110
(kimga) nomi va jо‗natuvchi haqidagi ma‘lumotlar (jо‗natuvchi adresi) kо‗rsatiladi. Kishi adres
yozish bilan bolalikdanoq tanishadi, chunki uyiga xat yoki boshqa pochta jо‗natmalari kelganda,
ular ustidagi yozuvga kо‗zi tushadi, о‗quvchilik yillarida esa dо‗stlari yoki qarindosh-urug‗lari bilan
xat yozishadi, ulardan turli xil jо‗natmalar oladi va о‗zi yuboradi. Ana shunda adres yozishni, ya‘ni
xatjild (konvert) yoki boshqa jо‗natmalar ustiga ular etib boradigan joyning va oluvchining nomini,
shuningdek о‗zi haqidagi ayni shunday ma‘lumotlarni yozishni о‗rganadi. Buning ustiga, xatjildlar
ustidagi yо‗naltiruvchi yozuv va belgilar ham adres yozuvchining ishini engillashtiradi.
Adres
sо‗zi
rus tilida faqat jо‗natmalar ustidagi yozuvnigina ifodalab qolmay, shaxsning yashash joyi hamda
muassasaning о‗rnashgan joyini, shuningdek biron shaxsni tabriklab yozilgan matnni ham
ifodalaydi. Shuning uchun о‗zbek tilida bu ma‘nolarni farqlash uchun adres sо‗zi bilan bir qatorda
tegishli ravishda manzil, turar joy, makon, tabriknoma sо‗zlarini qо‗llash maqsadga muvofiq. Xat-
xabar va boshqa jо‗natmalarni tegishli joyga va egasiga tezroq hamda adashmay etkazib berishda
adresni tо‗g‗ri, aniq yozishning ahamiyati kattadir. Shu jihatdan rasmiy ish yuritishda, umuman
turmushda pochta jо‗natmalarga adres yozish muhim о‗rin tutadi. Xatlarni kо‗rsatilgan manzillarga
tezroq etkazib berishni osonlashtirish maqsadida sobiq Ittifoq Aloqa vazirligi xat saralash
avtomatlarini joriy etgan. Jо‗natmalarni muayyan adreslarga ajratish har bir aloqa bо‗limiga tegishli
bо‗lgan shartli raqamlar (indekslar) asosida amalga oshiriladi. О‗sha paytlarda joriy etilgan ushbu
indeks tizimi, Mustaqil davlatlar hamdо‗stligi mavjudligi, hali О‗zbekiston Respublikasi uchun
maxsus indeks tizimi yaratilmaganligi sababli, hozirgacha amal qilib kelmoqda. Shartli raqamlar
xatjild chap tomonining pastki qismida kо‗rsatilgan katakchalarga yoziladi. Xat-xabardan boshqa
pochta jо‗natmalari (bog‗lamli yuklar, tugunlar, qimmatdor xatlar, buyum yoki pul jо‗natmalar)ga
aloqa bо‗limi shartli raqamlari adresdan oldin oddiy raqamlar bilan yozilishi kerak. Pochta adresi,
aloqa vazirligi yо‗riqnomasiga muvofiq quyidagi kо‗rinishda bо‗ladi: viloyat, Respublika
ahamiyatidagi shaharlarga yuborilayotgan pochta jо‗natmalarida shartli raqam yozilgandan sо‗ng,
avvalo shahar nomi, keyin xat-xabarni etkazib beruvchi aloqa bо‗limi (raqami yoki nomi)
kо‗rsatiladi. Bulardan keyin kо‗cha nomi, uy va xonadon raqami va nihoyat, oluvchining ismi, ota
ismi va familiyasi yoziladi. Xatjildning quyi qismida esa jо‗natuvchining adresi bosh kelishikda
rasmiylashtiriladi. Respublika, viloyat ahamiyatida bо‗lmagan yoki markaz hisoblanmagan
shaharlar hamda qishloq joylariga yuboriladigan pochta jо‗natmalariga avval viloyat yoki aholi
yashaydigan manzillar, aloqa bо‗limi raqami yoziladi. Keyin kо‗cha nomi, uy va xonadon
raqamlari, oluvchi shaxs yoki muassasaning nomi kо‗rsatiladi. Kо‗pincha qishloq joylardagi kо‗cha
nomlarini eslash qiyin bо‗ladi. Bunday paytlarda muassasaning nomini kо‗rsatish adresni
aniqlashda yordam beradi. Jо‗natuvchi ba‘zan xat-xabarni aniq adressiz, talab qilib olinadigan
tarzda yuborishi mumkin. Bu xilda xat jо‗natish usuli oluvchi biron-bir aholi yashaydigan manzilda
muqim yashamasa, ma‘lum ish bilan vaqtincha turgan bо‗lsa yoki ushbu xat-xabarni boshqalarga
oshkor qilmaslik xohishi bо‗lgan hollarda qо‗llanadi. Bunda muayyan shaharning yoki aholi
yashaydigan manzilning nomi yozilib, aloqa bо‗limi raqami kо‗rsatiladi va oluvchining ismi,
otasining ismi, familiyasi tо‗liq yoziladi. Shahar nomi kо‗rsatilgandan keyin «Talab qilib olinadi»
deb, agar xat respublikadan tashqariga jо‗natilsa – «Do vostrebovaniya» deb yoziladi. Pochta
jо‗natmalarida, adres ma‘lumotlaridan tashqari, zaruriy hollarda yuqori chap yoki о‗ng burchagiga
qо‗shimcha belgilar qо‗yiladi. Xatning yoki buyumning jо‗natish usuli («avia», «shoshilinch» kabi)
yoki turi («oddiy», «buyurtma», «qimmatdor» kabi) haqidagi belgilar shu jumladandir. Hujjat (xat
yoki boshqa buyumlar) oluvchilarning pochta adresi, yuqorida kо‗rib о‗tilgandek, pochta
jо‗natmalari adresi kabi yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |