78
qanday sо‗z inson ongi, xotirasi, xuddi shunday, nutqiy tuzilmalarida ham alohida tarzda mavjud
bо‗lmas ekan, u о‗nlab, yuzlab «iplar» orqali boshqa sо‗zlarga tomon intilar ekan,46 rasmiy
uslubga xos о‗zaro assotsiativ bog‗langan leksik birliklar ham til egalari xotirasida alohida
holda saqlanmaydi. Rasmiy uslub matnlarida qо‗llanuvchi assotsiativ munosabatdagi bunday
leksik birliklar nafaqat bir-birini, balki muayyan hujjat turini ham esga tushiradi. Masalan,
vasiyatnomalar matnida uchraydigan vasiyat qilmoq, vasiyat qiluvchi, meros, merosxо‗rlik
leksik birliklari majmui bir-biri bilan assotsiativ tarzda zich bog‗langan bо‗lib, til egalariga
vasiyatnoma hujjatini yodga soladi.
Vasiyatnoma
larda til egalari lisoniy xotirasidan о‗rin olgan shunday sо‗z birikmalari ham
uchraydiki, ular ayni shu hujjat turi matnini shakllantirishga xizmat qiladi: vasiyat
qiluvchining xohish-irodasi, meros jamg‗arma, meros mulk, merosga egalik, merosga egalik
huquqi, merosga bо‗lgan huquq, meros qoldiruvchi, vasiyatnomani imzolash, vasiyatnomani
bekor qilish, maxfiy vasiyatnoma kabilar. Bunday sо‗z birikmalari ilk vasiyatnomalarni
yaratish jarayonida hosil qilingan bо‗lsa-da, yillar о‗tib til egalari lisoniy zaxirasidan leksik
birliklar kabi mustahkam о‗rin olganligi bois, ularning xotirasida oson va tez tiklanadi. Bu
kabi sо‗z birikmalari til egalari tomonidan asosan shu shaklda qо‗llanib, xotirasiga о‗rnashib
qolgani sababli har gal vasiyatnoma matnini tuzishda lisoniy zaxiradan tayyor holda olinadi.
Anglashiladiki, nafaqat assotsiativ munosabatdagi leksik birliklar, balki til egalari lisoniy
zaxirasidan о‗rin olgan sо‗z birikmalari, hatto ayrim gaplar ham rasmiy matnlarni yaratishda
qurilish materiali vazifasini bajaradi. E‘tiborlisi shundaki, vasiyatnoma matniga xos qayd etilgan
leksik birliklar hamda sо‗z birikmalari uning matnini shakllantiruvchi tayanch birliklar
hisoblanadi.
Rasmiy-idoraviy ish hujjatlari matnida uslubiy xoslangan leksik qatlamga nisbatan
umumtil leksikasiga oid neytral leksikaning qо‗llanish darajasi ustuvor. Bu qatlamga uslubiy
xoslik belgisiga ega bо‗lmagan, rasmiy uslubda ham qо‗llanuvchi leksik birliklar kiradi. Masalan:
shahar, ovul, kо‗cha, uy, xonadon, turarjoy, ish, mehnat, ta‘til, jamoa, xо‗jalik, oila, pul, xizmat,
buyum, millat, yordam, manfaatdorlik kabilar. Rasmiy-idoraviy ish uslubida umumtil leksikasiga
oid ba‘zi neytral birliklar ayrim hollarda ―maxsus leksika‖ bilan almashtirilishi mumkin. Masalan,
dalolatnoma yoki vasiyatnoma aniq shaxslar tomonidan yozilsa-da, uning matnida yozmoq
sо‗zi о‗rnida majhul nisbatdagi tuzilmoq (tuzildi) sо‗zi ishlatiladi. Xat, xabar matnida bu
sо‗z о‗rnida jо‗natilmoq sо‗zi qо‗llanadi. Ma‘lumotnomada esa yozmoq sо‗zi berilmoq (berildi)
sо‗zi bilan almashtiriladi. Hatto berilmoq sо‗zi ham biror xodimga hayfsan, ogohlantirish
berish haqidagi farmoyish matnida e‘lon qilinsin sо‗zi bilan о‗rin almashadi. Mukofot berish
tо‗g‗risidagi farmoyish matnida bu sо‗z о‗rnida tavsiya etilsin sо‗zi qо‗llaniladi. Anglashiladiki,
idoraviy ish hujjatlari matnida barcha birliklar erkin qо‗llanavermaydi. Ish hujjatlari matnida
leksik birliklar tanlab ishlatiladi va har biri muayyan vazifa bajarishga yо‗naltiriladi. Shu
bois rasmiy-idoraviy ish hujjatlari matnida ortiqcha birliklarga, takror qо‗llanishlarga yо‗l
qо‗yilmaydi.
Rasmiy uslub nutq egalarining rasmiy doiradagi muloqotini aks ettirgani uchun unda
kishilarning hissiy kechinmalarini namoyon etuvchi undov sо‗zlar, kо‗chma ma‘noli sо‗zlar,
munosabat ifodalovchi modal sо‗zlar, nutqni obrazli ifodalashga xizmat qiluvchi tasviriy ifodalar,
shuningdek, iboralar ham qо‗llanmaydi. Rasmiy-idoraviy ish hujjatlari matnida ham bu turdagi
birliklar kuzatilmaydi. «Ish yuritish» kitobida ta‘kidlanishicha, «Hujjatlar rasmiy munosabatlarni
ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‗i
lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida sо‗z va sо‗z shakllarini qо‗llashda muayyan
chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qо‗shimchalarini
olgan sо‗zlar, kо‗tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‗al sо‗zlar, shevaga oid sо‗zlar, tor
doiradagi kishilargina tushunadigan о‗xshatish, jonlantirish, mubolag‗a, istiora, tashxis kabi
obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi
hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi».
Ma‘lum bо‗ladiki, rasmiy-idoraviy ish uslubi tor doiradagi leksik vositalar bilan ish
kо‗rishga xoslangan uslub turidir. Uning о‗z leksik tizimi, boshqa uslublarda kuzatilmaydigan
Do'stlaringiz bilan baham: |