birinchidan, bu romanlardagi sarguzashtlar ifodasi janr taqozosiga koʻra tasavvur, taxayul mahsuli boʻlmish kutilmagan favqulodda hodisalar silsilasidan iborat boʻlsa-da, ular milliy zaminga, muallifning hayotiy tajribalari asosiga qurilgani bilan qimmatlidir. Xudoyberdi Toʻxtaboyev hatto oʻzi bevosita shohid boʻlmagan voqea-hodisalar, chunonchi, “Qasoskorning oltin boshi”, “Yillar va yoʻllar” romanlarida ham qahramonlar sarguzashtlari tasviri, talqinida oʻz hayotiy tajribalaridan kelib chiqib qalam surgani yaqqol sezilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |