«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 5,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/85
Sana10.04.2022
Hajmi5,85 Mb.
#540945
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85
Bog'liq
elektrotexnika materiallari fanidan elektrotexnika materiallari.

 
 
196
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009.114-115 bet.] 
197
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009. 114-115 bet.] 


Nazorat savollari: 
31.
Suyuk xolatdagi dielektriklar? 
32.
Suyuk sintetik dielektriklar? 
33.
Past xaroratda suyuk xolatdagi dielektrikning izolyatsiyasi qanday о‗zgarish sodir 
bо‗lishini tushintirib bering? 
Adabiyotlar 
1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil 
edition. USA, 2009. 107-115 bet 
17-MA’RUZA 
ORGANIK VA ANORGANIK DIELEKTRIKLAR 
 
Reja: 
1.
 
Organik dielektriklar 
2.
 
Tabiiy qatron 
3.
 
Sellyuloza 
4.
 
To’qimachilik materiallari 
5.
 
O’simlik moylari 
6.
 
Bitumlar 
7.
 
Mumsimon dielektriklar
8.
 
Lok va kompaundlar 
 
1.
 
Organik dielektriklar 
 
Elektr texnika, radiotexnika, elektronika va xalq xo‘jaligining boshqa 
sohalarida polimerlardan ko‘p sonli turli xil mahsulotlar ishlab ciqariladi. 
Yuqori molekulyar birikmalarning yuzta, mingta va undan ko‘p atomlarning 
o‘zaro kovalent bog‘lanishidan vujudga kelgan molekulasi makromolekula 
deyiladi. Aksariyat tabiiy va sintetik polimerlarning makromolekulalari 
takrorlanadigan bir xil atomlar guruh – elementar halqalardan tashkil topadi. 
Bunday makromolekulaga ega birikmalar polimerlar deb ataladi. Polimerlarni 
sintez qilishda ishlatiladigan quyi molekulyar birikmalar monomerlar deyiladi. 
Dielektriklar ichida yuqori molekulali organik materiallar alohida ahamiyatga 
egadir. Tarkibida uglerod moddasi bo‘lgan birikmalar organik moddalar deb 
ataladi. Uglerod molekulalarining tuzilishi turli-tumandir. Bu molekulalar ko‘p 
sonli kimyoviy birikmalar hosil qiladi: molekula tuzilishi bo‘yicha ular zanjirli, 
tarmoqlangan, doirasimon va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Yuqori 
molekulali materiallarga sellyuloza, shoyi, kauchuk va boshqalar kiradi. 
Sun‘iy ravishda olinadigan yuqori molekulyar materiallar ikki turkumga 
ajratilishi mumkin. Birinchisiga tabiiy yuqori molekulyar moddalarga kimyoviy 
ishlov berish yo‘li bilan tayyorlanadigan sun‘iy materiallarni keltirish mumkin. 
Masalan, sellyulozani qayta ishlash orqali sellyuloza efiri olinadi. Ikkinchi 
turkumga past molekulyar moddalardan tayyorlanadigan yuqori molekulyar 


sintetik materiallar kirib, ular elektr izolyatsiyasidan alohida ahamiyatga 
egadir.
198

Reaksiya natijasida monomerlardan polimerlar hosil bo‘lishi polimerlash 
deyiladi. Polimerlash natijasida moddalarning molekulyar massasi, suyuqlanish va 
qaynash harorati ortadi; polimerlash jarayonida modda gaz yoki suyuq holatdan
quyuq yoki qattiq holatga o‘tadi. 
Polimerlar, asosan, chiziqli va fazoviy polimer guruhlarga bo‘linadi. Chiziqli 
polimer molekulalarining tuzilishi zanjir va tola ko‘rinishida bo‘ladi. Tabiiy 
kauchuk, polietilen, siloksan kauchuklari chiziqli polemerlarga misol bo‘ladi. 
Fazoviy (yoki tarmoqlangan ) polimer molekulalar uchala koordinata o‘qlari 
bo‘yicha tekis joylashib, ixcham tuzilishga ega qaytariluvchi guruhlardan tashkil 
topadi. Chiziqli va fazoviy polimerlar xossalari jihatidan bir-biridan keskin farq 
qiladi. Chiziqli polimerlar egiluvchi qayishqoq bo‘lib, harorat ta‘sirida ularning 
ko‘pchiligi avval yumshab, so‘ngra eriydi. Fazoviy polimerlar esa eriydigan qattiq 
198
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 
115-118 bet]


holatda bo‘lib, ularga harorat ta‘sir ettirilganda kimyoviy yemirilish sodir 
bo‘ladi.
199
Polimerlarning termoplastik va termoreaktiv turlari bo‘ladi (10-jadval). 
Termoplastik 
(plastik) 
polimerlar 
kuzatilganda 
yumshab, 
osongina 
deformatsiyalanadi; erituvchi ta‘sirida esa ular oson eriydi, harorat ta‘sirida elektr 
xossalarini deyarli o‘zgartirmaydi. Termoreaktiv (reaktoplast) polimerlar 
qizitilganda qattiq (mexanik mustahkam) holatga o‘tib, egiluvchanlik va 
eruvchanlik xususiyatlarini yo‘qotadi. Harorat ta‘sirida ushbu materiallar fazoviy 
polimerlarga o‘xshash tuzilishga ega bo‘ladi. Polietilenning asosiy mexanik va 
fizik xossalari (1-jadvalda) keltirilgan. 
So‘nggi yillarda issiqlik ta‘siriga chidamli termoplastik materiallar (poliimid, 
politetraftoretilen) ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular yuqori haroratda ishlay olish 
xususiyatiga egadirlar. 

Download 5,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish