O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev., M. E. Eshonqulova servi s pazandachilik asoslari


KAKAOLI SUT TAYYORLASH VA DASTURXONGA TORTISH



Download 11,65 Mb.
bet42/101
Sana21.01.2017
Hajmi11,65 Mb.
#764
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
3.15. KAKAOLI SUT TAYYORLASH VA DASTURXONGA TORTISH




Amaliy mashg’ulot.

Kerakli masalliqlar (1 kishi uchun):

-1stakan sut, 2choy-qoshiq shakar, 1-2choy-qoshiq kakao. 



Tayyorlash:

Sut bir qaynatib olinadi. So’ng uni stakarga solib, ketidan kakao va shakar solinadi va 1daqiqa shundoq qoldiriladi. So’ng aralashtiriladi va ichimlik tayyor bo’ladi.


Mustahkamlash uchun savollar:

1.Kakaoli sut masalliqlari miqdorini ayting?

2.Kakaoli sut qanday tayyorlanadi?

3.Kakaoli sut dasturxonga tortish haqida gapiring.




3.16. MAKARON MAHSULOTLARIDAN TAYYORLANGAN TAOMLAR
Makaron mahsulotlari pishirishdan avval saralanib, boshqa mahsulotlardan ajratilib, uzunlari 10 santimetrgacha uzunlikda sindiriladi, bog’langan vermishel bog’ichi uziladi. Mayda holdagilari (ugra; vermishel va boshqalar) elanib urvoqlaridan ajratiladi.

Makaron mahsulotlarini pishirish. Makaron mahsulotlarini 2 xil usulda pishiriladi. Birinchi usul (suyuqligi to’kilgan holda). 1 kilogramm mahsulotga 5-6 litr suv, 50 gramm tuz solib qaynatiladi. So’ng tayyorlangan makaron mahsuloti solinib, iste’molga tayyor bo’lguncha qaynatiladi. Mahsulot pishirilayotganda idish ostiga yopishib kuymasligi uchun yog’och kapgir bilan aralashtirib turiladi. Suv miqdorini 5-6 barobar ko’p olishdan maqsad, qaynab turgan suvga makaron mahsuloti solinganda, suvni sovish darajasi juda pasayib ketmaydi va tezroq qaynab chiqish natijasida makaron mahsuloti yumshoq pishib, o’z shaklini saqlash qobiliyati oshadi. Agar suyuqlik miqdori kam bo’lsa, ularning bukishi natijasida makaron mahsulotlari o’zaro yopishib qolib bir xilda suyuqlik va issiqlik ta’sirini amalga oshirib bo’lmay bir xil pishmagan, o’z shakliga ega bo’lmagan holga keltirib qo’yish mumkin. Makaron mahsulotlarini pishirish vaqti ularning turlariga bog’liq bo’ladi. Makaronlar 20-30 daqiqa, vermishellar -10-15 daqiqa, ugra-20-25 daqiqada qaynatib pishiriladi. Pishirilgan makaron mahsulotlari elak yoki alyumin g’alvirga solib, suvi silkitiladi, idishga solinib ustidan eritilgan yog’ qo’shib yog’och kapgirda aralashtiriladi. Yog’ qo’shib aralashtirish natijasida makaron mahsulotlari idish tagiga yopishmaydi. Pishirish natijasida makaron mahsulotlarining vazni tarkibidagi kraxmalning suyuqlikni yutib kleyster holiga kelishi xisobiga 2,5-3 barobar oshadi. Vazn og’irligining oshishi uning hajmini ham oshishiga olib keladi.

Birinchi usulda pishirish natijasida hajm 150% gacha oshadi. Makaron mahsuloti qaynatilgan suvni suyuq taom tayyorlashda ishlatish mumkin.

Ikkinchi usul (suyuqligi to’kilmaydigan). Qaynab turgan tuzli suvga (1 kilogramm maxsulotga 2,2 3 litr suv va 30 gramm tuz solinadi) tayyorlangan makaron mahsuloti solinib, aralashtirilgan holda suvni tortguncha qaynatilib, yog’ solib aralashtiriladi va past olovda yumshoq holga kelguncha usti qopqoq bilan berkitilgan holda qaynatib, tayyor holga keltiriladi. Bunda hajm o’zgarish jarayoni 200-300% gacha etishi mumkin. Bunday usulda pishirilgan makaron mahsulotlarining ozuqali qimmati ko’p saqlanishi mumkin. Bu usulda pishirilgan makaron mahsulotlari makaronik va makaron zapekankalari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari yana alohida taom yoki garnir sifatida ham ishlatilishi mumkin.

Pishirib yog’ yoki nordonroq qaymoq bilan aralashtirilgan makaron. Saralab pishirilgan makaron suyuqligi to’kilib, silkitilib eritilgan sariyog’ yoki margarin bilan aralashtiriladi. Tarqatishda likobchaga suzilib garnir yoki taom sifatida ustidan sariyog’ yoki nordonroq qaymoq qo’yib beriladi.

Pishloq yoki brinzali makaron. Birinchi usulda pishirilgan makaron eritilgan margarin yoki sariyog’ bilan aralashtiriladi. Pishloq yoki brinza qirg’ichdan o’tkaziladi. Tarqatishda likobchaga suzilib ustiga pishloq yoki brinza solib beriladi. Pishloq yoki brinzani alohida idishda ham berish mumkin.

Tomat aralashtirilgan makaron. Sariyog’ eritilib tomat pyuresini solib jazlanadi va murch, tuz qo’shilib ustiga pishirilgan makaron solinib aralashtirib isitiladi. Tarqatishda likobchaga suzib ustidan ukrop yoki petrushkani to’g’rab sepiladi.

Pishirib sabzavot bilan aralashtirilgan makaron. Somoncha shaklida kesilgan petrushka ildizi, sabzi yog’da bir oz jazlangach, to’g’ralgan piyoz qo’shib yumshaguncha jazlanadi. Jazlash oxirida tomat qo’shib pishirilgan makaron bilan aralashtirib bir oz isitiladi. Jazlangan sabzavotlarga ko’k no’xt qo’shib tayyorlash ham mumkin. Tarqatishda sabzavotli makaron likobchaga suzilib ko’kat sepib beriladi.

Makarondan duxovkada qizdirib pishirilgan ovqat. (Makaronnik). Makaron sutda yoki sut-suv aralashmasida pishiriladi. So’ng 60°S gacha sovitilib, shakar bilan aralashtirilgan xom tuxum qo’shilib, aralashtirilib yog’langan va urvoq sepilgan tovaga solinib usti tekislanadi, ustiga yog’ qo’yib, yuzida qizg’ish qobiq hosil bo’lguncha duxovkada qizartiriladi, bir oz sovitilib, porsiyalarga bo’linib, likobchaga solib ustidan sariyog’ yoki bir chetiga shirin sardak yoki murabbo solib beriladi.

Pishloq bilan yopilgan makaron. Sut yoki sut-suv aralashmasida pishirilgan makaron eritilgan margarin bilan aralashtirilib, yog’lanib urvoq sepilgan tovaga solinib, ustidan qirg’ichda qirilgan pishloq uning ustidan yog’ purkalib duxovkada qizg’ish qobiq hosil bo’lguncha qizartiriladi. Tarqatishda o’z tovasida, yoki bir oz sovitilib porsiyalarga bo’linib sariyog’, shirin sardak yoki murabbo qo’shib beriladi.

Suzmali ugra. Sut yoki sut-suv aralashmasida ugra yoki vermishel pishirilib 60°S gacha sovitiladi. Ezilgan suzma, xom tuxum, tuz, shakar bilan yaxshilab aralashtiriladi. Tayyorlangan maxsulot yog’lanib, urvoq sepilgan tovaga solinib, yuzi tekislanib nordonroq qaymoq surtiladi, qovurish shkafida qizg’ish qobiq hosil bo’lguncha qizartiriladi. Tarqatishda bir oz sovitilib, porsiyalarga bo’linib, tarelkaga qo’yib sariyog’, shirin sardak quyib beriladi. Alohida sardak idishda nordonroq qaymoq ham berish mumkin.

Makaron mahsuloti taomlari sifat ko’rsatkichi. Tashqii ko’rinishi pishirilgan makaron maxsulotlari bir-biridan engil ajragan, o’z shaklini yo’qotmagan bir xil pishgan, yopilgan holdagilari esa bir-biri bilan yopishgan bo’lishi mumkin. Suvda pishirilgan makaron mahsulotining rangi oq, duxovkada pishirilganlari och sarg’ish rangda bo’ladi. Maza va xidi pishgan makaronlarga xos bo’lib, zax, kuygan hid, kuygan mazadan holi bo’lishi kerak




Download 11,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish