu-choʻllarga singib ketadi, faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi.
Tuproq va oʻsimliklari. Pasttekisliklar choʻl oʻsimliklari, togʻlari esa dasht, oʻrmon va togʻ oldi yaylovlari oʻsimliklaridan iborat.
Hayvonot dunyosi. Mamlakat faunasi juda turli-tumandir. Choʻllarda juda kamyob hisoblanagan saygʻoq va uzunligi 1,5 metrga teng echkiemar, baland togʻlarda esa qor barsi va togʻ echkisining noyob turlari uchraydi.
Togʻ tizimi. Respublika territoriyasining 1/5 qismini togʻ va togʻ oldi hududi tashkil etadi. Sharqiy hududi oʻrta va baland togʻli relefdan iborat: respublika hududi Gʻarbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama togʻ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qoʻhitangtogʻ va Boysuntogʻ togʻ tizmasi) togʻ tizmalari yonbagʻrini oʻz ichiga oladi. Janubdan gʻarbga tomon ular qiyalab boradi va pasttekislikka qoʻshilib ketadi. Ushbu togʻlar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Fargʻona vodiysi -370 kilometr, kengligi 190 kilometrga yetadi. U uch tomondan baland togʻ bilan oʻralgan va faqat gʻarb tomoni tekislikdir. Afgʻoniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi.
Tabiiy zahiralari. Oʻzbekiston Respublikasi ulkan sanoat va mineral-xom ashyo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayyor mahsulotlar, tabiiy boylik zahiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga ega.
Er osti zahiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zahiralari, turli organik yoqilgʻ i mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensanti, qoʻngʻir va yarim koksga oid koʻmir, slanes yoqilgʻisi, uran va koʻpgina qurilish uchun zarur xom ashyo turlariga boy konlarni oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir.
Oʻzbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral xom ashyoni oʻz ichiga olgan, binobarin bulardan oltmish turi xalq xoʻjaligida allaqachon foydalanilayotgan koʻpgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan.
Oʻzbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar, kaolin kabi foydali qazilmalar zahirasi boʻyicha nafaqat MDH davlatlari oʻrtasida, balki butun dunyoda yetakchi oʻrin egallashi tasdiqlangan. Jumladan oltin zahirasi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi, uni qazib olish boʻyicha yettinchi, mis zahirasi boʻyicha oʻninchi-oʻn birinchi oʻrinlarni, uran zahirasi boʻyicha yettinchi-sakkizinchi, qazib olishda oʻn birinchi-oʻn ikkinchi oʻrinlarni egallashi qayd etilgan.
Quyida zikr etilgan mineral xom ashyo zahiralari nafaqat mavjud togʻ-kon komplekslarida kelajakda qazib olish faoliyati muddatini uzaytiradi, balki ularning oltin, uran, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosfor, kaliy tuzlari, qalay shpati, vollastonit, qishloq xoʻjaligi ximiyaviy rudalari va boshqa bir qator foydali qazilmalarning yana qaytadan qazib olishni tashkil qilish va ularning quvvatini oshirishni ta’minlashga xizmat qiladi.
| «Iqlimiy sandiqcha» loyihasi haqida Iqlim o‘zgarishi muammosi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan eng muhim global muammolardan biri sifatida e’tirof etilgan. Ushbu muammoning globalligi shundaki, iqlim o‘zgarishi oqibatlari dunyoning barcha mamlakatlari va mintaqalarida sezilmoqda, ayni paytda sayyoramizda yuz berayotgan bunday o’zgarishlar uchun har bir inson u yoki bu darajada mas’uldir. Biz barcha tovarlar va xizmatlarning oxirgi iste’molchilari hisoblanamiz. Ularni ishlab chiqarilishi uchun ma’lum resurslar va energiya, ya’ni uglevodorod xom ashyolari (neft, ko‘mir va tabiiy gaz) talab etiladi. Ularni qazib olish va foydalanishda atmosferaga issiqxona gazlari chiqariladi. Buning natijasida issiqxona effekti kuchayadi va havo harorati ko‘tariladi. Bu – bizning Yer sayyorasida qoldiradigan uglerod izimizdir. Mazkur muammo shu qadar katta miqyosdaki, uning oqibatlari ham shunga mos darajada global bo’lib, ular mamlakatlarning barqaror rivojlanish jarayonlarini sezilarli darajada to’xtatib qo’yishi mumkin. Shuning uchun iqlim o’zgarishi muammosi xalqaro hamjamiyat tomonidan barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadlari (BRM) qatoriga kiritilgan. Ularning orasida 13 maqsad “Iqlim o’zgarishi va uning oqibatlari bilan kurashishda shoshilinch choralar qabul qilish” deb nomlanadi. Iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlari bilan kurashish quyidagi ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: ularning birinchisi iqlim o’zgarishining oldini olish bo’yicha harakatlar (issiqxona gazlarini tashlashni pasaytirish va “uglerod izini kamaytirish” orqali) bo’lsa, ikkinchisi iqlim o’zgarishining muqarrar oqibatlariga moslashish (adaptatsiya)dir. Mamlakatlarning hamkorlikdagi harakatlari xalqaro kelishuv – BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi (BMT IO’DK) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ushbu xujjat 1992 yilda Rio-deJaneyro shahrida qabul qilingan. Konvensiyani 194 mamlakat, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi ham imzolagan. O’bekiston Respublikasi 2018 yilda (BMT IO’DK)ga qo’shimcha sifatida qabul qilingan yangi xujjat - Parij bitimini imzoladi. Ushbu bitim, mamlakatlarning iqlim o’zgarishiga nisbatan kurashi bo’yicha 2020 yildan keyin amalga oshiradigan harakatlarni tartibga soladi. Bundan maqsad iloji boricha qisqa muddatda global havo harorati o’sishini 1,5-2 gradus Selsiy darajasida to’xtatishga erishishdir. “Iqlimiy sandiqcha” loyihasi, konvensiyaning 6 – moddasida belgilanganidek, mamlakatimizning BMT IO’DK oldidagi majburiyatining bir qismi sifatida, iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha ma’rifat tarqatishga, kadrlar tayyorlashga va jamoatchilikni xabardor qilishga hissa qo’shadi. Har bir kishi o’zining uglerod izini kamaytirish uchun maxsus bilimlarga ega bo’lish lozim. Ushbu bilimlar va odatlar yoshlik yillaridan tarbiyalanishi muhimdir. Shundagina har bir odam maktab partasidan boshlab masalaning mohiyatini, tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish muhimligini tushinib yetadi. “Iqlimiy sandiqcha” bundan oldin o’quvchilar uchun BMT TD doirasida va uning hamkorlari tomonidan chop etilgan «Qora dengiz sandiqchasi», «Baykal sandiqchasi» kabi ekologik qo’llanmalar seriyasini davom ettiradi. BMT TD shu maqsadda Global Ekologik Jamg’arma (GEJ), Rossiya Federatsiyasi hukumati va “Coca-Cola” kompaniyasining qo’llab quvvatlashida “Iqlim o’zgarishi” mavzui bo’yicha o’quvchilar uchun “Iqlimiy sandiqcha” nomidagi materiallar to’plamini yaratdi. «Iqlimiy sandiqcha» ilk bor 2014 yilda nashr qilingan va Rossiya maktablari uchun maxsus mo‘ljallangan. Materiallar to’plami ko‘plab, shu jumladan boshqa mamlakatlar o‘qituvchilari va ekspertlarining ijobiy baholarini olgan. Shuning uchun BMT Taraqqiyot Dasturi «Climate Box» nomi ostida “Iqlimiy sandiqcha”ning ingliz tilidagi xalqaro versiyasini chiqarishga va to’plamni boshqa mamlakatlar uchun moslashtirish bo’yicha yangi loyihani boshlashga qaror qildi.

“Iqlimiy sandiqcha” 2017 yilga kelib, Sharqiy Yevropa mintaqasi, Kavkaz va Markaziy Osiyoning 8 ta mamlakatini qamrab oldi va haqiqatan ham iqlim o’zgarishi bo’yicha xalqaro ta’lim loyihasiga aylandi. Mazkur to’plam va “Iqlimiy sandiqcha” o’quv qo’llanmasining mazmuni mamlakatimiz olimlari, metodistlari, o’qituvchilari tavsiyalarini hamda O’zbekistonda iqlim o’zgarishi bo’yicha mavjud materiallar va ma’lumotlarni hisobga olgan holda, yurtimizning geografik va iqlim sharoitlari hamda mahalliy xususiyatlari nuqtai nazaridan O’zbekistonga moslashtirilgan. O’quv qo’llanma O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi va Gidrometeorologiya xizmati markazi hamkorligida BMT TD O’zbekistonda / Moslashish Jamg’armasining “O’zbekistonning qurg’oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo’jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasini amalga oshirish doirasida O’zbekiston sharoitiga moslashtirilgan. Mazkur qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi №187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlari talablarini hamda ekspertlar xulosalarini hisobga olgan holda moslashtirilgan va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan. “Iqlimiy sandiqcha” o’quv qo’llanmasi Respublika ta’lim markazining biologiya fanlari bo’yicha ilmiy-metodik kengashining 2018 yil 27 noyabrdagi qarori bilan amaliyotda qo’llashga va undan darslarda, shuningdek, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda, maktabdan tashqari tadbirlarda (yanada to’la axborot qo’llanmaning 4-qismida berilgan) qo’shimcha adabiyot sifatida foydalanishga tavsiya etilgan. «Iqlimiy sandiqcha»da quyidagilar mavjud: • Maktab o‘quvchilari uchun ham yakka tartibda, ham guruhlarda bajarish uchun mo‘ljallangan, ularning bilimlarini rivojlantiruvchi materiallar hamda turli-tuman savollar va topshiriqlar, shuningdek, o‘qituvchilar uchun to‘plamdagi materiallardan turli sinflardagi darslarda foydalanish uchun uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ko’rgazmali qo‘llanma; • To’plangan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun o‘yinli savolnoma-kartochkalar to‘plami; • Loyiha va tadqiqot faoliyatida foydalanish uchun XXI asrning oxiriga kelib turli mintaqalarda tabiat va insonlarga iqlim o‘zgarishining ehtimoliy ta’siri oqibatlarini tasvirlovchi devoriy karta va boshq. «Iqlimiy sandiqcha»ning asosiy maqsadi o‘quvchilarga global iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo’lgan masalalar bo‘yicha muhim axborotlarni qiziqarli, maroqli-o‘yin shaklida taqdim etish, o‘qituvchilarga esa maktab dasturi doirasida ushbu mavzudan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. «Iqlimiy sandiqcha»ni yaratishda mualliflarning katta jamoasi mehnat qildi. Ular orasida turli sohalar ekspertlari, jumladan, iqlimshunoslar, geograflar, biologlar, iqtisodchilar, shuningdek, professional bolalar yozuvchilari bor. Loyihaga O’zbekiston Respublikasining tajribali pedagoglari katta hissa qo’shdilar, jumladan, ular to’plamdan maktablardagi darslarda foydalanish bo’yicha o’qituvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqishda yordam berdilar. “Iqlimiy sandiqcha” qo’llanmasi va undagi materiallar shunday tayyorlanganki, ularni yosh o’quvchilar mustaqil o’rganishlari mumkin. “Iqlimiy sandiqcha”dan har bir o’quvchi o’zi uchun birorta qiziqarli va yangi ma’lumotlarni oladi. Biz ishonamizki, “Iqlimiy sandiqcha” o’quvchilar uchun iqlim o’zgarishi muammolari haqida qiziqarli va foydali axborot manbaiga aylanadi va ularga tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o’rganishlarida yordam beradi. Loyiha haqida www.climate-box.com saytidan ko’p narsani bilib olasiz.

Download 87,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish