4.12. SHIRGURUCH TAYYORLASH TARTIB QOIDASI.
Kerakli masalliqlar: 1 kg guruch, 2 litr sut, yarim litr suv, 100 gr sariyog’, 2-3 oshqoshiq shakar, bir chimdim tuz kerak bo’ladi (64-rasm).
Shirguruch – sut va gurunchdan tayyorlanadigan quyuq taom. Gurunchni tozalab 3-4 marta yuviladi. Qozonga 0,5 litrcha suv quyiladi. Suv qaynab chiqqach, tayyorlangan gurunch va ozgina tuz solinadi. Gurunch pishgach, sut qo’shiladi. Sut gurunchga singishiga qarab 3-4 marta bo’lib-bo’lib quyilishi, taom esa to’xtovsiz kovlab turilishi lozim.
Guruch ezilib sutni batamom shimib olgandan so’ng qozon olivdan olinadi va 5-6 minut dam ediriladi.
Tayyor shirguruch laganga suzilib, betiga sariyog’ bilan shakar qo’shib dasturxonga tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |