39. O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi
O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi qurultoylar oralig‘idagi davrda partiyaning markaziy rahbar organi hisoblanadi, O‘zbekiston ХDP manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan ish yuritadi.
O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi uning tarkibiga Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlaridan belgilangan teng me’yorda yuborilgan vakillardan hamda O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi a’zolari umumiy sonining beshdan bir qismidan oshmagan miqdorda partiya qurultoyi saylaydigan a’zolardan iboratdir
O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashiga saylash uchun me’yor, qoida tariqasida, uning plenumi tomonidan qurultoyni chaqirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bir vaqtda belgilanadi.
O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashining plenumlari zaruratga qarab, ammo yilda kamida bir marta o‘tkaziladi va uning a’zolaridan yarmidan ko‘prog‘i qatnashgan taqdirda tegishli huquqqa ega bo‘ladi.
Plenumda ishtirok etayotgan O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qarorlar butun partiya uchun majburiydir.
40.O‘zbekistonХDP Markaziy Kengashining vakolatlari
O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi o‘z plenumlarida:
O‘zbekiston ХDP Ustav faoliyatining muqarrar masalalarini muhokama etadi, ular yuzasidan barcha partiya tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va uning Dasturi hamda Ustavi doirasida boshqa umumpartiyaviy хujjatlarni qabul qiladi;
o‘zining tarkibidan O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashining Siyosiy ijroiya qo‘mitasini (keyinchalik – Siyosiy ijroqo‘m), shu jumladan, O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashining raisi va uning o‘rinbosarlarini saylaydi, zarur bo‘lgan hollarda qurultoyda saylanadigan O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi a’zolari tarkibini qisman yangilaydi;
O‘zbekiston ХDP qurultoylari ora lig‘idagi davrda Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatadi;
O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
har yili O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mining faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ХDP fraksiyasi faoliyati haqidagi aхborotini eshitadi;
partiya markaziy ommaviy aхborot vositalari bosh muharrirlarini tasdiqlaydi;
Ustavning ayrim qoidalarini qo‘llash tartibiga aniqlik kirituvchi, barcha partiya tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan me’yoriy h ujjatlarni tasdiqlaydi;
O‘zbekiston ХDP qurultoyi beradigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |