O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev., M. E. Eshonqulova servi s pazandachilik asoslari



Download 11,65 Mb.
bet62/101
Sana21.01.2017
Hajmi11,65 Mb.
#764
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Kerakli masalliqlar: 1 kg un, 50 gr hamirturush, 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz.

Sutli non.

Tayyorlash usuli huddi obi non kabi amalga oshiriladi, faqat reseptida hamirga suv o’rniga sut qo’shib qoriladi. Achigan sutni ishlatsa ham bo’ladi, qatiq zardobida hamir korish ham yaxshi natija beradi.



Kerakli masalliqlar: 1 kg un, 40 gr hamirturush, 2 stakan iliq sut, 1,5 choy qoshig’ida tuz kerak bo’ladi.

Patir non.

Qadim zamonlardan to hanuzgacha etib kelgan bu non ramziy ma’nolarni ham anglatib aziz mehmon va to’y dasturxonining ko’rki hisoblangan (58-rasm). Dasturxonda patir bo’lsa mehmondorchilik uchun maxsus tayyorgarlik ko’rilganini anglatgan. Uning katta qilib yasab yopilishi ko’pchilik iste’mol etishiga mo’ljallanganligini bildiradi. Nikoh to’ylari oldidan kuyov tomon- qudalar albatta patir yopib kelganlar. Dasturxonda patir ushatilishi har ikkala tomonning to’yga rozilik alomatini bildirgan.

Iliq sutda hamirturush va tuzni eritib, dog’lab sovutilgan qo’y yog’i yoki sariyog’ qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra oz-ozdan un solib qattiq hamir qoriladi. Uzoq muddat mushtlab pishitilgandan so’ng o’rab issiqroq joyda oshguncha qoldiriladi. Ko’pchigan hamirdan 500 grammli bo’laklar uzib olib, zuvalalar yasaladi. Har bir zuvalani taxta ustiga qo’yib bir yonidan chap qo’l bilan (o’zingizga qaratib) burab aylantirib, o’ng qo’lda qirg’og’ini pichoq bilan tilib kungura solinadi, tenasini ham kesishma chiziqli qilib tilib chiqiladi. Ana shunday tayyorlangan zuvalaning tepasidan musht bilan ezib, so’ng barmoqlarni chaqqon ishlatib lag’an kattaligida non yasaladi. Nonning chetlari 3 - 4 sm qalinlikda, o’rtasi esa 1 sm keladigan bo’lishi kerak O’rtasiga juda zich qilib chakich uriladi va yuziga sedana sepiladi. Hamma zuvalalardan patir yasab bo’lgach, yuziga dasturxon yopib 15 - 20 minut tindirib qo’yiladi. Shu muddat ichida tandirga o’t qo’yib qizigach, cho’g’ni o’rtaga to’plab, ustiga kul tortiladi, tandir devorlariga va patirning teskari tomoniga xiyol namakob surtib, chaqqonlik bilan yopishtiriladi. Patir tandirda obi nonga qaraganda uzoqroq ushlanadi.

Yopilgan nonning sirti bir oz qotganda bug’ hosil bo’lishi uchun suv sevilanadi va cho’g’ning yuzi ochiladi, ba’zan tandirning qopqog’ini bir oz muddat berkitib dimlanadi. Pishganligi sirti qizarganidan aniqlanadi. Tandirdan uzib olingach, issig’ida yuziga bir bo’lak eritilmagan dumba yog’i surtilsa chiroyli chiqadi.




Download 11,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish