82
sanalar: 2019- yil 11- avgust, 2018. 12.12. kabilar; v) safar, ta‘til, shartnoma muddatlarini
bildiruvchi raqamlar: 7-kun, 1-yil kabilar; g) idoraviy ish hujjatining tartib raqami: 3-raqamli
bayonnoma, 5-raqamli bayonnomadan kо‗chirma kabilar; d) shartli raqamlar (indeks): indeks
raqami 2345690.
2. Joy nomlarini bildiruvchi birliklar: a) idoraviy ish hujjati tuzilgan joy nomlari: Toshkent
shahri, Samarqand viloyati, Farg‗ona shahri kabilar; b) xizmat safarlari amalga oshirilgan
joylar: Andijon, Namangan shahri.
3. Tashkilot, muassasa, vazirliklar nomini bildiruvchi birliklar: a) idoraviy ish hujjatini
taqdim etuvchi muassasa, tashkilot, idora, vazirlik nomlari: uy-joylardan foydalanish idorasi,
mahalla qо‗mitasi kabilar; b) xizmat safari, mehnat ta‘tili kabilarga jо‗natuvchi muassasa,
tashkilot, idoralar nomlari: ToshdО‗TAU, О‗zRFA о‗zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
kabilar.
4. Kishilarning ismi, familiyasini bildiruvchi nomlar: a) idoraviy ish hujjatini taqdim
etuvchi kishilarning ismi, familiyasi; b) idoraviy ish hujjatlarini qabul qiluvchi kishilarning ismi,
familiyasi; v) о‗zaro kelishuv, nizolashuvdagi tomonlarning ismi, familiyasi.
5. Idoraviy ish hujjatini tuzuvchilarning huquqiy yoki yashash manzillarini bildiruvchi
nomlar: a) ish beruvchi tashkilot, muassasa, idora, vazirlikning huquqiy manzili; b) ish sо‗rovchi
shaxsning yashash manzili; v) talabgorning yashash manzili; g) da‘vogarning yashash manzili kabi.
6. Rasmiy yig‗ilish, majlis, kengashlar nomini bildiruvchi birliklar: ilmiy kengash,
kengash, yig‗ilish kabilar.
7. Ish hujjatini tuzishga asos bо‗lgan obyekt, molk-mulk, voqea-hodisa nomini
bildiruvchi birliklar: a) ishlab chiqarish mahsulotlari nomlari: paxta, g‗alla, sement, yog‗
kabilar; b) texnik apparatlar nomlari: kompyuter, printer, katrij kabilar; v) kо‗chmas va kо‗char
mulkni bildiruvchi birliklar: uy-joy, avtomobil, mototsikl kabilar.
Idoraviy ish hujjatlari matnida uchraydigan umumtil leksikasiga oid bunday birliklar ham
hujjat turiga qarab tanlab ishlatiladi.
Mustaqillik davri rasmiy-idoraviy ish hujjatlari uslubida shakllangan leksik birliklarni
tuzilishiga kо‗ra quyidagi tiplarga ajratish mumkin:
1. Sodda sо‗z shaklidagi birliklar: tabelchi, tasniflagich, tо‗lovchi, bildirgi, muhr kabilar.
2. Qо‗shma sо‗z shaklidagi birliklar: ustxat, yig‗majild, tikmajild, xatchо‗p, tilxat, qog‗ozjild
kabilar.
3. Juft sо‗z shaklidagi birliklar: hisob-kitob, yо‗l-yо‗riq (ukazaniye), xat-xabarlar
(korrespondensiya) kabilar.
4. Birikma shaklidagi birliklar: mehnat ta‘tili, oldi-sotdi shartnomasi, shaxsiy varaqa,
ustama pul, xizmat yozishmasi kabilar. Xullas, о‗zbek tili rasmiy-idoraviy ish uslubi leksikasi
mustaqillik davrida tubdan о‗zgardi: milliy tilimiz ichki imkoniyatlari asosida yangi
yasalmalar hosil qilindi, ruscha о‗zlashmalarning о‗zbek tilidagi muqobillari yaratilib, uslubiy
xoslangan leksikaga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |