Kerakli masalliqlar: 5 ta tuxum oqi, 1 st shakar, 3 osh qoshiq kraxmal, 3 osh qoshiq shakar kukuni, vanil essensiyasi (vanilin), 1 st mayda to’g’ralgan yong’oq, 1 st mayda to’g’ralgan shokolad.
Tayyorlanishi: Tuxum oqini biroz ko’pirtirib oz-ozdan shakar qo’shib yaxshilab ko’pirtiriladi. Kraxmal, shakar kukuni va vanil esensiyasini qo’shib, ohistalik bilan aralashtiriladi. Maydalangan yong’oq va shokoladni qo’shib, yana bir bor ohistalik bilan aralashtiriladi. Duxovka listiga pishiriq qog’ozi solib, aralashmani qoshiqda quyib chiqiladi. 150 darajagacha qizdirilgan duxovkada 15 daqiqa pishirilgandan so’ng duxovkani 100 darajagacha pasaytirib yana 15 daqiqa pishiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |