197
ISESCOning 2 ta mintaqaviy ofisi, 2 ta delegatsiyasi, 4 ta o’quv
markazlari va 3 ta audiovizual va multimediya mashg’ulotlari
uchun
mintaqaviy ofislari mavjud.
Tashilot qoshida Musulmon olami universitetlari federatsiyasi (Islom
universitetlari jamiyati deb ham yuritiladi) faoliyat olib boradi. U ISESCO
doirasida faoliyat yurituvchi va musulmon davlatlaridagi universitet va
oliy talim muassasalari faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi tashkilot
hisoblanadi. Markazi Marokash davlatining Rabot shahrida bo’lgan
jamiyatga 1987 yil 1 dekabrda asos solingan. 2017 yilda Federatsiya 30
yilligi bo’lgan va Bosh kotibga tabrik xati ham yuborilgan.
Doktor Abdulloh Jasbi Federatsiya ijroiya qo’mitasi raisi, Doktor
Abdulaziz Atvayjiri esa Musulmon dunyosi universitetlari jamiyati bosh
kotibi vazifasini bajaradi.
Musulmon davlatlari o’rtasidagi o’zaro
aloqalarni mustahkamlash,
talimning turli sohalari bo’yicha oliy talim muassasalari o’rtasida o’zaro
hamkorlikni tashkil qilish va muvofiqlashtirish, barcha sohalarda ilmiy
tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, erishilgan ilmiy yutuqlarni o’zaro
almashish va ularni Islom tsivilizatsiyasi va taraqqiyoti bilan bog’lash,
Islom tsivilizatsiyasiga hissa qo’shgan allomalarning azo davlatlarda
saqlanayotgan ilmiy-madaniy merosini o’rganish,
ularni boshqa tillarga
tarjima qilish va keng jamoatchilikka tanishtirish kabi vazifalar ushbu
tashkilotning asosiy maqsadlaridandir.
Federatsiyaga 322 ta universitet a’zo bo’lgan. O’zbekiston xalqaro
islom akademiyasi ham a’zo (2017 yil).
Hozirda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida “Islom
tsivilizatsiyasini o’rganish ISESCO” kafedrasi faoliyat yurtimoqda.
Bunday kafedralar soni dunyo bo’yicha 18 tani tashkil qiladi.
Tashkilot bosh direktori Abdulaziz at-Tuvayjriy 2017 yil 26 avgust
kuni Toshkentda maxsus kafedra ochilishida ishtirok etdi. Tashrifi
asnosida professor-o’qituvchi va talabalarga ma’ruza qildi va unda qadim
Movarounnahr diyorining islom ilmlari rivoji yo’lida qo’shgan hissalarini
yuqori baholadi.
ISESCO 2007 yilda Toshkentni Osiyo
mamlakatlari ichichda Islom
madaniyati poytaxti,
2020 yilda esa Buxoroni
Islom madaniyati poytaxti
deb e’lon qilgan.
Bundan
tashqari,
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev 2017 yilning 9-10 oktyabr kunlari Ostona shahrida
(Qozog’iston) o’tkazilgan Islom hamkorlik
tashkilotining Fan va
198
texnologiyalar bo’yicha birinchi sammitida ishtirok etib, ma’ruza qildilar
va unda bir nechta takliflarni ilgari surdilar.
Jumladan, IHTning Fan va texnologiyalar bo’yicha doimiy
qo’mitaning sammitini har uch yilda tashkil qilish va ikkinchi sammitni
2020 yilda
O’zbekistonda o’tkazish; Doimiy qo’mitaning a’zo
davlatlar
hududida tashkil etilayotgan Yuqori samarali kompyuter markazining
bittasi O’zbekistonda tuzish; Musulmon olami yosh olimlari Markazini
tuzish; Yosh olimlarni rag’batlantirish bo’yicha IHTning maxsus
mukofotini ta’sis etish; Yosh matematiklar o’rtasida Al-Xorazmiy Xalqaro
olimpiada o’tkazish. Hozirgi kunda ISESCO tashkiloti doirasida dunyo
bo’yicha 18 ta ISESCO kafedrasi mavjud. Jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: