Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” nomi kitobidan “Sehrli qalpoqcha” asariga



Download 53 Kb.
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi53 Kb.
#75744
  1   2   3   4
Bog'liq
esse


Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” nomi kitobidan “Sehrli qalpoqcha” asariga

ESSE

Jahon soʻz sanʼati dunyosida “sarguzasht adabiyoti” deb atalgan ajabtovur yaratiq – xilqat bor. Sarguzasht adabiyotiga taʼrif berganda, bu soha mutaxassislari hayotda yuz bergan yoki toʻqib chiqarilgan gʻaroyib voqea-sarguzashtlarni qiziqarli hikoya qiluvchi asarlarni nazarda tutadilar; ularga xos xususiyatlar: syujet voqealarining favqulodda sirli-sehrli tus olishi, oʻtkir intrigalarga boyligi, voqealar rivojida kutilmagan keskin oʻzgarishlar, personajlar qismatida ters burilishlar yuz berishi, asar qahramonlarining turli sinovlarga duch kelishiyu har qanday toʻsiqlarni yengib oʻtib, turli-tuman balo-qazolardan omon chiqishi kabi jihatlar tilga olinadi. Soʻz sanʼatining barcha tur, shakl – janrlarida boʻlganidek, sarguzasht adabiyot namunalari orasida ham yuki yoʻq, yengil-yelpi, shunchaki oldi-qochdi voqealar bayonidan iborat “asarlar” bilan barobar, “sarguzasht”ni chinakam sanʼat maqomiga koʻtargan nodir adabiy durdonalari va har bir milliy adabiyotda uning yetuk dargʻalari ham bor. Servantesning “Don Kixot”, F. Rablening “Gargantyua va Pantagryuel”, J. Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, A. Dyuma, F. Kuper, M. Rid, R. Stivenson, R. Xaggard kabi adiblarning kattayu kichik baravar sevib oʻqiladigan dunyoga mashhur asarlari shular jumlasidan.

Oʻzbek adabiyotida bu turning ilk zamonaviy namunalarini Abdulla Qodiriy yaratdi, “Jinlar bazmi”, “Kalvak maxzum”, “Toshpoʻlat tajang” bu yoʻnalishdagi dastlabki tajribalar edi; oʻtgan asrning oʻttizinchi yillari miyonasida dunyo yuzini koʻrgan Gʻafur Gʻulomning “Shum bola”si milliy sarguzasht adabiyotimizning choʻqqisi boʻldi.

Shundan keyin mazkur janrning ham mazmunini, ham badiiyatini yuqori koʻtargan ijodkorlardan biri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev boʻldi. U badiiy ijodni ham kattalar, ham bolalar uchun hikoyalar yozishdan boshladi, kattalar uchun yozganlaridan biri “Felyetondan soʻng” hikoyasi konkurs mukofoti bilan taqdirlandi, bolalarga yozganlari “Shoshqaloq” toʻplami ham ijobiy baho oldi, lekin u kattalar hayotidan olingan “Jonginam, shartingni ayt” va bolalarga atalgan “Sehrli qalpoqcha” nomli ilk sarguzasht qissalari bilan elga tanildi. Ayni shu ikki asarida uning asl bisoti, chin isteʼdod mayllari yaqqol namoyon boʻldi. Omadni qarangki, har ikki asarni kitobxonlar ham, adabiy tanqid ham birdek xush qabul qildi. Bundan ruhlangan yosh adib “Sehrli qalpoqcha” qissasini kengaytirib, 1969 yili “Sariq devni minib” nomi ostida romanga aylantirdi. 1973 yili bu asarning mantiqiy davomi tarzida “Sariq devning oʻlimi” dunyo yuzini koʻrdi. Soʻng birin-ketin “Besh bolali yigitcha” (1976), “Qasoskorning oltin boshi” (1980), “Yillar va yoʻllar” (1983), “Shirin qovunlar mamlakati” (1986), “Jannati odamlar” (1986) maydonga keldi. Bu romanlarning aksariyati oʻzimizda ham, xorijda ham dovrugʻ qozondi, xilma-xil mukofotu sovrinlarga sazovor boʻldi. Shu tariqa, milliy sarguzasht adabiyotimiz sardoriga aylangan adibning, ayniqsa, “Sariq devni minib” bilan “Sariq devning oʻlimi” romanlari jahon kezishda rekord qozondi, jahonning oʻttizga yaqin mamlakatlarida chop etildi, jahondagi shu turning yetuk asarlari qatoridan muqim oʻrin oldi.

Bu asarlar xalqimiz maʼnaviy hayotida chuqur iz qoldirdi. Keyingi yarim asr davomida maktabda taʼlim olgan millat farzandlarining deyarli barchasi uchun Xudoyberdi Toʻxtaboyev romanlari qahramonlari, xususan, Hoshimjon bilan Akramjon oʻz jigarlaridek tanish, qadrdon boʻlib ketgan.

Xoʻsh, Xudoyberdi Toʻxtaboyev sarguzasht romanlariga shuhrat keltirgan omillar nimalardan iborat? Menimcha, 




Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish